“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Monologik nutqning egallanishi bolalarni maktabga tayyorlashda juda muhimdir. 
Maktabda bu malaka yana ham mustahkamlanadi. Bog’lanishli nutq fikrlashning turli sifatlarini 
shakllantirishga yordam beradi. Jumladan bolada hikoya qilib berish so’z boyligini oshirish, 
iboralar, jumlalarni tuzish malakasini hosil qilishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalarning bog’lanishli nutqini o’stirish ularning aqliy rivojlanishida muhim o’rin 
tutadi. Bog’lanishli nutq tevarak-atrofdagi buyumlar, ro’y berayotgan hodisalar, odamlar o’rtasidagi 
turli xil munosabatlar, predmetlar, sodir bo’layotgan voqealar orasidagi sabab-natija aloqalarni 
anglash, tug’ilgan fikrlarni gaplar orqali ifodalashning muhim jihati hisoblanadi. Lekin ushbu 
jarayonda bir jumladan keyin variativ gaplar tuzish mashqlari juda kam bajariladi. 
Bu yoshdagi bolalarni mazmunli, mustaqil, uning ijodiy faolligi namoyon bo’ladigan oddiy 
hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Bolalar maktabda o’z fikrini o’ylab, tinglovchilarga murojaat etib, 
shuningdek notanish kimsalar ishtirokida (bayramlarda, kattalar oldida, boshqa guruhdagi bolalar 
oldida) chiqa bilish, hikoyani shoshilmasdan so’zlab berish malakalarini tarbiyalash nutqning 
yanada takomillashishiga yordam beradi, topag’onlik, jamoa orasida o’zini tuta bilish malakalarini 
rivojlantiradi. 
O’qituvchi bolalarda ayrim elementar bilimlarni: badiiy asarlarni tinglash va tushunish, asar 
qahramonlari haqida o’z fikrlarini bayon etish bilimini shakllantiradi. Bolalar o’z yoshlariga mos 
bo’lgan kichik hajmdagi she’rlarni eslab qolishga va yoddan aytib berishga o’rganishlari lozim. 
O’qituvchi har bir bolada o’qishga va rasmlarni tomosha qilishga qiziqish uyg’otishi, kitoblardan 
to’g’ri foydalanishga o’rgatishi, tengdoshlari bilan bilim almashishga o’rgatishi kerak. Darsda 
chiroyli so’zlashish bolalarning doimiy odatiga aylanishi kerak. Monologik nutqni o’stirishda, 
badiiy asarlar bilan tanishtirishda sahna ko’rinishidagi o’yinlar uyushtirish, drammalashtirilgan 
o’yinlar, ertaklar, hikoyalar o’qib berish maqsadga muvofiqdir.Boshlangich sinf o’quvchilari tez 
charchab qoladilar. O’yinli mashqlarni qo’llash bolalarga Ingliz tilida sharhlagan holda 
harakatlanish, turli harakatlarni bajarish imkonini beradi, bu esa charchoqni chiqarish, o’z 
nutqlaridagi tanish so’zlar va so’z birikmalari, gaplar, she’rlarni takrorlash va mustahkamlashga 
yordam beradi. 
Bunday yoshdagi bolalar hayotida o`yinchoqlar muhim o’rin tutadi. Chunki, ularda hayotiy 
narsalar kichraytirilgan ko`rinishda aks etadi, bu bolaga o`yin davomida ulardan foydalanish 
imkonini beradi.Ramlarning tiniqligi rang - barangligi ijobiy hissiyotlarni hamda o`z 
kechinmalarini, hislarini ifodalash istagini yuzaga keltiradi. Bularning barchasi suratlar va rasmlarni 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling