I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 15 library.ziyonet.uz/ Agar mollaringning ichida qoradori topilsa jinoyat kodeksining yetmish uchunchi moddasi bilan otilasanlar. Yigit xuddi jinoyat kodeksi moddalarini suv qilib ichib yuborgan kabi ishonch bilan gapirdiki, Maxsuma uni eshitib hushini yoʻqotayozdi. Yigitning gaplari shunchaki ogohlantirish emas, balki sud hukmi boʻlib tuyulib qoʻrquvdan ranglari oqardi. “Voy shoʻrim!” deb yigʻini boshlab yubordi. Obodxonda ham qoʻrquv uygʻona boshlagandi, lekin vaqtida oʻzini qoʻlga olishga uning qurbi yetdi. Hozirginada ularga bas kelaman, deb oʻylagan Obodxon birdan toʻnini oʻzgartidi-da, yigʻlamsiraganicha yalina boshladi. “Militsiyada ishlagan ukasini terroristlar oʻldirib ketishganini” aytaturib koʻzlariga yosh ham keldi.Bu gaplarni eshitib ajablanayotgan Maxsuma oʻzining “terroristlar oʻldirib ketgan militsiya xodimining bevasi, bu xotinning esa kelini”ekanini bilib “yoʻgʻ-e!” deb yuborishiga sal qoldi. Xullas, beshta yetimchaning och-nahor oʻtirishi aytilgach, dagʻdagʻa qilayotgan yigit sal yumshaganday boʻldi. -Mayli, yetimlarning haqi bor ekan, qoʻyib yuboraman. Lekin izlaringdan tushganimizni xoʻjayinlar koʻrishgan. Bizga pullaring kerakmas, xoʻjayinlar “oʻzlari olib yeb ketishdi”, deyishmasin. “Xoʻjayinlarga atalgan” pullar berilgandan keyin kajava egalari bilan kelishildi. Narigi qirgʻoqqa oʻtilgach, Obodxon “Xudoga shukur”, deb chuqur nafas oldi-da, hamrohiga qaradi: -Opovsi, hisobli doʻst ayrilmas, degan maqol bor. Shu yergacha boʻlgan harajatlarning yarmini berib qoʻying, - deb qancha berishi lozimligini aytdi. -Opa, teng yarmini beramanmi, mening molim ozroq-ku? - deb e’tiroz bildirdi Maxsuma. -Ular molning oz-koʻpiga qarashdimi, opovsi, bitta qopga ham oʻnta qopga ham shu pul, - dedi Obodxon zarda bilan. -Opa, bitta narsa qiziq, a? Milisaning kiyimi boru pogoni yoʻq? - deb soʻradi Maxsuma pul sanay turib. Obodxon vahimada bunga e’tibor bermaganini anglab, afsuslandi, biroq, aybini tan olgisi kelmadi: -Bu yoq boshqa davlat, ularning formasi oʻzi shunaqa, - deb qutulmoqchi edi, hamroxining bu gapga ishonqiramayotganini sezib qoʻshimcha qildi:-Nima, bizni laqillatmoqchi boʻlishdi, demoqchimisiz? Men shunchalik merov ekanmanmi? Agar niyatlari yomon boʻlsa ikkalamizni shart boʻgʻib suvga tashlashardi, mollarimizni boʻlvolishardi. Biz bergan sariq chaqaga qanoat qilishmasdi. Bunchalik sodda boʻlavermang, opovsi. Siyrak daraxtzor ortidagi ikki mashinaga koʻzi tushib Obodxon quvonib ketdi. -Hayriyat-ey, oʻzimiznikilarga yetib keldik. Bu yogʻi endi bir qadam. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling