Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1520391
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
biokimyo javoblar

 
34.
 
Glyukoliz va glikoneogenezning kalit fermentlari va ularning boshqarilishi. (юқорида 
келтирилган) 
35.Glukoza oksidlanishining pentozfosfat yo’li, ahamiyati.
Glyukozaning pentozofosfat hosil 
qilish yo‘li bilan parchalanishi hujayra sitoplazmasida yuz beradi. Pentozofosfat sikli yoki 
apotomik parchalanish yo‘lining ochilishi Varburg, Linman, Dikkens va V.A. Engelgardtlarning 
nomi bilan bog‘liédir. Ular hayvon hujayrasida (masalan, eritrotsitlarda) geksozafosfatning ikki 
fosfotriozaga parchalanmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishini ko‘rsatib berganlar. Bu yo‘l 
bilan glyukozaning parchalanishi asosiy – aerob parchalanishdan glyukoza-6-fosfat hosil bo‘lishi 
bosqichidanoq farqlana boshlaydi. Agar aerob parchalanishda glyukoza-6-fosfat fruktoza-
6fosfatga, bu esa fosforlanib, fruktoza-1,6-difosfatga aylansa, pentozofosfat siklida glyukoza-6-
fosfat to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanib, ÑO2 ajratib chiqaradi va pentozofosfatga aylanadi. Shuning 
uchun, «pentozofosfat sikli»ni «uglevodlarnig to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishi» ham deyiladi. 
Uglevodlarning pentozofosfat sikli bo‘yicha parchalanishda birdaniga 6 molekula glyukoza-6-
fosfat glyukoza-6-fosfat degidrogenaza fermenti (kofermenti NADF+) ta’sirida oksidlanib (6 mol 
NAD·H2 hosil qilib) 6 molekula 6-fosfoglyukonolaktonga aylanadi. Bu esa 
fosfoglyukonolaktonaza fermenti ta’sirida 6 molekula H2O biriktirib, 6 molekula fosfoglyukonat 
hosil qiladi. Fosfoglyukonatdegidrogenaza (kofermenti NADF+) fermenti ta’sirida esa 6 molekula 
CO2 va 6 molekula NAD·H2 ajralishi natijasida 5 fosfoglyukonat 6 molekula ribuloza-5-fosfatga 
aylanadi. Bu esa oraliq 3 «C», 4 «C», 7 «C» li metabolitlar (triozalar, tetrozalar, sedageptulozalar) 
paydo qilib bir molekula H2O biriktirilishi bilan, 2 molekula fosfat kislota va 1 mol pentoza 
(riboza) hamda 5 molekula glyukoza-6-fosfat bunyod qiladi. Pentoza-6-fosfat siklida 
uglevodlarning parchalanishi quyidagi tartibda boradi (62-rasm). Pentoza fosfat siklini yana 
glyukozaning «apotomik parchalanishi» «geksozomonofosfat shunti», «
fosfoglyukonatli yo‘l» 
deb ham nomlanadi. Uglevodlarni pentozofosfat siklida parchalanishi jarayonining yigindi 
tenglamasi quyidagicha:
 


25 
Uglevodlarni pentozofosfat siklida parchalanishi modda almashinuv tez boradigan to‘qimalarda 
(masalan: eritrotsitlar, jigar, sut bezlari, buyrak usti bezi, limfa bezlari, yog‘ to‘qimalari) roy 
beradi. Bu siklning asosiy vazifasi
1. 
Organizmda qaytarilish yoli bilan boradigan sintetik 
reaksiyalarni NADF·H2 bilan ta’minlash.
2
. Kofermentlar (NAD, FAD), nuklein kislotalar sintezida qatnashadigan kerakli pentoza bilan 
ta’minlash.
3. 
Fotosintez reaksiyasida ishtirok etadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling