I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
23 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Voy, nima qilardingiz, ovora boʻlib, kecha qayningiz zakaz somsa olib kelgan ekanlar, 
yeyilmay shundayligicha turuvdi-ya!-dedi Obodxon uzatilgan laganchaga istamaygina 
qoʻl uzatib. 
 
Robiya “ertalabki nasiba”, deb iziga qaytmoqchi edi, Obodxon gapga tutib qoldi: 
 
-Mullakam ja-a kech keldilarmi? Kechagi gapni soʻrab koʻrdingizmi, opa? 
 
Robiya huddi aybdor odamday ovsinidan koʻzini olib qochdi: 
 
-Soʻraydigan mavridi boʻlmadi. Juda charchagan ekanlar. Hozir choy ichib olsinlar, 
bafurja gaplashaman. 
 
-Soʻrash shunchalik qiyinmi, opa. Hozir choylarini ichvolib yana ishga shoshib 
qolmasinlar. Kun oʻtgani sayin ish qiyinlashib boraveradi. Yukning ichida ayniydigan 
mollaram bor, - dedi Obodxon zarda bilan. 
 
-Obodxon, oʻzingiz yuraqoling, birga choy ichamiz. 
 
-Voy, opajonim, hozir tomogʻimdan choy oʻtadimi? Ikki kundan beri nafas olishimning 
ham tayini yoʻq. Qiltomoq boʻlib qolganga oʻxshayman 
 
-Qoʻying, Xudo saqlasin, sovuq nafas qilmang, - Robiya shunday deb iziga qayta 
boshladi. 
 
Obodxonning aytadigan gapi tilga koʻchmay qoldi. Til uchiga kelib qolgan zaxar soʻzi 
tildan uchmasa Obodxon vujudini choʻgʻdek kuydira boshlardi. Bunga yoʻl qoʻymaslik 
uchun u tezroq chora topishi shart edi. U ovsini berib ketgan laganchani stol ustiga zarda 
bilan qoʻydi-da, hovliga qaradi. Rayhonlar orasini titib yurgan xoʻrozga koʻzi tushdi-yu, 
chorani topdi: 
 
-Hoy, Nuriddin! Xoʻrozing oʻlgurni iniga qama, deb nechchi marta aytishim kerak! Qara, 
hammayoqni titib yubordi-ya, yashshamagur! 
 
Nuriddin kennoyisining ovozini eshitib shoshib qoldi. “Bu rayhonlarni, bu gullarni 
mening oyim ekkanlar, atrofini ham oʻzlari supuradilar”, degan gap xayoliga ham 
kelmadi. “Xoʻrozingning kallasini shart uzib tashlayman”, degan poʻpisani koʻp eshitgan 
bola shu dahshatli ishning amalga oshib qolishidan qoʻrqardi. Xoʻroz ham bu xotinning 
gapiga tushunadigan boʻlib qolganmi, bolaning kish-kishlashini kutmay katagi tomon 
yurdi. Obodxon bu manzaraga bir nafas qarab turdi-da zaxarining qolganini ham 
tashqariga socha qoldi: 
 
-Iloyim tiqilib oʻlgina. Huddi egasiga oʻxshagan bez-a, tavba qildim! 
 
Robiya ovsinining xoʻroz bahonasida baqirgani bejiz emasligini bilsa ham orqasiga 
oʻgirilmadi. Salohiddinning yoniga oʻtira turib beihtiyor: 
 
-Mol achchigʻi -jon achchigʻi boʻlganidan keyin tomogʻidan albatta ovqat oʻtmaydi-da, - 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling