I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 30 library.ziyonet.uz/ Kuyni uygʻotgan tuygʻu - bobosi va buvisi sogʻinchi. She’riy satrlarni uygʻotgan-chi? Bunday satrlar mehr-oqibat koʻtarilgan joydagina yozilishi mumkin. Mehrsizlikdan zada boʻlgan koʻngildagina tugʻiladi bu satrlar. Robiya buni angladi. Anglagani uchun koʻz yoshlarini darrov toʻxtata olmadi. She’r Toʻlqinga ham ta’sir qildi, biroq “buni oʻgʻlim yozgan”, degan fikrdan uzoq boʻlgani uchun mohiyatiga kirib bora olmadi. * * * Koreyadan xushxabar kelganini qarshidagi uydagilar ham eshitishdi. Ichkari xonada kiyinayotgan qizlar qiya ochiq eshikdan televizorga qarashdi. Obodxon esa ensasi qotib eridan: -Voy savil, shu tayoqni puflasa ham mukofot ekanda,a? Qancha berarkan? - deb soʻradi. -Men qayoqdan bilaman, besh-oʻn ming berar. -Dollarmi? -Dollarmi, boshqami, senga nima? -Menga nimaligini aytaymi? Agar tuzukroq pul olib kelsa, akangizga ayting, pullarni chirt-pirt qilib sovurmasdan bitta hovli-joy olib chiqib ketsin. Siz kenjasiz.Uy hamma joyda ham kenjaga qoladi. Lalaymasdan haqingizni talab qiling. -Men talab qilaymi? - dedi Sattor jahl bilan. Shu onda iblis ustalik qildi: Obodxonning qoʻli bilan uning yarasiga tuz sepdi. Iblisning rejasi boʻyicha jahl olovida qovriligan Sattor: “Men aytayinmi unga? Oʻzi aqlini ishlatsa boʻlmaydimi? Agar odamda insof bilan akl boʻlmasa shunaqa bez boʻlib yashab yuraveradi. Unga gapirginu qochgin: darrov haqiqatdan safsata sotadi. U bilan milisa maktabida birga oʻqiganlardan bittasi hozir polkovnik. Qurgan uyini koʻrsang ogʻzing ochilib qoladi. “Akang ahmoq, u oʻziga “haqiqat” degan somon uy qurib olgan”, deydi. Toʻgʻri aytadi. Bu qaynogʻang odam boʻlmaydi”, - deb baqirib berishi kerak edi. Uning bu gaplarini narigi ayvondagilar ham eshitishi shart edi. Keyin voqea shunga qarab iblis yoʻrigʻida davom etaverardi. Lekin iblis sal yanglishdi, ukada oz boʻlsa-da, andisha borligini hisobga olmadi. Bu soʻzlar Sattorning yuragidan otilib chiqqan boʻlsa-da, tilga koʻchishiga ana shu andisha yoʻl bermadi. Bu orada maktab liboslarini kiyib olgan toʻngʻich qizlari Oftobxon chiqib ularga tanbeh bergan boʻldi: -Shunaqa paytda biram gapinglar koʻpayib ketadi-ki, eshitgani ham qoʻymaysizlar, - dedi u. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling