I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 32 library.ziyonet.uz/ -Siz aralashmang. Yoshlarning xohishi shu. Xohlaganini kiyadi, - deb bahsga keskin yakun yasagan Obodxon qiziga:-Kir, ichkariga, - deb buyurdi, soʻng toʻngʻichiga yuzlandi:-Hov birda ham qadamingni bilib bos, bu mirshabdan uzoqroq boʻl, devdim, a? -Hammasi boʻlmagan gap, - deb yigʻlamsiradi Oftobxon, - Bu shpioningiz toʻqiyveradi. Oʻzingiz aytdingiz-ku: biz aka-singilmiz. -Shunaqami? - dedi Obodxon kinoya bilan. - Yaxshi, toʻyinggacha aka-singil boʻlib yuraver. Bu gapdan Oftobxon seskanib tushdi: -Qanaqa toʻy? - deb soʻradi havotir bilan. -Biz, - Obodxon shunday deb eriga qarab qoʻydi, - seni unashtirib qoʻydik. -Qanaqasiga? - Oftobxon otasiga najot koʻzi bilan qaradi. Xotinining gapi Sattor uchun ham yangilik edi. Shu bois qizidan koʻzini olib qochdi.Otasining ahvolini anglagan qiz onasiga qarab:-Qachon? - deb soʻradi. -Bunga ancha yil boʻlgan. Shu kuzda Xudo xohlasa toʻy. Manavi savil qolgur ishim toʻgʻri boʻlsa, puliga Italiyaning mebelini olaman, deb niyat qilib qoʻyganman. Sening seping shu shahardagi eng zoʻr seplardan boʻladi. Oftobxon hozir sep haqida oʻylaydigan ahvolda emasdi. Uning hatto gapirishga madori ham qolmaganday edi. Jim ham turolmasdi. Shu bois lablari titragan holda: -Men... hech kimga tegmayman, - deyishga kuch topdi. -Bu dunyoda erga tegmaydigan qiz boʻlmaydi, bildingmi!-dedi Obodxon qat’iy hukm tarzida. -Oyi... - dedi Oftobxon yigʻlamsirab. Obodxon qiziga chimirilib qarab nimadir demoqchi boʻlgan edi, Sattor gapga aralashdi: -Boʻpti, boraver, maktabingga kech qolma, - dedi. Keyin xotiniga qarab tanbeh berdi:- Bunaqa gaplarni oyoq ustida gaplashmaydi. Bu tanbeh Obodxonga yoqmasa ham indamadi. Odamlar orasida “yaxshi xotin bitta gapdan qoladi” degan naql yuradi. Obodxonning yaxshimi yo yomon xotin ekanini bilmaymiz-u, ammo yilda uch-toʻrt marta boʻlsa ham bitta gapdan qoladigan vaqtlari topiladi. Alhol shunday olamshumul voqea sodir boʻldikim, Sattor Xudoga shukur qilsa ham arziydi. Oftobxon araz holatida chiqib ketgach, Sattor xotiniga savol nazari bilan qaradi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling