I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 28 library.ziyonet.uz/ qilaverma, sen qoʻrqayotgan bombalarning hammasi piyoz poʻstidan yasalgan. Bularning burniga suv kirishi kerak, shunda koʻzlari ochiladi”, degan javobni eshitmaydimi? Robiya shunday fikrlar bilan gapga taraddudlanib oʻtirganida Toʻlqin hovlidagi katak oldidan jilmayotgan oʻgʻlini chaqirdi. Nuriddin “Labbay adajon, hozir”, dedi-yu, lekin oʻrnidan jilmadi. Nuriddin oʻn yilga yaqin umr koʻrib, koʻp narsalarga aqli yetadigan boʻldi. Lekin kattalarning gaplari, ishlari, oʻzaro muomalalariga tushuna olmaydi. Hozir ham bir muammoni yecholmay garang: “shunday katta hovli turganida bu xoʻrozni nima uchun katakka qamash kerak? Gullarning orasini titsa nima boʻpti? Shunday chiroyli, gapga tushunadigan aqlli xoʻrozni nima uchun yomon koʻrishadi?” Nuriddin savoliga javob topa olmaydi. Ba’zan shunga oʻxshash savolni kattalardan soʻrasa “hali yoshsan, aqling yetmaydi” degan javobni eshitadi. Aqli yetishi uchun yana necha yil sabr qilib ulgʻayishi lozimligini esa oʻzicha taxminan hisoblab qoʻygan. Sakkiz yoki toʻqqiz yil. Koʻpi bilan oʻn yil. Ana shunda kata boʻladi. Keyin yuzta xoʻroz sotib oladi... Shunday shirin orzu bilan oʻtirgan bolaga otasining chaqirgani, somsa yeyishga taklif qilgani uncha ta’sir etmadi. Oʻgʻlining indamay oʻtirgani Robiyani picha havotirga solib, u ham chaqirdi. Nuriddin erinibgina oʻrnidan turgan damda televizorda gapirayotgan qizning “Koʻrsatuvimizni tayyorlayotganimizda uzoq Koreyadan xushxabar oldik”, degan soʻzlari er-xotin diqqatini tortdi. Shu paytga qadar undagi gaplarga ham, ashulalarga ham parvo qilmayotgan er-xotinning bu e’tiborlari bejiz emas. Oʻrtancha oʻgʻillari Bahriddin musiqa cholgʻuvchilari tanloviga ketganidan beri Koreya mamlakati tilga olinishi bilan ikkovlarining diqqatlari shu xabarga qaratiladi. Bu safargi xabar ularning tutab turgan tashvishlarini nari surib, koʻngillarida shodlik alangasini yoqib yubordi. Robiya shoshilganicha turib, televizorning ovozini balandlatdi. “Xabaringiz bor, u yerda sharq xalklari orasida keng tarqalgan puflab chalinuvchi cholgʻular ijrochilarining xalqaro koʻrik-tanlovi boʻlayotgan edi. Mazkur tanlovda Milliy konservatoriyamizning birinchi bosqich tolibi Bahriddin Sadirovning nayda ijro etgan kuylari yuqori baholanib, gran-pri - oliy sovringa munosib koʻrildi. Oʻzbek san’atining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi barchamiz uchun quvonarli holdir. Bahriddin safarga ketish oldidan studiyamiz mehmoni boʻlgan edi. Hozir videotasmaga yozib olingan suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz”. Shu topda ota-ona uchun atrofdagi barcha ovozlar tindi. Hatto yuraklarining dukuri ham egalariga halal bermaslik uchun tovushini pastlatganday boʻldi. Agar bir kuch dunyodagi borliq shodliklarni toʻplab kelsa Robiya bilan Toʻlqinning quvonchlari huzurida arzimas boʻlib qolarmidi. Ularning bu ondagi holatlarini bayon etmoqqa qalam ojiz. Bunday xushnudlikni farzandi kamolidan mast boʻlgan odamgina his qila oladi. Robiya televizorning yaqiniga surildi. U oʻgʻlining tasvirini shu televizorga qoʻshib quchoqlagisi kelardi. Agar biron qaygʻu haqida soʻz ketsa “Bunchalar gʻam-alamga yurak qanday chidadi ekan?”, deb qoʻyiladi. Shodlik ham shunday: kishi olam-olam shodlik seli oqimi ostida qolsa yurakning chidashi qiyin. Er-xotinni hozir yuraklarining ahvoli qiziqtirmaydi. Ular uchun hozir dunyoda bitta shu televizor va undagi oʻgʻillarining tasviri mavjud. Dastlab suhbat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling