Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 2.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana15.07.2017
Hajmi2.45 Mb.
#11284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

1

 nishone,



Tufroq uza balki osmone.

Yer maqdamidin falakka monand,

Ul bu falak uzra Arsh payvand.

Har rukni kelib sukung‘a

2

 maqrun


3

,

Arkon anga misli rubi maskun



4

.

Yo so‘fiyi mazhari jamoli,



Juz haqdin o‘lub zamiri xoli.

Yer natida o‘lturub muraqqa

5

,

So‘fi kibi egnida muraqqa.



O‘rnida nechukki qutbi sobit,

Atrofida ushoq toshi savobit

6

.

Ne qutbki tegrasida aqtob,



Mujgon bila xokro‘bi

7

 abvob.



Mehnat xasin anda topmayin el,

Azbaski


8

 malak qanotidin yel.

Avjida maloyik uchmog‘i fosh,

Har kecha nechukki xayli xuffosh

9

.

So‘zdek topibon asosi mahkam,



Ko‘zdek kiyibon libosi motam.

Tavfidin


10

 ulusqa zilli shohi,

Atrofi siðehr sajdagohi.

Majnunga ko‘rungach ul salobat,

Ko‘ngli sari yuzlanib mahobat.

Ishq etti dimog‘ini mushavvash

11

,

Ko‘ngli aro shavq yoqti otash.



siðehr – osmon, osmon gumbazi; falak

sukun – tinchish, osoyish, harakatsizlik



maqrun – yaqinlashgan, yaqin

maskun –  kishilar yashab turgan joy, turarjoy



muraqqa – yamalgan, quralgan (to‘n haqida)

savobit – turg‘un yulduzlar



xokro‘b – yer supuruvchi, xizmatkor

azbaski – chunki, shuning uchun



xuffosh – ko‘rshapalak

10 

tavf – aylanish, yuzni surtish, ziyorat



11 

mushavvash – tashvishlibesaranjom



78

Yog‘durdi ko‘zi yoshin yog‘indek,

Oh urdi-yu sekridi choqindek.

Davrida haramning o‘ldi doyir,

Yer girdida misli charxi soyir

1

.



Yuz birla qilib toshini zarkor,

Ashkin


2

 oqizib nechukki pargor

3

.

Ruxsori supurgach ul eshikni,



Halqasig‘a urdi chust

4

 ilikni.



Har bormog‘ig‘aki rust o‘lub tob,

Bir halqag‘a tushti necha qullob

5

.

Ul tavqi murod ichiga darham,



Qullobi muhabbat o‘ldi mahkam.

Qullobi chu bo‘ldi halqag‘a band,

Zanjiri tazallum

6

 o‘ldi payvand.



Bir nav tazallum ohi chekti,

Ul dud ila g‘am siðohi chekti.

Kim charx libosin etti ul dam,

Ka’ba to‘nidek libosi motam.

Aylab ani bo‘yla motami zor,

Faryod ko‘tardi motamivor.

Dediki: «Ayo hakimi dono,

Har hukmda hokim-u tavono

7



Ey, ishq o‘tin aylagan jahonso‘z,



Andin meni notavonni jonso‘z.

Ey, urg‘on ul o‘tni xirmanimg‘a

8

,

Xirman neki, jon bila tanimg‘a!



Ey, ishq angakim, mulozim etkan,

Hijron o‘tin anga lozim etkan!

soyir – boshqa, o‘zga



ashk – ko‘z yoshi

pargor – yetti qat osmon



chust – chaqqon, tez, mahkam

qullob –qarmoq, ilmoq, changak



tazallum – zulmdan zorlanish, dod-fig‘on

tavono – kuchli, qudratli



xirman – xirmon, uymoq



79

Ey, kimgaki ishqdin solib band,

Talx

1

 aylab anga nasihat-u pand!



Ey, ishq ila onikim qilib fosh,

Atfoldin


2

 anga yog‘durub tosh!

Ey, kimniki aylagan parichehr,

Devonasi sori bermagan mehr!

Ko‘ngul sadafida

3

 gavhari ishq,



Ey jon aro solib ozari ishq.

Ishq ichra bukun meni shikasta,

Kelmish men asir-u poybasta

4

.



Har ragi

5

 tanim ichra ishq bandi,



Jon rishtasi ishqning kamandi.

Tori badanim aro bo‘g‘unlar,

Ham ishq tanobidin tugunlar.

Jismim aro dog‘i begarona

6

,

Ishq o‘tlaridin kelib nishona.



Mamlu

7

 aning o‘ti birla jonim,



Jonim neki, mag‘zi ustuxonim.

Bu ishq o‘tikim bayon qilurmen,

Muhlik

8

 g‘amini ayon qilurmen.



Dåmonki, meni tarabg‘a xos et,

Yoxud g‘ami ishqdin xalos et!

Dermenki, menga bu o‘tni har dam,

Afzun qil-u, qilma zarraye kam!

Chek aynima ishq to‘tiyosin,

Ur qalbima ishq kimiyosin!

Ko‘nglumg‘a fazo harimi

9

 ishq et,



talx – achchiq

atfol – yosh bola, go‘daklar



sadaf – dengiz shillig‘i, marvarid qobig‘i

poybasta – giriftor, oyog‘li bog‘li



ragi – tomir, qon tomiri

begarona – cheksiz, bahosiz, hadsiz



mamlu – to‘lgan, to‘la

muhlik – halok qiluvchi, o‘ldirguvchi



harim – haram



80

Jonimga g‘izo

1

 nasimi ishq et!



Ishq isidin et damimni mushkin,

Ishq o‘tidin et yuzumni rangin!

Bo‘ynum uza, «Ayn»in aylagil tavq

2

,



«Shin»in qil ichimga shu’layi shavq.

«Qof»in


3

 menga ayla ko‘hi anduh,

Ko‘nglumga g‘amini ko‘h to ko‘h.

Uch nuqtasini sharora

4

 ayla,


Ikkisini ikki xora ayla.

Ul shu’lag‘a ham kerak sharora,

Bu qofg‘a dog‘i xora pora.

Boshimg‘a ur ushbu xorani ham.

Jonimg‘a sol ul sharorani ham,

Yuz munchag‘a elni moni etma,

Ming munchag‘a meni qoni etma!

Ko‘nglum g‘am ila to‘q ayla, yo Rab!

Ishq ichra meni yo‘q ayla, yo Rab!

Derlar menga: «Ishqni unutg‘il,

Layli g‘amidin kanora

5

 tutg‘il».



Olloh-olloh, bu ne so‘z o‘lg‘ay,

Ul qavmg‘a tengri uzr qo‘lg‘ay.

Yo Rabki, bu xushguvor

6

 boda,



Jomi

7

 talabimg‘a quy ziyoda!



Ul bodadin o‘yla tut menga qo‘sh,

Kim yodima hargiz o‘tmasun hush!

Layli ishqin tanimda jon qil,

Layli shavqin

8

 ragimda qon qil.



gizo – oziq, yegulik

tavq – halqa, shoda, bog‘



«Ayn», «Shin», «Qof» – arab harflari

sharora – uchqun, alanga



kanora – qirg‘oq, chet

xushguvor – xushta’m, mazali



jom – qadah, may piyolasi

shavq – zo‘r havas, istak, kayf



81

Dardini najotim et Ilohi,

Yodini hayotim et Ilohi!

Har damki åmas aning xayoli,

Ko‘nglum uyin andin ayla xoli!

Har o‘tki, yo‘q anda ishq so‘zi,

Men xastag‘a qilma oni ro‘zi

1

!



Huyiki

2

 åmas aning g‘amidin,



Fosh etma bu telbaning damidin.

Dardimg‘a xayolini tabib et!

Jonimg‘a visolini nasib et!

G‘ayrin


3

 nazarimda foni ayla,

Mehrin menga jovidoni

4

 ayla!



To bo‘lsa hayotdin nishonim,

Savdosini qil tan ichra jonim!

Jon chiqsa bu jismi notavondin,

Yodi bila o‘q chiqor jahondin.

Tanlar tirilurga qo‘ysalar yuz,

Ko‘yi yelidin tanimni tirguz!

Do‘zax menga etsa jovidoni,

Ishqi o‘tidin qizitqil oni.

Jannat sari cheksa sarnavishtim

5

,



Vasli haramini qil bihishtim.

Onsiz meni bir dam etma mavjud,

Budumni qil onsiz o‘lsa nobud!»

Garm


6

 aylabon oni bu munojot

7

,

Atrofida lol ahli hojot.



Ul qoyil-u yuz asiri g‘amgin,

Borining o‘lub hadisi «omin».

ro‘zi – nasiba, tiriklik vositasi



huy – huy tortib nola chekmoq

g‘ayr – yot, begona, boshqa



4  

jovidoni – abadiy, mangu, doimiy

sarnavisht – taqdir



garm – qiziq, qizg‘in, issiq

munojot – yalinish, yolvorish



6 – Adabiyot, II

82

Bexud qolibon faqir otosi,

Hayron bori xesh-u aqrabosi

1

.



Bu navha

2

-vu ashk nolishidin,



Bori yudilar ilik ishidin.

Ul ham chu tugatti navhayi dard,

Bo‘ldi yana aql-u hushidin fard

3

.



Oxir ko‘tarib necha dilafgor

4

,



Manzillarin o‘ldilar talabgor.

Ishq o‘ti ko‘ngulni kuydurur chog‘,

Manig‘a

5

 su



6

 quysalar bo‘lur yog‘.

Haj tavfida

7

 ishqini iroda,



Kam aylab-u ul bo‘lub ziyoda.

Ey, zoyiri

8

 Ka’bayi saodat,



Lutfungdin etarmen istifodat

9

.



Kim bizni dag‘i duoda yod et,

Bu ishq o‘ti shu’lasin ziyod et!

aqrabo – yaqinlar, qarindoshlar



navha – nola, mungli yig‘i

fard – yakka, yolg‘iz, ajralgan



dilafgor – dili xasta, dili vayron

mani – mustahkam qal’a



su – suv


tavf – ziyorat, aylanish

zoyiri – ziyoratchi, ziyorat qiluvchi



istifodat – foydalanish, ilm olmoq



83

«SAB’AYI SAYYOR»DAN

Uchinchi hikoya

Bahromning dushanba kunni yashil gumbazda o‘tkazgani

Chun dushanba siðehri zangori,

Zangdin qildi ko‘zgusin ori.

Qildi yuz rev-u rang ila gardun,

Subh chodirshabin zumurradgun.

Chashmasi birla mehri olamtob,

Qildi ko‘k sabzazorini serob.

Shah qilib xil’atini rayhoniy,

Rost andoqki, sarvi bo‘stoniy.

Sabzazor ustiga xirom etti,

Yashil ayvon aro maqom etti.

Jilvagar bo‘ldi sarvi sabzorang,

Aylabon xil’atini minorang.

O‘zi sabz-u takallumi shakarin,

Xushdurur sabz gar erur shirin.

Noz birla nigori yag‘moyi

1

,



Shohg‘a tutti jomi minoyi.

Olibon dam-badam ichib Bahrom,

Oydin ul sog‘ari zumurradfom.

Angachakim zumurradin gardun,

Bo‘ldi tun xayli dudidin shabgun

2

.



Soldi shah ko‘ngliga xayol gazand

3

,



Ko‘zi uyqug‘a bo‘ldi hojatmand.

yag‘mo — talon-toroj, buzg‘unlik



shabgun — qop-qora

gazand — zarar, ziyon-zahmat, ofat



84

Yana andoqki, bor edi ma’hud

1

,

Bo‘ldi qullar ravon nechukkim dud.



Topibon rahravi

2

 biyoboni,



Shah qoshinda keturdilar oni.

Dedi shah: «Parda toshida filhol —

O‘lturub, bo‘lsun ul fasonasigol!»...

Dedilar: «Kishvare durur dilkash,

Oti ham Shahrisabz erur, ham Kash.

Xizr monand sabzadin rangi,

Sabzasi, suvi ko‘zgusi zangi.

Shahrisabz o‘ldi bizga chun mulkat,

Yo‘q ajab gar yashil durur kisvat»...

···


Kiribon dayrni panoh etti,

Bir qirog‘inda xobgoh etti.

Bog‘ladi barhaman eshikni chust,

Hisni Xaybar eshigi yanglig‘ rust

3

.

Dayr davrida Sa’d eli noshod,



Qilg‘onidin o‘ziga ul bedod.

Anga xud vahm ul sifat g‘olib,

Ki bo‘lub chiqmoqig‘a ko‘p tolib.

Juz nadomat xayolig‘a yetmay,

Ul nadomat valek sud etmay.

Mutazarir

4

 ko‘ziga uyqu ishi,



Bo‘lmayin uyqu, tush ko‘rarmu kishi?

ma’hud — mashhur; odatdagi; qadimgi



rahravi — yo‘lovchi, sayohatchi

rust — mahkam, berkik



mutazarir — zararlangan, zarar ko‘rgan



85

Tongg‘a tegru ichiga vahm-u haros

1

,

Har zamon ko‘ngli ichra yuz vasvos.



Barcha tun og‘zi ichra uyqu so‘zi,

Subhidam uyqudin qiziqti ko‘zi.

Tushiga kirdi ham bu oliy dayr

2

,



Ki qilur erdi anda har sori

3

 sayr.



Ko‘rdikim, ikki surati dilkash,

Qush kibi lek ranggi axzarvash

4

,

Mutaharrik



5

 bo‘lub navo aylab,

Dayrdin uchtilar havo aylab.

Uchubon evrulub oning boshig‘a,

Qo‘ndilar ikkisi kelib qoshig‘a.

Birisi chekdi mujda birla xuro‘sh,

Qildi mundoq nido nechukki suro‘sh.

Kim: «Nasibing sening pari bo‘lmish,

Ki yuzi mehri xovari bo‘lmish».

Birisi biym birla qildi nido,

Etti maqsudini bu yanglig‘ ado.

Kim: «Seni dev qilg‘usidur asir,

Solib ikki ayog‘inga zanjir».

Qilibon hayrat ul g‘arobatdin,

Seskanib qo‘pti bu mahobatdin.

haros — qo‘rquv



dayr — butxona, mayxona

sori — tomon, taraf



axzarvash — yashiltob

mutaharrik — harakatlanuvchi, qimirlab turadigan



86

Har sari soldi ko‘z, chekib afg‘on,

Subhidam yorub erdi dayri mug‘on

1

.



Qo‘pubon chun eshik sari qochti,

Kelibon barhaman eshik ochti.

Chiqqach oshufta

2

 roy savdoyi,



Ayladi ul tush oni shaydoyi.

Kechaga tegr-u beqaror erdi,

Ishi har dam fig‘on-u zor erdi...

Javhari jismi tiyra kon ichra,

Olami muxtasar makon ichra.

Jismi oshufta sochi ichra nihon,

O‘ylakim tun savodi ichra jahon.

Ko‘ngli ichra ulumi pinhoniy —

Kon ichinda javohiri koniy.

Fosh hikmat shukuhi zotidin,

Yetti yuz yil o‘tub hayotidin.

Ne jahondin anga umid, ne biym

3

,

Deb otin xalq Paylaqusi hakim.



Yana bir qush dediki: «Qilma taab

Ki, senga Sa’d bo‘lg‘usi kavkab

4

.

Egniga chiqg‘usidur ikki qanot,



Qat qilg‘ung uchub tariqi najot».

Tushta qushkim chekib navoyi g‘arib,

Senga ulkim dedi parini nasib.

mug‘ — otashparast; mayfurush



oshufta — tarqoq; maftun, shaydo

biym — qo‘rquv, xavf



kavkab — yulduz



87

Ul erur shohi sabzpo‘sh

1

 qizi,


Ki, quyosh kuhlidur ayog‘i izi.

Shahrisabz o‘ldi taxtgohi aning,

Yer uza sabzadek siðohi aning.

Anga farzand bir parivashdur

Ki, pari husnidin mushavvashdur

2

.



Qila olmay pari yuziga sitez

3

,



Huri jannat anga kamina kaniz.

Yuzi mashshotasi — ajuzi siðehr,

Husni ko‘zgusi — ul ajuzda mehr.

Balki ul husn olib quyoshdin toj,

Hech ko‘zguga bo‘lmayin muhtoj.

Husni vasfida nutq — gung maqol,

Yuzi zikrida nafsi notiqa

4

— lol.



Shohning moyayi farog‘i

5

 ham ul,



Ne farog‘i, ko‘rar qarog‘i

6

 ham ul.



Shohga qal’aye durur oliy,

Rif’at ichra siðehr — timsoli.

Bir buyuk qulla uzra ul qo‘rg‘on,

Burji ko‘k qal’asiga ta’n urg‘on.

Shoh qo‘rg‘on aro yasab bir qasr,

Anda sokin durur ul ofati asr.

Qasr davrida uch hisor durur,

Burjlar anda charxvor durur.

sabzpo‘sh — yashil kiygan, yashilga burkangan



mushavvash — tashvishli, besaranjom

sitez — kek; zulm; urush



notiqa — nutq so‘zlovchi

farog‘ — tinchlik; rohat; ozodlik



qarog‘ — ko‘z qorachig‘i



88

Har hisorig‘a bir buyuk darband

1

,

Rif’at



2

 ichra kelib falakpayvand.

Lek darbandlar ochilmay hech,

Haddin ortuq yo‘lida tob ila pech

3

.

Burnogi band aro topib qo‘rg‘on,



Devson zangiye oti Qatron.

Zo‘ri olida pil, o‘ylaki mo‘r,

Har tuki soy-u pil chog‘liq zo‘r.

Razm vaqti qaro balo kelibon,

Tanida har tuk ajdaho kelibon.

Qal’aning kutvoli ul zangi,

Kutvoli siðehrdek rangi.

Yana darband aro hamesha muqim —

Ochib avroq

4

 — bir xujasta



5

 hakim.


Har sifat ilm aro kelib mohir,

llm-u taqvo jamolidin zohir.

Ul bo‘lub qal’a va’zig‘a boni,

Yana bir qal’aning nigahboni

6

.

O‘tgach andin kelib yana darband,



Anda zoli fusun bila xursand.

Umrida makr-u hiyla aylab vird,

Hiylada zoli charx anga shogird.

darband — darvoza, eshik oldi; qal’a



rif’at — yuksaklik, baland martabalik

pech — o‘ralish, buralish



avroq — sahifalar; barglar

xujasta — qutlug‘, muborak; baxtli



nigahboni — qarovchi, qo‘riqlovchi



89

Qasr davridin ul bo‘lub ogah,

Ki, nasim ul yon esmagay nogah.

Qush o‘tarda – o‘chub hayoti aning,

Chibin uchsa kuyub qanoti aning...

Asli fitratda mohi sangindil

1

,

Juft shug‘lig‘a



2

 bo‘lmayin moyil.

Shohdin istab o‘yla hisni

3

 hasin



4

,

Chiqib eldin, bo‘lub hisornishin...



Sa’d bevahm urub qadamni chust,

Tepti zoli xamida ko‘ksiga rust.

Zol tebrandi, chunki o‘z yeridin,

Juzv-juzvi to‘kuldi bir-biridin.

Paykare

5

 erdi odami monand,



Latta birla sirishdin payvand.

Rishtani ajdaho qilib afsun,

O‘tlari hulla

6

 poralar gulgun.



Sehrlarni chu botil etti tamom,

Yondi-yu, shoh sari qildi xirom.

Shoh ani quchti, dog‘i o‘pti yuzin,

Oni farzand, ato o‘qudi o‘zin.

Gulshani bor edi jahonoro,

Qo‘yub otini Ravzayi xazro

7

.



sangindil — ko‘ngli qattiq

shug‘uli — kirishish, shug‘ullanish



hisni — qo‘rg‘on, qal’a, istehkom

hasin — o‘tib bo‘lmaydigan; mustahkam



paykar — haykal, jussa, gavda

hulla — nozir va nafis kiyim; mato



xazro — yashil, ko‘kimtir



90

Anda bir qasrga edi boni,

«Qasri axzar» der erdilar oni.

Aylabon ushbu bog‘-u qasrda sur,

Shahrisabz ahlini aylabon masrur.

Vasl topti farishta birla pari,

Mehr birla sitorayi sahari.

Kechti


1

 oz chog‘da shohi ozoda,

Shoh bo‘ldi yerida shahzoda.

Yashil aylab libos-u toj-u sarir,

Ollida ikki sabzpo‘sh

2

 vazir.



Gulrux andoqki, sarvi bo‘stoniy,

Kisvat


3

 aylab hariri rayhoniy.

To tirik erdi shod-u beg‘am edi,

Adlidin mulk sabz-u xurram edi.

Rangi axzar

4

 bahor rangi erur,



Sabza-vu marg‘zor

5

 rangi erur...



Chunki rovi tugatdi qissa durust,

Dedi Bahrom: «K-ey musofiri chust.

Asli budungni aylagil taqrir

6

».



Dedi roviki: «Ey baland sarir.

Shahrisabz ahli zodasidin

7

 men,


Sa’dning xonavodasidin

8

 men».



kechti — o‘ldi

sabzpo‘sh — yashil kiygan



kisvat — kiyim, ust-bosh

axzar — ko‘m-ko‘k, yashil



marg‘zor — o‘tloq

taqrir — qaror berish; maqsadni og‘zaki anglatish



zoda — avlod

xonavoda — oila; sulola



91

Oltinchi iqlim yo‘lidin kelgan musofir

hikoyasi

Forig‘ o‘lg‘och bu dur nisoridin

1

,

Dedikim: Boxtar



2

 diyoridin.

Qildilar azmi Xovar

3

 ikki kishi,



Tun-u kun sayr o‘lub alarning ishi.

Birisi Muqbili biyobongard,

Yana bir Mudbiri

4

 bihor



5

 navard


6

.

Rahrav



7

 ul ikkidek bu ko‘hna saro,

Qilmay ehsos barr-u

8

 bahr



9

 aro.


Muqbil ozodayi humoyun fol,

Elga maqbul etib ani iqbol.

Mudbir andoqki, borsa har sori,

O‘lturub yuzda gardi idbori.

Yo‘lda bir vodi erdi asru maxuf

10

,



Qilmay andin murur

11

 ahli vuquf



12

.

Tikan-u sho‘ra – sabza-yu bog‘i,



Naft-u

13

 go‘gird – suv-u tufrog‘i.



nisor — sochish; chochqi

Boxtar — G‘arb, g‘arb tomon



Xovar — Sharq, kunchiqish

Mudbir — baxtsiz



bihor — dengizlar

navard — yuruvchi, kezuvchi



rahrav — yo‘lovchi, sayohatchi

barr-u — yer yuzi



bahr — daryo, dengiz

10 

maxuf — qo‘rqinchli, vahimali



11 

murur — o‘tish, yurish

12 

ahli vuquf — voqif, xabardor bo‘lmoq



13 

naft — qora moy, neft



92

Chun buxor-u

1

 ufun


2

 hujum aylab,

Iso anfosini samum

3

 aylab.



Yeli o‘tkim, kishi tanig‘a urub,

Chun kul aylab ham o‘zi-o‘q sovurub.

Anda yo‘q jonvarning imkoni,

Qiribon chun o‘zi chiqib joni.

Debon el: «Vodiyi Hamim» otin,

Hirqati


4

 aylab oni isbotin.

Ul ikov yo‘ldin o‘lmayin ogoh,

Bo‘yla vodida bo‘ldilar hamroh.

Ko‘rdilar chunki yo‘l suubatini

5

,



Ul balo dashtining uqubatini.

Ki, nechakim aning kanorasi

6

 yo‘q,


Qat

7

 qilmoqdin o‘zga chorasi yo‘q.



Har balo qo‘ysa yuz tahammul etib,

Kirdilar dasht aro tavakkul etib.

Chun harorat sharora ko‘rguzdi,

Mudbiri xas sharoratin tuzdi.

Ki der edi: «Bu ne havo

8

 bo‘lg‘ay?



Xalq qilmoq bu ne ravo

9

 bo‘lg‘ay?»



buxor — bug‘, tuman

ufun — sassiq; badbo‘y hidli



samum — haroratli issiq shamol, qattiq garmsel

hirqat — kuyish; g‘am, qayg‘u



suubat — qiyinchilik

6

 kanora — qirg‘oq; chet



qat — kesish, uzish; kerish


Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling