Hayotga qarshi jinoyatlar


Download 154.5 Kb.
bet4/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Subyektiv tomondan odam o`ldirish qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin vaayb shakli aniqlanishi lozim.
Odam o`ldirish to`g`ri va egri qasd bilan sodir etilishi mumkin.
“Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi to`g`risidagi ma­salani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan ke­lib chiqilishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli, tan jarohatlari soni, xususiyati va o`rni (masalan, odam hayoti uchun muhim a'zolarning jarohatlanganligi), jinoiy harakatlar to`xtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining ji­noyat sodir etilgunga qadar bo`lgan fe'l-atvori, o`zaro munosa­batlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakat­lari xususiyati e'tiborga olinishi lozim”2[2]. Sanab o`tilgan belgi­larni hisobga olish bilan birga, aybdor shaxs qasdining yo`nalishi, odam o`ldirish va qasddan badanga og`ir shikast yetka­zish oqibatida jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lish chegara­sini hamda qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish bilan jabr­lanuvchi sog`lig`iga yetkazilgan zarar chegarasini belgilash masala­sini hal etish kerak bo`ladi.
Yuqorida sanab o`tilgan holatlarning aniqlanishi aybdorning qasdi bilan o`lim o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlash imkonini beradi. Masalan, aybdor shaxsga tajovuz qilayotgan vaqtda o`qotar quroldan foydalanib, yaqin masofadan jabrlanuvchining yuragini mo`ljallab o`q uzgan, ammo jabrlanuvchi o`lmagan bo`lsa, aybdorning qilmishi badanga shikast yetkazish, deb emas, balki qasddan odam o`ldirishga suiqasd deb kvalifikatsiya qilinishi lozim yoki aybdor pichoq bilan jabr­lanuvchining yuragiga, bo`yniga va boshqa hayot uchun muhim a'zolariga ko`pgina jarohat yetkazsa-yu, o`lim ro`y bermasa, bu holatlar ham aybdorning odam o`ldirishga qasd qilganligidan dalolat beradi.
Agar aybdor va jabrlanuvchi do`stona munosabatda bo`lib, bir-birini tushunib, ammo ma'lum holatlarda, masalan qiz bolani rashk qilish tufayli biri ikkinchisiga pichoq bilan jarohat yetkazib shu vaqtning o`zida o`z harakatlaridan pushaymon bo`lib, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatgan, «tez yordam»ni chaqirgan, uni qutqarish uchun qon topshirgan va h.k. harakatlarni qilgan bo`lsa-da, jabrlanuvchi yetkazilgan jarohatlar tufayli o`lgan bo`lsa, barcha holatlarni e'tiborga olgan holda aybdorning qilmishi JK 97-moddasida javobgarlik belgilangan qasddan odam o`ldirish, deb emas, balki JK 104-moddasi 3-qismi bilan, ya'ni jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast yetkazish, deb kvalifikatsiya qilinadi.
Masalan, D.B.L.lar K.ning nomusiga tegadilar va uni daryo bo`yida qoldirib ketadilar. Ular ketishganidan so`ng K. yuvinib olish maqsadida daryoning qirg`og`iga keladi va oyog`i sirpanib suvga tushib ketishi natijasida cho`kib o`ladi.
Dastlab D.B.L.lar guruh bo`lib nomusga tekkanlik va qasddan odam o`ldirganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Ularning xatti-harakatlarida jabrlanuvchining ro`y bergan o`limiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlikning bo`lmaganligi sababli D.B.L.larning odam o`ldirganlik uchun jazoga hukm qilinganligi noto`g`ridir. Shu munosabat bilan yuqori instansiya sudi tomonidan hukmning odam o`ldirganlik uchun javobgarlik belgilangan qismi bekor qilingan.
Odam o`ldirishning subyektiv tomoni uning sodir etilish motivi va maqsadining ahamiyati kattadir. Motiv va maqsad qilmishning kvalifikatsiyasiga bevosita ta'sir ko`rsatadi.
Masalan, jinoyatning o`ch olish, rashk motivi bilan sodir etilganligi aniqlansa, aybdorning qilmishi JK 97-moddasi 1-qismi bilan; odam o`ldirish g`araz niyatda, bezorilik oqibatidagi motiv bilan sodir etilgan bo`lsa, qilmish jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida JK 97-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
JK 97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti 13 yoshga to`lgan aqli raso jismoniy shaxsdir; 97-moddaning 1-qismida javobgarlik belgilangan qasddan odam o`ldirishning subyekti 14 yoshga to`lgan aqli raso jismoniy shaxsdir. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o`ldirish (JK 98-modda); onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi (JK 99-modda); zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirish (JK 100-modda); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirish (JK 101-modda); ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish (102-modda); o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish (103-modda) jinoyatlarining subyekti 16 yoshga to`lgan aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Odam o`ldirish bo`yicha jinoyat ishlari ko`rilayotganida aybdor shaxsini, uning shaxsiga oid xususiyatlarini va jabrlanuvchining xulq-atvorini chuqur o`rganish zarurdir. Bu jinoyatning sodir etilish shart-sharoitlari, motivini aniqlash va jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega. Bu haqda Oliy sud Plenumi qarorida: «Sudlar qasddan odam o`ldirganlik uchun jazo tayinlashda aybdorning salbiy yoki ijobiy xususiyatlarini tavsiflovchi ma'lumotlarni ko`zda tutishi muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Ayni paytda jabrlanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlar, uning sudla­nuvchi bilan o`zaro munosabatlari, shuningdek, qotillik sodir etilmasidan oldingi xulq-atvorini o`rganish kerak bo`ladi. Ayb­lanuvchining (sudlanuvchining) ruhiy jihatdan sog`lomligiga shubha tug`ilgan taqdirda, ambulatoriya yoki statsionar sharoitda sud-psixiatriya ekspertizasi o`tkazilishi kerak»3[3], deyilgan.
Bir necha shaxs javobgarlikka tortilgan qasddan odam o`ldirish bilan bog`liq ishlarni ko`rib chiqish chog`ida sudlar har bir sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki daraja­sini o`rganishi lozim. Bunda jinoyatning bajaruvchilari sifa­tida odam o`ldirishga qaratilgan qasd asosida harakat qilgan va bevosita jabrlanuvchini hayotdan mahrum qilish jarayonida qat­nashgan shaxslar e'tirof etilishi maqsadga muvofiq.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir etilganda sudlar odam o`ldirish xavfli retsidivist, o`ta xavfli retsidivist tomonidan, il­gari qasddan odam o`ldirgan shaxs tomonidan sodir etilganligi kabi kvalifikatsiya qilinuvchi belgilarni, bevosita ushbu belgi­lar taalluqli bo`lgan ishtirokchilarning harakatlarini kvali­fikatsiya qilishda hisobga olinishini nazarda tutishlari lozim.
Ammo odam o`ldirish jinoyatlari ham bir-biridan farqlanadi. Tamagirlik niyatida o`ta shafqatsizlik bilan, homilador ayolni o`ldirish, uchun javobgarlik nazarda tutilgan, shuningdek zaruriy mudofaa, xavfli jinoyatchini ushlash, oxirgi zarurat va h.k. holatlarda ham odamning hayotidan mahrum qilinishi mumkin. Yuqoridagilarga asoslanib qonun chiqaruvchi tomonidan odam o`ldirganlik uchun turli jinoyat qonun normalarida javobgarlik belgilangan.
Jinoyat qonuniga binoan odam o`ldirishning quyidagi turlari mavjuddir:



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling