I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mumlarning tavsifi
4.3.2. Mumlar
Mumlar himoya rolini o`ynaydigan hamroh moddalardir. O`simlik va hayvon organizmlari mumlari mavjuddir. Kimyoviy tabiati bo`yicha tabiiy mumlar yuqori molekulyar spirtlar va yog` kislotalarining efirlaridir. Ko`pgina mumlar xona haroratida qattiq yoki quyuq-qovushqoq moddalardir. Ular suvda erimaydi va ulardan hosil bo`ladigan qatlamlar suvni o`tkazmaydi. Ularning aynan shu xususiyati o`simlik va hayvonlar fiziologiyasida va ishlab chiharishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 246 Mumlar ma`lum haroratdagi zichligi, nur sindirish ko`rsatkichi, suyuqlanish va qotish haroratlari, sovunlanish soni, iod soni kabi ko`rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Qattiq mumlarning tarkibiga asosan to'yingan yuqori molekulyar yog' kislotalari va spirtlar kirganligi sababli, ular kimyoviy jihatdan juda inert moddalardir va atmosfera kislorodi bilan oksidlanishi qiyin. Ularni gidroliz qilish ham qiyin. Shunga asosan, mumlarning biosintezi qonuniyatlariga ko’ra, ulardagi yog 'kislotalari va spirtlarning tarkibi, yog'larnikidan farqi o'laroq, juda barqaror bo’ladi. Ushbu holatdan mumlarni tahlil qilishda foydalaniladi. Oddiy sharoitlarda, mumlar hattoki ishqoriy metall gidroksidining spirtli eritmasi bilan ham isqoriy gidrolizga juda qiyin uchraydi. Sanoat sharoitida bu jarayon tegishli bosim ostida 150-160 0 C haroratda avtoklavlarda ishqoriy metall gidroksidining suvli eritmasi bilan amalga oshiriladi. Ba’zi mumlarning umumiy tavsifi 28- jadvalda keltirilgan. 28- jadval. Mumlarning tavsifi Mum turi Zichligi, 15 0 C da, kg/m 3 Nur sindirish ko’rsatkichi, n` D Harorat, 0 C Sovunlanish soni, mg KOH/g Yod soni, g I 2 Suyuq- lanish Qotish Tog’ mumi 1000 - 78-90 - 60-105 10-19 Spermatset 894-920 1,4242(100) 42-54 41-48 118-135 3-8 Spermatset moyi 875-890 1,461- 1,4655(20) - 0 0 C dan past 120-150 71-93 Asalari mumi 965-975 1,4398- 1,4451(75) 60-66 60-63 88-102 10 ga yaqin Jun mumi 932-945 1,4781- 1,4822(40) 31-43 30-40 77-130 15-29 Karnaub mumi 990-999 1,3928- 1,3985 (85) 80-91 78-87 79-94 8-13 Izoh: Qavslarda harorat berilgan. 247 Qattiq mumlarning o'ziga xos tarkibi katta amaliy ahamiyatga ega bo'lgan bir qator fizik xususiyatlarini (qayishqoqlik, qattiqlik, ba'zan plastik va polirovkalash, ya’ni shaffoflash qobiliyatlarini) belgilab beradi. Texnologiyalarda bu xususiyatlar mumlarning o'ziga xos belgilariga aylandi. Shu sababli, mumlarni texnik tasniflashda ba'zi mutaxassislar ular jumlasiga bir xil fizik xususiyatlarga, ammo boshqa kimyoviy tarkibga ega bo'lgan (tserezin, kerosin, alkid qatronlari, ya’ni smolalari va boshqalar) boshqa yuqori molekulyar moddalarni ham kiritishadi. Mumlar tabiatan kelib chiqishi bo'yicha hayvonlar, o'simliklar va kon qazilmalari mumlariga bo’linadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling