I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Qovushqoqlik viskozimetrlar deb ataladigan moslamalar orqali aniqlanadi. 
Dinamik qovushqoqlik Geppler viskozimetri yordamida yog` bilan to`ldirilgan 
shisha trubka ichidagi sharning tushish vaqtiga qarab aniqlanadi. 
Nisbiy qovushqoqlik Engler vizkozometrida aniqlanadi va Engler 
gruduslarida belgilanadi (
0
E). 
Ba`zi yog`larning tarkibiy va sifat ko`rsatkichlari (TsK)ni bilish, ularni 
identifikatsiyalash katta ahamiyatga ega. Odatda noma`lum yog` mahsulotini 
identifikatsiyalash uchun ularning organoleptik ko`rsatkichlari, zichligi, 
refraktsiyasi, sovunlanish soni va yod sonlari aniqlanib, so`ngra T.S.K. 
jadvallari (ular odatda ilovalarda beriladi) yoki ma`lumotnomalardan T.S.K.si 
tekshirilayotgan yog`ga o`xshash bo`lgan yog`lar topiladi. 
4.4.3. Yog`lar tarkibi va ularning komponentlarini aniqlash. 
Yog`larning tarkibiy komponentlari deganda glitseridlar gidrolizida hosil 
bo`ladigan yog` kislotalari va glitserin, erkin yog` kislotalari, shuningdek sovuqda, 
oddiy sharoitda yoki qizlirilganda ishqoriy metallarning gidroksidlari bilan 
ta`sirlashmaydigan birikmalar (sovunlanmaydigan moddalar) tushuniladi. 
Yog`larning miqdoriy tarkibini, jumladan yog` kislotalari, glitserin 
chiqishining foizlardagi miqdorini bilish qator texnologik jarayonlar, masalan 
sovunlanish, yog` kislotalari va glitserin olish jarayonini amalga oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ushbu analizlar tadqiqotlar uchun ham katta 
ahamiyatga ega. 


273 
Yog`larning tarkibini va ulardagi asosiy komponentlarni xarakterlash uchun 
sovunlanmaydigan moddalar, yog` kislotalarining umumiy miqdori, erkin yog` 
kislotalari miqdori, glitseridlar, glitserin miqdorini aniqlash usullari qo`llaniladi. 
Odatda analiz sovunlanmaydigan moddalar va yog` kislotalarining umumiy 
miqdorini aniqlashdan boshlanadi. Yog`lar NaOH yoki KOH spirtli eritmalari 
yordamida sovunlantiriladi va sovunlanmaydigan moddalar 50% li spirtli 
eritmadan petrol (neft) efiri yordamida ekstraktsiyalanib ajaratiladi. 
Sovunli eritmadan spirt haydalgandan keyin mineral kislotalar yordamida 
yog` kislotalari ajratib olinadi, so`ngra petrol yoki dietil efiri yordamida 
ekstraktsiyalanadi. Bunda yog`dagi yog` kislotalari umumiy miqdori, ya`ni ham 
erkin, ham bog`langan yog` kislotalari aniqlanadi. 
Erkin yog` kislotalarini aniqlashda yog` sovunlantirilmaydi balki 
gidroksidning spirtli eritmasi yordamida neytrallantiriladi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling