I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Himoyachi savolga javob bermay qoʻl siltaganicha davradan chiqdi. Toʻlqin “Kim guvoh 
boʻladi?” deb soʻragach, toʻplanganlar safi ancha kamaydi. 
 
Ayni shu kunning ayni shu pallasida, shaharning kunchiqar tomonidagi chegara 
manzilida iblis yanada ajoyibroq tomoshadan huzurlanayotgan edi. 
 
Tekshiruvchilarga roʻpara boʻlishga ilhaq katta-kichik mashinalar karvoni adogʻiga 
biqiniga qoplonning surati chizilgan eski avtobus yaqinlashib, asta toʻxtadi. Qaysi bir 
mamlakatda xizmatini ado etib boʻlgach chiqitga tashlanishga tayyorlangan avtobusni 
arzon-garovga sotib olib, u yer bu yerini yamab-yasqab, tirikchiligiga yaratib yuruvchi 
haydovchi pastga tushdi-da, karvonga nazar soldi. “Toza toʻplanibdi-ku, zangʻarlar, 
kechgacha pashsha qoʻrib oʻtiramiz shekilli”, deb oʻzicha gʻoʻdrandi-da, olgʻa tomon 
yurdi. 
 
Oldingi oʻrindiqda mudrab kelayotgan yigit kerishib, rohatlanib esnagach, pastga tushib
hushtak chalib qoʻydi-da: 
 
-Oʻchoq-qozon boʻlsa osh damlab yeb olishga bemalol ulgurarkanmiz, - dedi. 
 
Bu gapdan keyin yana toʻrt kishi pastga tushdi. 
 
-Ikki ming kilometrni qancha vaqtda bosib oʻtgan boʻlsak, ikki ming qadamni ham xuddi 
shuncha vaqtda bosib oʻtamiz, - dedi ulardan biri. 
 
-Boshga tushganni koʻz koʻradi, - dedi ularning sabrlirogʻi. 
 
Avtobusning oʻrta oʻrindigʻida ikki juvon oʻtiribdi. Yoshi kattarogʻining ismi Obodxon
uning yonidagisiniki Maxsuma. Obodxon tugʻilganida ota-ona tomonidan shunday ism 
qoʻyilishi sababini hech kim bilmaydi. Uning ba’zi xurmachaqiliqlaridan bahramand 
boʻlgan ayrim odamlarning “Bu Obodxon emas, naq Ofatxon!” deb qoʻyishlarini yaxshi 
hamki yer yetkizmaydi, yoʻqsa, bechora ota-onaning goʻrlarida tik turishlari aniq. Yana 
bir ehtimol borki, unga koʻra yetti kunlik Obodxonning qulogʻiga azon aytuvchi kishi tili 
chuchukligi tufaylimi yo boshqa sabab bilanmi “Ofatxon” deb yuborgan boʻlishi ham 
mumkin. 
 
-Mana, opovsi, Xudoginaga shukur, eson-omon yetib keldik. Bir qadamlik yoʻl qoldi. 
Endi bu yogʻiga shoshilmang. Mijoz kelsa molni arzonga bermang. Bir-ikki kun 
sotmasangiz ham qimmat soʻrab turavering. Tushunmasangiz darrov menga telpon qiling. 
Birinchi marta savdoga chiqqan odamning ishi osonmas, oʻzimning boshimdan oʻtgan. 
 
-Obodxon opa, mendan qaytmasa Xudodan qaytsin, yaxshiyam siz bor ekansiz. Mol 
sotilganidan keyin foydasidan xursand qilamiz hali. 
 
-Voy, opovsi, qoʻying shu bachki gaplarni, menga savob kerak. 
 
Agar iblisning kulgisini eshitish mumkin boʻlganida shu gapdan keyin avtobus qah-
qahadan larzaga kelardi. Iblis telba emas, bekorga kulmaydi. Obodxonning qanday savob 
ilinjida yurgani unga sir ekanmi? Bu ilinjni uning yuragiga yaxshilab joylab qoʻygan iblis 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling