“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- INGLIZ TILI O’QITISH VOSITALARI VA ULARDAN MAQSADLI FOYDALANISH Jalolova Xurshida
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 164 INGLIZ TILI O’QITISH VOSITALARI VA ULARDAN MAQSADLI FOYDALANISH Jalolova Xurshida, Navoiy viloyat Qiziltepa tuman 19-maktab ingliz tili o‘qituvchisi Respublikamiz ta’lim tizimining asosiy yutug’i o’z vaqtida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ishlab chiqilgani bo’ldi deb bilaman. Bu dastur-orzuyimizga erishishning qonun bilan himoyalangan hujjatidir. Safarbarlikning zamirida esa har bir fuqoroning mazkur ishlarning mohiyat va mazmuniga tushunishi, belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishi, o’zining munosib hissasini qo’shish istagi turadi. Xalqni bu ishga chorlash uchun maqsad aniq va ravshan tushuntirilmog’i lozim.Maqsadni tushuntirish uchun esa 21-asr ehtiyoji hamda avvalgi ta’lim tizimining bu ehtiyojlarga javob bera olish darajasi, kamchiliklari ochib berilmog’i kerak bo’ladi. Metodikada “grammatika” termini ikki ma’noga ega: bir tomondan grammatika tilning qurilishini bildirsada, ikkinchi tomondan u grammatik qurilishni tadqiq qiladigan fan ma’nosini anglatadi. Chet tillar o’qitish metodikasida bu ikki tushunchani farqlash quyida to’xtab o’tiladigan sabablarga ko’ra juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilning grammatik qurilishi uning so’z boyligi bilan birga til materiallarini tashkil qiladi. Har qanday tilni amaliy jihatdan egallash uning Grammatik qurilishini u yoki bu darajada mukammal bilishni taqoza qiladi. Metodikaning vazifasi talabalar, talabalar tomonidan grammatika hodisalarini egallashning samarali yo’l va usullarini izlab topishdan iboratdir. Grammatikani tilning grammatik qurilishi haqidagi fan sifatida oladigan bo’lsak, u o’rta maktabda o’qitish predmeti hisoblanmaydi. Grammatika chet tili institutlarida, universitetlarida o’quv predmet sifatida o’qitiladi. Chet tili grammatikasini o’qitishdan asosiy maqsad nutq faoliyati har-xil turlarning to’g’ri shakllanishini ta’minlaydigan nutq grammatik malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Bu yerda so’z birinchidan morfologik – grammatik malakalarni, ya’ni otlarning kelishik qo’shimchalarini, fe’llarning shaxs son qo’shimchalarini to’g’ri ishlatish malakalarni shakllantirish haqida ktmoqda. Ikkinchidan, analitik tiplarda (ingliz tili shunday tillar guruhiga mansub) nutqiy sintaktik malakalarni, ya’ni turli tildagi gaplarni struktura jihatidan tuza olish malakalarini va sodda hamda qo’shma gaplarda so’z tarkibini qo’llash malakalarini shakllantirish zarur. Shuning uchun aktiv grammatika ustida olib boriladigan hamma ish (grammatika materialini kiritish va tushuntirishdan boshlab) ana shu maqsadda erishishga qaratilmog’i kerak. Ma’lumki, ingliz va o’zbek tillari alohida til guruhlariga mansub. Ingliz tili hind-evropa tillari oilasining german tillari guruhiga kirsa, o’zbek tili turkey tillar guruhiga kiradi. Lekin bu tillar grammatika tizimlari bir-birlari bilan taqqoslansa ularning bosqichlarida bir tomondan o’xshash va ikkinchi tomondan farqli hodisalarning guvohi bo’lamiz. Morfologik bosqichda ikkala til grammatika tizimi o’rtasidagi o’xshashliklar otlarda son, kelishik qo’shimchalarida, fe’llarda esa zamon, nisbat, mayl, shaxs va son kategoriyalari qo’shimchalarida uchraydi. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu kategoriyalarda grammatik vositalar ingliz tilida juda kam sonlidir. Shu bilan birga bu kategoriyalar ifodalanishida va ma’nosida muhim farqlarni ham uchratamiz. Masalan ingliz va o’zbek tillarida son kategoriyasining ifodalanishi qo’shimchalash qo’shish yo’li bilan yasalsa ham, bu kategoriyada muhim farqli joylar ko’p qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Misol: Beshta kitob – five books O’nta talaba – ten students So’z o’zagidagi unlini o’zgartirish yo’li bilan ko’plik shaklini yasash bilan ingliz tiliga xos hodisa hisoblanadi. Misol: man-men kishi-kishilar Tooth – tuth pish-pishlar Goose – guse g’oz – g’ozlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling