I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 29 library.ziyonet.uz/ quloqlariga ham kirmadi. Tasvirga mahliyo boʻlib oʻtiraverishdi. Quvonch vulqoni sal bosilganday boʻlgach, soʻzlar ham e’tiborlarini tortdi. -Men xalqaro tanlovda oʻzim ijod qilgan “Sogʻinch” degan kuy bilan ishtirok etmoqchiman, - dedi Bahriddin. -Kuyning nomini nima uchun “Sogʻinch” deb atadingiz? - deb soʻradi suhbatdosh qiz, - Sizning yoshingizda aytaylik, “Muhabbat navolari” yoki “Ishqim sadolari” deyish toʻgʻriroq boʻlmasmikin? “Sogʻinch...” Agar sir boʻlmasa ayting-chi, qaysi qizni sogʻinib yozgansiz? Balki oʻsha qiz hozir sizga qarab oʻtirgandir? Bahriddin darrov javob bermadi. Koʻlidagi nayga tikilib turdi. Keyin ota-onasining tikilib turganini bilganday xasta ovozda javob qaytardi: -Kuy qizga atalmagan... Bu kuy... bobom bilan buvimga boʻlgan sogʻinchim... Bahriddin yana nayiga tikilib turdi-da, soʻng labiga yaqinlashtirib chala boshladi. Kuy avvaliga uzoqlardan eshitilganday boʻldi. Tasvirda kuyga mos ravishda poyonsiz bogʻlar koʻrindi. Bahriddin nayni goʻyo nafas olmasdan chalayotganday edi. Kuy uzilmasdan davom etardi. Gullagan bogʻlar umrini yashab boʻldi, hazonrezgi boshlandi... Tasvir ortida kimdir xazin ohangda she’r oʻqiy boshladi: She’rning soʻzlarini eshitib Robiya sergak tortdi. Bu soʻzlar unga tanish edi. Qayerda oʻqigani yoki eshitganini darrov eslay olmadi. Ha, esladi: yozuv stoli ustidagi bir varaq qogʻozga yozilgan she’r edi u. Robiya uni oʻqib gʻoyat ta’sirlangan edi. Oʻgʻlidan “Buni oʻzing yozdingmi?” deb soʻraganida Bahriddin “ha” ham, “yoʻq”, ham demay jilmayib qoʻygan edi. Robiya oʻsha onni yodlab, koʻzlariga yana yosh oldi. Kuy xayolni oʻgʻirlaydigan sehri bilan suzib yurardi. Uning goʻyo qanotlari bor edi. Tinglovchilarni shu qanotlariga oʻtqazib oʻtmishning xotira dunyosiga uchirib borardi... Soʻz tindi... Kuy ham tindi... Horij atirsovunlarining afzalliklarini maqtovchi reklama boshlandi. Reklamani eshitishmadi. Kuy va she’r sehri eltib koʻygan xotira dunyosidan ular qaytganlaricha yoʻq. Bu dunyoning koʻngilga yupanch beruvchi nafasi bilan birgalikda dilni tilim-tilim qiluvchi oshpichoqlari ham bor. Ayni damda oʻsha oshpichoq ishga tushgan, hozirgina shodlikdan joʻshayotgan koʻngillarni qiynoqqa ola boshlagan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling