I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

 
 


239 
4.2.4. Yog’larning termik o`zgarishlari 
Tarkibida odatda asosan to`yingan va monoalken kislotalari glitseridlari 
bo`lgan qattiq yog`lar ma`lum haroratgacha qizdirilganda suyuqlanadi. Qizdirish 
yana davom ettirilsa, suyuqlangan yog`ning qovushqoqligi pasayadi. Agar bunday 
yog`lar haddan tashhari qizdirilmasa yoki bunda havo kislorodi bilan 
ta`sirlashmasa, qovushqoqlik boshqa oshmaydi. 
Bunday yog`larni 250-300
0
C harorat ostida uzoq muddat qizdirish ko`z va 
burun shilliq pardalariga qattiq ta`sir etib, qichitadigan (qo`zg`atadigan) moddalar 
hosil bo`lishiga olib keladi. Bu uchuvchan moddalar tarkibiga ko`z yoshini 
chiqarish ta`siriga ega bo`lgan akrolein kiradi. Bunday paytda yog`lar tarkibida 
erkin yog` kislotalari va sovunlanmaydigan moddalar miqdori oshadi.
Bu moddalarning barchasining hosil bo`lishi glitseridlarning termik 
parchalanishi bilan bog`liqdir. Agar qizdirish apparatlari devorlari katalitik ta`sir 
etuvchi materiallardan qilingan bo`lsa, bu jarayonlar yanada tezroq sodir bo`ladi.
Ba`zi tadqiqotchilarning taxminiga ko`ra ko`rsatib o`tilgan sharoitlarda 
glitseridlarning termik parchalanishi ko`pincha birlamchi moddalar sifatida 
akrolein, erkin yog` kislotalari va ketenlar hosil bo`lishi bilan boradi:
Ketenlar yuqori reaktsion qobiliyatga ega ekanligi sababli tezda 
polimerlanadilar yoki suv bilan ta`sirlashib, kislotalarga aylanishadi: 
 
To`yinmaganlik 
darajasi 
yuqoriroq 
bo`lgan 
glitseridlarning 
termik 
parchalanishi ham analogik sxema bo`yicha borishi mumkin, ammo ularda keyingi 
mavzuda tavsiflab beriladigan termik zichlanish ham ro`y berishi mumkin. 
Yog`larning atmosfera bosimi ostida asta-sekinlik bilan haroratni oshirib borib 
qizdirishga davom ettirilsa, 310-320
0
C da glitseridlar shunchalik darajada parcha-
lanadiki, bunda distillyat va sovutilganda kondensatsiyalanmaydigan mahsulotlar 
hosil bo`ladi. Distillyat tarkibiga erkin yog` kislotalari va sovunlanmaydigan 


240 
moddalar kiradi. Harorat yanada ko`tarilib, qizdirish davom ettirilaverilsa
glitseridlarning termik parchalanishi qizdirish apparatida kuygindi qoldig`i 
qolgunicha davom etadi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling