I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 12 library.ziyonet.uz/ -Shilta aralashgan ish doimo shunaqa boʻladi. Haromning kasofati hammaga baravar uradi. -Qaysi harom? - deb ajablandi Maxsuma. -Oʻzingizni bilmaganga olmang, opovsi, uchinchi qatorda oʻtirgan opachangizni aytyapman. -Voy,hali u?.. -Gʻirt oʻzginasi. Bozorda imlovdim, tushunmadingizmi? Qiyshiq koʻz oʻlgur menga bermagan molini unga yarim narxiga berdi-ku? Ichkari kirib chiqqanini koʻrmay gʻaflatda qolibsiz-da? -Unaqamasdir, ketayotganimizda eri bilan xayrlashib yigʻlovdi-ya? -Hali koʻrib turasiz, avtobusdan tushishi bilan erining boʻyniga osilib, “sogʻindim akajonim”, deb yigʻlab beradi. Er deganam shunaqa ahmoq boʻladimiyey! Maxsuma “voy oʻlay”, dedi-yu, boshqa gap qoʻshmadi. Ba’zilar odamlar koʻp toʻplanadigan joyni mahshargohga qiyoslashadi. Bir uchi chegara manziliga taqalgan mashinalar karvoni mahshargoh emas. Oradan qancha yillar oʻtib mahshargohda toʻplanish oldidan bir imtihonga oʻxshash harakat xalos. Qayta tirilgan bandalar mahshargohda Yaratgan hukmini kutishib dir-dir titrasalar, bundagilar bojxonachi bilan boʻlajak uchrashuvdan titraydilar. Unda doʻzaxga roʻpara boʻlishdan qoʻrqadilar. Bunda puldan ajralishdan. “Puldan ajralish tashvishi doʻzax azobiga roʻpara boʻlishdan ham ayanchliroq!” Iblis ularning yuraklariga shunday deb yozib qoʻygan. Yaqindagina sherdek yurish bilan olgʻa ketgan vakola hay’atining quruq qaytayotganlari yurishlaridan ma’lum edi. Obodxon buni angladi-yu, shart oʻrnidan turdi. -Bu lattachaynarlar bilan ish bitmaydi, ketdik! -Qayoqqa? - deb ajablandi Maxsuma. -Ana, chegaradan aravakashlar oʻtqazib qoʻyishadi. Ozgina chiqim qilamizu bu avtobus oʻlgur joyidan siljigunicha biz uyda boʻlamiz. Obodxon avtobusdan tushuboq aravakashlarga qarab imladi. Ulardan ikkitasi ildam yetib kelgach, savdolasha boshladi. Aravakashlardan biri Obodxon aytgan narxga koʻndi ikkinchisi esa koʻl siltab nari ketdi. Maxsuma boshqalar ham shunday qilisharmikin, deb avtobusdagilarga qarab-qarab qoʻydi. Boshqalar “chiqmagan jondan umid”, deganlariday bojxona xodimlari bilan kelishuv orzusida oʻtirganlari uchun Obodxonga qoʻshilmadilar. Maxsuma ham “Koʻpchilik nima boʻlsa men ham shu” degan qarorga kelay deganida Obodxonning bir chimirilib qarashiyu bir nordon gapi bilan unga qoʻshila qoldi. Avtobus yukxonasidan mollarini olib aravaga ortishgach, Obodxon kira haqini qaytarib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling