“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
186
BETAKROR G‘AZALLAR - NAVOIY IJODINING DURDONALARI
Tursunova Feruza,
Navoiy viloyat Zarafshon shahar 6-maktab ona tili fani o‘qituvchisi
Alisher Navoiyning g‘azallarinining g‘oyaviy mazmunini umumta’lim
maktablarida
o‘rgatish juda muhim hisoblandi. Shoirning “Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas” g‘azali tafakkurining
ma’naviy va muhtasham yodgorliklaridan hisoblanadi. G‘azalni tushunish anglash,
umuman
olganda, g‘azal olamiga kirish, ma’no olamiga kirish badiiy timsollar sirlaridan bahramand bo‘lish,
ruhiy olamning noayon sarhadlarini kashf etish, qalb haqiqatini anglash kabi katta jarayonlarga
kirish
bilan barobar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Ko‘nglum ichra dard-u, g‘am avvvalgilarga o‘xshamas” misralari bilan boshlanuvchi
g‘azal an’anaviy yetti baytdan iborat. Navoiy g‘azalining radifiga
o‘xshamas so‘zi tanlangan.
G‘azal mana shu qofiyalaridagi raviy-m harfi hisoblanadi. Navoiy qofiyadagi so‘zlarni mohirona
tarzda qo‘llagan, ya’ni
g‘am, ham, sitam, sanam, alam, dijam, haram, karam kabi so‘zlarni
qofiya sifatida tanlash shoirning yuksak mahorat sohibi ekanligini ko‘rsatadi. Oshiqona ma’noga
bag‘ishlangan, ammo zohiriy ma’nolari bilan oshiqona bo‘lib ko‘ringan ushbu g‘azalda tasavvufiy,
orifona ma’nolar ham ifoda etiladi. Bu esa g‘azalga o‘zgacha joziba baxsh etadi. Birinchi bayt
injularini teramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: