I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Termik zichlanish 
Ba`zi bir tarkibida ko`p polialken kislotalari uchraydigan moylar 250-300
0

da ishlov berish (hattoki kislorod ta`sirisiz) natijasida ozmi-ko`pmi quyuqlanish 
xususiyatiga ega. Bunda qovushqoqlik ham oshadi. Har xil tarkibli moylar 
qizdirilganda bu jarayon turli tezlikda amalga oshadi. Quyuqlanish ham turli 
darajada – yengil quyuqlanishdan boshlab jelesimon holatga yetgunicha sodir 
bo`ladi.
Moylarning bunday quyuqlanishi natijasida ular tarkibi va qator fizikaviy 
xususiyatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan, yog` qovushqoqligi oshishi bilan 
uning zichligi ham osha boshlaydi. Shuning uchun bu jarayon termik zichlanish 
deb nomlangan. 
Yog`larning termik zichlanishi 
ular nur sindirish ko`rsatkichining 
ko`tarilishiga olib keladi. Faqatgina tung moyi zichlanishida uning sindirish 
ko`rsatkichi birmuncha pasayadi. Ko`p quyuqlashib qolgan moy yashilroq 
flyuorestsentsiyasi bilan xarakterlanadi. Termik zichlangan moylarning benzol
amil va butil spirtlari, atseton kabi erituvchilardagi eruvchanligi kamayadi. Termik 
zichlangan moyda qizdirish davomida atsetonda erimaydigan moddalar miqdori 
osha boshlaydi. Moyning massasiga nisbatan foizlarda ifodalangan erimaydigan 
qoldiq miqdoriga atseton soni deb aytiladi.
Moylarning termik zichlanish darajasi va tezligi juda ko`p faktorlarga, eng 
avval atsillar tarkibga bog`liq. Masalan, tarkibida 80 % gacha eleostearin kislotasi 
bo`lgan xitoy tung moyi 280-300
0
C da 5-15 min ichida jelatinsimon massa hosil 
qiladi. Tarkibida ko`p (50-60 % gacha) linolein kislotasi bo`lgan moylar, masalan, 
kanop, perilla moylari 280-290
0
C da 20 soat qizdirilganda zo`rg`a oquvchan quyuq 
massa hosil qiladi. Tarkibida asosan linol kislotasi bo`lgan kungaboqar va paxta 
moylari termik ta`sir natijasida bundan ham sekinroq va qiyinchilik bilan 


241 
quyuqlashadi. Termik ta`sir qancha uzoq davom etsa, moylarning quyuqlashishi 
shunchalik ko`proq namoyon bo`ladi.
Yog`-moylarning quyuqlashish darajasi va tezligiga bosim ham ta`sir 
ko`rsatadi. Birmuncha vakuum (5,3-8 kPa) ostida termik zichlanish keskinroq 
amalga oshishi aniqlangan.
Yog`larning termik zichlanishi va quyuqlashishiga boshqa qo`shimcha 
aralashmalarning ham ta`siri katta. Masalan, adabiyotlarda ta`kidlanishicha 
alyuminiy naftenati, qo`rg`oshin, temir, alyuminiy linoleatlari va xususan kaptaks 
(merkaptobenzotiazol) kanop moyi termik quyuqlashishini tezlashtiradi. Kanop 
moyini qizdirishdan oldin unga 10-20 % termik zichlangan kanop moyini qo`shish 
ham polimerlanish jarayonini anchagina tezlashtiradi.
Simob, mis, strontsiy, bariy linoleatlari va rezinatlari, antraxinon esa aksincha 
kanop moyining termik zichlanishi jarayonining tezligini sekinlashtiradi. 
Oltingugurt ham xuddi shunday ta`sir ko`rsatadi.
Termik zichlanish natijasida moylarning kislota soni oshadi, yod soni 
pasayadi, sovunlanmaydigan moddalar miqdori oshadi, sovunlanish soni, radan 
soni kamayadi.
Taxmin qilinishicha, termik zichlanishda to`yinmagan yog` kislotalari atsillari 
uglevodorod radikallarining o`zaro birlashuvi natijasidagi polimerizatsiya jarayoni 
sodir bo`ladi. Bunday tasavvur, prof.S.A.Fokinning aniqlashicha, termik 
zichlangan moylar molekulyar massasining juda oshib ketishi bilan isbotlanadi. 
Molekulyar 
massaning 
bunday 
darajada 
oshib 
ketishi 
molekulalararo 
polimerizatsiya kuzatilishidan dalolat beradi.
Hozirgi paytda moylar glitseridlarining termik zichlanishida polimerizatsiya 
jarayoni qo`shbog`lari bir-biriga yaqin joylashgan birikmalar uchun xarakterli 
bo`lgan Dil’s va Al’derning dien sintezi deb nomlanadigan sxemasi bo`yicha 
borishi taxmin qilinadi.
Ma`lumki, bu holda tetragidrobenzol hosilalariga o`xshash dimer mahsulotlar 
hosil bo`ladi, masalan: 


242 
Bu reaktsiya dien va trien kislotalarini, ularning bir-biriga yaqinlashgan 
qo`shbog`li trans holatdagi glitseridlarini qizdirish bilan juda oson amalga oshadi. 
Shuning uchun asosan 

-eleostearin kislotalari glitseridlaridan tashkil topgan tung 
moyi juda oson termik zichlanadi.
Tung moyi termik zichlanishida eleostearin kislotasining metilli efiri 
polimerlanishida hosil bo`ladigandek politsiklik birikma hosil bo`ladi: 
Ikkita 
izoyaltsiyalanmagan 
qo`shbog`li 
yog` 
kislotalari 
efirlarining 
polimerlanishi natijasida quyidagicha monotsiklik tizimlar (sistemalar) hosil 
bo`ladi:
Eleostearin kislotasi efirlarining termik polimerlanishida quyidagi sxema 
bo`yicha tsiklizatsiya ham ro`y berishi mumkin: 
 
4
3
|
||
4
3
||
||
|
||
1
2
R
CH
R
CH
CH
H
C
CH
H
C
R
CH
R
CH
CH
H
C
CH
H
C
H
C
H
C
R
R













R

– CH
R

– CH


2
3
7
2
|
||
CH
COOCH
CH
H
C
CH
C
C
H






CH
H
C
CH
CH
CH
CH
H
C
CH
CH
CH
CH
|
3
2
3
|
3
2
3








7
2
CH
 – COOCH
3
 


243 
Moylarning termik zichlanishidagi polimerlar hosil bo`lishida Dil’s va Al’der 
dien sintezining roli o`sha polimerlarda geksogonal tsiklik uglerod atomlari 
birikmalari 
topilganligi 
bilan 
ham 
isbotlanadi. 
Demak, 
qo`shbog`lari 
izolyatsiyalangan yog` kislotalari glitseridlaridan tarkib topgan moylarning termik 
zichlanishidagi polimerlanish jarayoni albatta dastlab pozitsion izomerizatsiya 
sodir bo`lib izolyatsiyalanmagan qo`shbog`lar hosil bo`lishi bilan boradi. 
Moylarning 
termik 
zichlanishi 
katalitik 
tezlashtirilishi 
mumkin. 
Katalizatorlarga nikel’, kobal’t, marganets, qo`rg`oshin kabi metallarning 
kukunlari yoki ularning sovunlari misol bo`la oladi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling