I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
xizmatining mahsuliga tashqaridan turib maftun boʻlayotgandir. Bu holat faqat 
Allohgagina ma’lum, bandasi qaydan bilsin? 
 
Toʻlqin ham ana shunday bandalarning biri. Bir necha kundan beri bozorni, uning atrofini 
kuzatib yurgani bilan bundagi shayton amallariga ahamiyat bermaydi. Tarozidan urib 
qolayotganlar, ketmon ushlash qanaqaligini bilmay turib “men dehqonman”, deb ont 
ichayotganlar uni qiziqtirmaydi. Unga mashina qulfini buzib oʻgʻirlik qilayotganlarni 
topish va tutish topshirilgan. 
 
Qamoqdagilarning gunohlari kechirilib, avfi umumiy e’lon qilinganda hamkasblaridan 
biri “Endi uyga bormay tunu kun ishlaydigan boʻldik, qamoqdan malakasini oshirib 
chiqqan oʻgʻrilar endi hunarlarini koʻrsatishadi”, deganda farishtalar “omin” deb 
yuborishgan ekan, oʻgʻri jafosidan nolib shikoyat qiluvchilar koʻpaygandan koʻpaydi. 
Toʻlqin ilgari ham mashina oʻgʻrilarini tutgani uchun bu vazifa unga yuklatildi. Bir necha 
kunlik kuzatuvi natijasi va hufyalarining ma’lumotlarini qoʻshgan holda aniq bir 
xulosaga kelib, reja ishlab chiqdi. 
 
Koʻchadan balandroqda joylashgan beshikchi ustaxonasiga kelib, oʻzini tanishtirganda 
bozor endi qiziy boshlagan edi. Videotasvirchiga suratga olish uchun mos joyni 
koʻrsatgach, ustadan hozir koʻradigan voqeasiga xolis guvoh boʻlishini soʻradi. 
 
-Yoʻ-oʻq, - dedi usta bosh chayqab. 
 
-Nega? - deb ajablandi Toʻlqin, - Shu yerdan turib koʻrganingizni tasdiqlaysiz xalos. 
 
-Yoʻq, - dedi usta, keyin unamagani sababini hazil ohangida tushuntirgan boʻldi:-
Birovning shoʻrini quritadiganga oʻxshaysiz, bunaqa ishga meni aralashtirmay qoʻya 
qoling, aka, - Usta Toʻlqinning chehrasi tundlashganini koʻrib, hijolatlik bilan koʻshib 
qoʻydi:-Endi bu bir gap-da... 
 
Toʻlqin ustaning “birovning shoʻrini quritish” haqidagi gapidan ranjimadi. U bundan 
battarlarini, hatto haqoratomuz gaplarni ham yetarlicha eshitgan. Eshitganlari bir necha 
kungacha yuragini timdalab azob berib yurgan. Afsuski, alamli soʻzlarning yurakka 
chandiq solishi koʻzga koʻrinmaydi. Koʻrinsami edi, koʻp odamlarning yuraklari faqat 
chandiqdan iborat ekaniga guvoh boʻlinardi. Toʻlqin oʻz kasbiga doir haqoratga moyil 
gapni otasidan ham eshitgan edi. Harbiy xizmatdan qaytib militsiya maktabiga hujjat 
topshirganini aytganida otasi avval ajblangan, soʻng achchiqlanib: ”Shu ham ish 
boʻptimi? Milisani birov odam qatorida sanamasa-yu, sen shunga intilsang, kimyodagi 
teskari reaksiyaga oʻxshayapsan”, degan edi. Uning fikricha, kimyogar olimning oʻgʻli 
ota kasbini tanlagani ma’qul edi. “Sen oʻqiyver, olim boʻlmasang, biron maktabda 
oʻqituvchilik qilarsan”, dedi. Toʻlqin esa “Oʻzim qiziqmagan fanga bolalarni qiziqtira 
olmayman, qiziqmaganimdan keyin oʻzim ham oʻrganolmayman. Oʻrganolmaganimdan 
keyin bolalarni ham oʻrgata olmayman”, dedi. Otasi noiloj edi. Toʻy harakati 
boshlanganida sovchi borgan bir-ikki xonadondan “milisiga qiz bermaymiz”, degan 
javob eshitilgach, oʻgʻliga “senga aytmabmidim?” ma’nosidagi qarashlar ham yurakni 
timdalagan edi. 
 
Beshikchi ustaning hozirgi gapiga e’tibor qilmasa boʻlardi. Lekin javobsiz qoldirgisi ham 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling