I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
21 
library.ziyonet.uz/ 
 
jang olib borayotgan ogʻa-iniga iblis “soʻkib xumordan chiqarmiding, jagʻiga musht 
sol!”, deb akaga fitna qildi. Fitna amalga oshgach, ukaga: “ketmonni olib yelkasiga bir 
tushirgin, esi darrov oʻziga kelib qoladi”, deb vasvasa qildi. Iblisning bir gapini ikki 
qilishni oʻziga or deb bilgan uka ketmonni qoʻliga oldi. Iblis endi xotinlarga: “Shunday 
tomoshadan chetda turasanlarmi, aralashlaring, bir-birlaringni yulsalaring bu dunyodan 
bearmon ketasanlar. Ovsinining sochini yulmagan, yuzini timdalamagan xotin bu 
dunyoda yashadim, demasa ham boʻladi”, degan qutqu bilan ularni tashlanishga shay 
qildi. Ammo ketmonning qoʻlga olinishi Iblisning bu rejasini buzib yubordi. Akaning 
xotini erini himoya qilish, ukaning xotini esa erini bu jinoyatdan toʻxtatib qolish bilan 
ovora boʻlib qolishdi. 
 
Buni koʻrib turgan usta qoʻlidagi gʻishtni tashladi-da, janjalkashlar tomon yugurdi. 
Ukaning koʻlidagi ketmonni bir siltashda tortib olib chetga uloqtirdi. Keyin ikkovini 
akaning omonat qurilgan chaylasi tomon boshladi. Xotinlarni chaylaga yaqinlashtirmadi. 
Unda anchagacha qolib ketdi. Keyin yonidagi buklama oʻlchagichni oldi-da, har ikkala 
hovlini oʻlchab chiqdi. Har oʻlchaganda tushuntirib turdi. Nihoyat, oʻrtaga qoziq qoqdi. 
Aka-uka ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qoʻl berib shu ajrimga rozi boʻlishdi-yu, iblisning 
toʻyini rasvo qilishdi. Iblis bunda yengilsa-da, koʻnglidagi bir ishni bajarib oldi: hamma 
janjal bilan ovora boʻlib turganida Sattorning uy burchaklariga qoʻygan tangalariga 
nafasini ufurdi. 
 
Oradan oʻn toʻqqiz yil oʻtib, Obodxon aynan shu uyga kelin boʻlib tushdi. 
 
Usta aka-uka janjaliga befarq qaragan Shavkatdan chinakamiga ranjidi. Shomga qadar 
poydevorning burchaklarini raso qilib berdi. Kechki ovqatni yemay jomakorini 
yigʻishtirdi. 
 
-Mulla aka, mening ishim oʻxshamay qoldi. Oʻylab qarasam, yoʻl menga uzoqlik qilar 
ekan. Men bir kunlik ishimga roziman, siz ham bir kunlik non-tuzingizga rozi boʻling, - 
dedi-yu, ketdi. 
 
Shavkatning lafz, oqibat, nomardlik degan gaplari javobsiz qolaverdi. Usta Shavkatning 
nazarida gʻisht teruvchilik hunari bilan roʻzgʻor tebratuvchi omi bir odam edi. Shu bois 
uning ahdini nodonlikka yoʻyib koʻya qoldi. Boshqa usta topish tashvishiga yoʻliqtirgani 
uchun bir-ikki kun orqasidan soʻkib yurdi-yu, keyin unutdi. Iblis esa ustaning ketganidan 
gʻoyat shod edi. Kuvonmasinmi! Axir shu usta ishlayotgan joyga yaqinlashishga yuragi 
dov bermasdi. Gʻishtni terayotib har “bismillah!” deganida badaniga xuddi oʻtkir mix 
qoqilganday boʻlardi. Iblisning kuni tugʻdi. Chunki u odam iblis uchun oddiy gʻisht 
teruvchi emas, oʻn bir yoshidayoq hofizi qur’on martabasiga yetgan iymon egasi - Umar 
qori edi. Oʻn bir yoshidan beri iblisning jonini qiynayotgan usta oʻsha kuni bir 
yanglishdi: Shavkatga achchiq qilib ketib qoldi. Iymon egasining vazifasi arazlash emas, 
da’vat qilib, adashganlarni hidoyat topishlariga yordam qilish ekanini unutdi. 
Shavkatning johilligiga toqat qilolmadi, sabri ojizlik qildi. Bu gunohini keyinroq anglab 
yetdi, tavba qildi. Tavbasining qabul boʻlgan-boʻlmagani bizlarga noma’lum, vallohi 
a’lam! 
 
Subhi sodiq hech bir xonadonga xiyonat qilmay barchanikiga oʻz vaqtida baravar kirib 
keladi. Bandalarning ayrimlari tong xushxabarini yangi kunga yetkazgani uchun 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling