I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 14 library.ziyonet.uz/ gapiradigan boʻldi: Obodxon yoʻlda aytgan ahdiga sodiq qolib, aravakashning haqidan chegirib qoldi. Bu orada kajava egalari unga yaqinlashishdi. -Bular bilan kelisha olsangiz narigi qirgʻoqqa oʻtkazib qoʻyishadi, - dedi aravakash norozi ohangda. -Nega men kelisharkanman? Sen bilan oʻsha qirgʻoqqa oʻtkazib qoʻyishni gaplashganman. -Esingiz joyidami jengeshe, arava daryodan suzib oʻtmaydi-ku? -Unisini bilmadim. -Jengeshe, hamma arava shu yergacha keladi. Anhorning narigi betida oʻzinglarning mashinalaring bor. -Menga aql oʻrgatma, buni oʻzim ham bilaman. Sen mollarimni bitta-bittalab yelkangda tashib boʻlsaham oʻtkazibqoʻyasan. Obodxon gapini tugatmay, hovliga kajavali mototsikl patillab kirib keldi. Biri harbiy, yana biri militsiya kiyimidagi ikki kishi mototsiklni Obodxondan yarim qadam berida toʻxtatdi. -Boshimga chiqarib toʻxtata qolmadingda aravangni, - dedi Obodxon achchiqlanib. -Davlat chegarasida nima boʻlyapti? - deb soʻradi militsiya kiyimidagi yigit, soʻng aravadan tushirib qoʻyilgan mollarga qarab oʻzicha xulosa chiqardi:- tak, tak... kontrabanda! -Qanaqa banda? Oʻzing kimsan? - dedi Obodxon uni jerkib. -Biz davlat chegarasi xizmati xodimlarimiz. Hujjatlaringizni koʻrsating. -Avval oʻzing koʻrsat. -Biz boshqa davlat odamlariga hujjatimizni koʻrsatmaymiz. Sen hujjat koʻrsatmasang ham hammasi ravshan. Sen... - yigit shunday deb Maxsumaga qarab oldi, - bu xotin ham sen bilanmi? - Obodxondan javob kutmay aravakashga qaradi:-senam shular bilan birgamisan? -Men bularni tanimayman. Bu uy togʻamniki, mehmonga kelganman. Hozir ikki qop bugʻdoy ortib uyimga ketaman, - dedi aravakash. -Sen boraver, - dedi yigit aravakashga, keyin kajava egalariga qarab baqirdi:-senlarga tomosha bormi, joʻnalaring!Hozir hammangni olib borib turmaga tiqaman!-Bu tahdiddan keyin ular sohil tomon yurdilar. Yigit esa qoshlarini chimirib, Obodxonga qaradi:-Senlar Davlat chegarasini buzishda ayblanasanlar. Jinoyat kodeksining oʻttiz sakkizinchi moddasi, eng kamida besh yil oʻtirasanlar. Mollaring davlat hisobiga musodara qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling