I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Yog` kislotalari miqdorini kislota soniga qarab va tekshirilayotgan yog`ning 
taxminiy yog` kislotalari tarkibini bilib turib, quyidagi formula yordamida 
hisoblash mumkin: 
100
%


НС
КС
ЁК

Bunda
KC – yog`ning kislota soni;
HC – yog`dan ajratib olingan yog` kislotalarining neytrallanish soni. 
Yog`dagi glitseridlar miqdori (ATsG) quyidagi ayirmaga asosan 
hisoblanadi: 
ATsG = (100 - e.yo.k. - s.m.), % mas. 
Bunda
e.yo.k.- erkin yog` kislotalari miqdori, % mas.; 
s.m.sovunlanmaydigan moddalar miqdori, % mas. (massaviy foiz 
hisobida). 
Yog`dagi glitserin miqdori (G) efir soni (EC)ga asosan quyidagi formula 
bo`yicha hisoblanishi mumkin: 
%G = 0,547 EC 


274 
Lekin yog`da mono- va diglitseridlarning ma`lum miqdorda mavjudligi 
ushbu hisoblashdagi xatoliklarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun 
birmuncha aniq natijalarga glitserinni bevosita aniqlash yo`li bilan erishiladi. Bu 
maqsadda qo`llaniladigan bir qator usullardan glitserinning nordon (kislotali) 
muhitda yodat kislotasi ta`sirida oksidlanishiga asoslangan usul keng tarqalgan: 
C
3
H
8
O
3
+2HJO


 2HCHO+HCOOH+2HJO
3
+H
2

Oksidlanishga sarflangan yodat kislotasi miqdoriga asosan glitserin miqdori 
hisoblanadi. 
Yog`lar va ularning komponentlari tadqiqoti yog`larning tarkibi va sifati 
ko`rsatkichlarini aniqlashga nisbatan murakkabroq masalalarni echishga – 
atsilglitserinlar, yog` kislotalari, yog`larning yo`ldosh (hamroh) moddalari tarkibi 
va strukturasini o`rganishga, shuningdek, bu moddalarning (mahsulotlarning) har 
xil fizikaviy va kimyoviy agentlari ta`siridagi turli o`zgarishlarini o`rganishga 
qaratilgandir. 
Bu tadqiqotlar odatda ko`p bosqichli bo`lib, ko`pincha dastlab murakkab 
aralashmalarni alohida komponentlar yoki fraktsiyalarga ajratish hamda ularning 
turli hosilalarini hosil qilib olish bilan bog`liqdir. Bunday tadqiqotlar organik 
kimyo va yog`lar kimyosida qabul qilingan bir qator usullar, shu jumladan
spektroskopik, rentgenostruktura, xromatografik, termik va boshqa usullar 
yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarning to`la tavsifi maxsus qo`llanma va 
adabiyotlarda keltirilgan. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling