I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 6 library.ziyonet.uz/ olishdi. Sifatsiz, biroq arzon zirani xaltaga solib koʻchada sotib yurganida oʻzidan kattaroq uch bola uni tor koʻchaga olib oʻtib biqiniga uch-toʻrt musht tushirishdi-da, har kuni choʻtal berib turishga koʻndirishdi. Shartni bajarib yurganida yangi topshiriq berishdi. Topshiriqni bajargach, endi ularning oʻzlari choʻtal uzatishdi. “Endi sen bizga sheriksan!” deyishdi. Choʻtal berib yurish qayda-yu, sherik boʻlish qayda! U bozorga kiraverishda toʻxtayotgan mashinalarga tezgina yaqinlashib zirasini maqtar, ziyrak nigohi esa bir zumda ichkarini taftish qilib chiqardi. Ichkarida tuzukroq narsa koʻrmasa mashina egasini zira olishga qistayvermay, nari ketardi. Bugun omadi keldimi, yap-yangi oppoq “Neksiya” shundaygina yoniga kelib toʻxtadi. U odati boʻyicha shoshilib xaltasini ochdi-da, bir chimdim zira oldi: -Amak, zira olaman, desangiz ichkari kirib ovora boʻlib yurmang. Ziraning dodaxoʻjasi bizda!-deb turib yon oʻrindiqdagi jigarrang diplomatga koʻz tashladi. Yuragi nimanidir sezdi, hatto koʻngliga xushnudlik oralaganday boʻldi-da, maqtovini davom ettirdi: Mashina egasi eshikni qiya ochib, bir oyogʻini pastga tushirdi. Keyin bola uzatgan zirani kaftida yoyib koʻrgach, hidladi-da, aftini bujmaytirdi: -Shuni zira deb yuribsanmi? Odamni harif qilma, bola,qargʻa choʻqigan zirangni buvingning eriga olib borib sot. Bor, joʻna! Bola sifatsiz zirani olib borib sotishi lozim boʻlgan buvisining eri kim ekanini oʻylab ham oʻtirmay, mijozni qoʻldan chiqarmaslik uchun bilagidan ushladi: — I-i, toʻxtang, amak, ziraning farqiga borar ekansiz, bu yoqda zoʻridan bor. Mana buni koʻring. Boshqa xaltachadan olingan zira avvalgisidan farq qilmasa-da, xaridor boʻlmish: -Ha, buning sal durust. Ziraning dodasimasu kepak bahosiga olsa boʻladi, - dedi. -Yerga urvormang, amak, oling, narxini kelishtirib beraman. -Boʻpti, bitta stakanchada ber. -Uch ming boʻladi. -Uch ming qanaqa boʻlishini koʻrganmisan oʻzing? Senga ming soʻm ham yetadi. -Amak, moshinni dodaxoʻjasidan olibsiz, suyunchisini ham qoʻshib bering unda. -Yoqdimi? Zoʻrini olibmanmi? Shunaqa, men hamisha molning zoʻrini olaman. -Qanchaga tushdi amak? -Qanchaga deysanmi? Sen mishqi bunaqa mashina olish uchun ming tonna zira sotishing kerak. Menga qara, bola paqir, bozorga kirib chiqqunimcha mashinaga qarab tur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling