I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 25 library.ziyonet.uz/ -Ayniydigan mollari? Eng birinchi ayniydigan mol - uning oʻzi! Toʻgʻri yoʻl bilan kirib kelish kerak edi. Endi menga desa irib-chirib ketsin. Tagʻin ham qonun bunaqalarni asraydi. Aslida... Toʻlqin aslida nima boʻlishi kerakligini aytishga ulgurmadi. Robiya uning gapini boʻldi: -Unaqa demang, nima boʻlganda ham jigaringizning oilasi. Men bu xonadonga kelinman. Kelin hammaning koʻziga hamisha yomon koʻrinadi. Bularingiz har qanaqa yomonlikni birinchi mendan koʻrishadi. Agar meni desangiz, oʻsha savil qolgur molini olib berasiz. Bu shart Toʻlqinga malol kelib xotiniga norozi qiyofada qarab qoldi. Uning nazarida Robiyaning bunaqangi qat’iy tarzda gapirishi nojoiz edi. “Agar meni desangiz...” Robiya ilgari hech bunaqa demagan edi. Agar ovsini bilan yuz koʻrmas darajada urishib “Yo meni deysiz yo ularni!” desa ehtimol bu shartni bajarish Toʻlqinga uncha ogʻir boʻlmas edi. Hozirgi holat... Robiya ular tomonda. Bu tomonda uning bir oʻzi... Erining oʻylanibroq qolganini koʻrgan Robiya hujumni davom ettirish maqsadida barmogʻidagi ikki uzukni yechib uning oldiga qoʻydi. -Bu yana nimasi? - dedi Toʻlqin endi bir oz zardali ohangda. -Shuni sotib harajatiga ishlatasiz. Bunaqa matoh topiladi. Oradagi oqibatni buzmang. Bu gap Toʻlqinni portlatib yuborayozdi: -Nima deding?! Oqibatni men buzyapmanmi? - u shunday deb oʻrnidan turib ketdi. Otasining qistovi bilan olgan somsani yesammi-emasammi, deb ikkilanib oʻtirgan Salohiddin uni qaytarib joyiga qoʻydi-da, labini yana bir marta sochiqqa artib oʻrnidan turgach, er-xotin orasidagi mojaro oʻz-oʻzidan toʻxtadi. -Muncha shoshyapsan, hali erta-ku? - dedi Robiya ham oʻrnidan qoʻzgʻolib. -Kecha avtobus kutib kech qolay dedim. Vaqtliroq bora qolay, - deb bahona qilgan Salohiddin “yolgʻonim sezilib qolmasin”, degan fikrda onasining nigohidan koʻzini olib qochdi. -Bolaga tinchgina choy ichirmasang, oʻtirib nima qiladi? Boraver, - dedi Toʻlqin oʻgʻliga qarab. Robiya erining tanbehiga ahamiyat bermay, oʻgʻlining yelkasini siladi. -Bugun vaqtliroqkelarsan? -Bugun... - Salohiddin onasiga tayinli javob qaytarishga ikkilandi, - bugun kelolmasam kerak. Tadbirlar bor ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling