Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari


Download 0.5 Mb.
bet270/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

322-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo‘yicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham ushbu Kodeksning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
323-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest bildirish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin.
Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.
(323-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
324-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(324-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling