Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 milliard
Oziq-ovqat tanqisligi
Oziq-ovqat tanqisligi o‘tgan asrning 70-yillarida sezila boshladi. Bunga sabab sifatida asosiy oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan bug‘doy yetishtirish sur’atlarining aholi soni o‘sishi sur’atlaridan orqada qola boshlaganligi, an’anaviy dehqonchilikning rivojlanmaganligi, urbanizatsiya, eksportga bog‘lanib qolish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bugungi kunda yer yuzida har kuni 840 million kishi och qolmoqda yoki ular ishonchli oziq-ovqat manbayiga ega emas. Mavjud 7 milliard aholining deyarli 1 milliard to‘yib ovqat emaydi. Har-yili dunyo bo‘yicha 13-18 mln kishi, ya’ni har bir minutda 20 kishi ochlikdan nobud bo‘lmoqda. Bu raqam bolalar o‘rtasida yanada dahshatli ko‘rinishga ega. Jumladan, har yili dunyoda 11 millionga yaqin bola 5 yoshga to‘lmay, to‘yib ovqatlanmaslik sababli dunyodan ko‘z yumadi, ya’ni bolalar o‘rtasidagi o‘limning 54% to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi uchun kuniga 2 million tonna oziq-ovqat, 10 million metr kub ichimlik suvi kerakligi hisoblab chiqilgan. 145 Mamlakat va uning fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashda oziq-ovqat xavfsizligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitga turli zararli chiqindi va gazlarning chiqarilishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish jarayoni hamda ularning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi – qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatdir. U qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 25 mln. 736 ming gektar yerga ega. Bundan sug‘oriladigan yerlar 4,2 mln. gektar, shundan 3,30 mln. gektari shudgor qilinadigan sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Aynan shu sug‘oriladigan yerlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 97% dan ortig‘i olinadi
Agar ushbu dolzarb masalaga mamlakatimiz misolida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat o‘z aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi, balki qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishni o‘z oldiga strategik vazifa sifatida maqsad qilib qo‘ygan davlat hisoblanadi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak so‘nggi yillarda mamlakatimizga go‘sht mahsulotlari importi
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling