I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 33 library.ziyonet.uz/ -Ha, xoʻjayin, - dedi piching bilan, - Mensiz qiz unashtiradigan boʻlib qolibsizmi? -Xah,piching qilmay qoʻya qoling, shu gapga ishondingizmi? Bir popugini pasaytirib qoʻygim keldi-da. Shunaqa deb turmasam, bu qiz oʻlmagurning koʻzi mirshab jiyaningizdan uzilmaydigan boʻlibqolgan. -Endi shu yetmay turgan edi. -Ha-da! Maktabni bitirishi bilan uzatib yuborish kerak. Yana uni oʻqisin, deb yurmang. -Men uni oʻqiydi, debmanmi? Ularning suhbati shu yerga kelganda televizordagi reklama tugab, yana Bahriddin koʻrindi. Suhbatdosh qiz Bahriddinning qoʻlidagi nayni olib avval u yoq bu yogʻini qaradi, keyin puflab chalmoqchi boʻldi. Oʻzining noshudligidan uyalganday nayni egasiga qaytarib bera turib: -Ajab va ming marta ajab, - dedi hayajon bilan. - Oddiy daraxt shoxidan ishlangan bu cholgʻudan shunchalar sehr taralsa. Bahriddin, siz bilan bizga ajratilgan yana bir necha daqiqa vaqt bor. Shundan foydalanib yana bir-ikki savol bermoqchiman. Ayting-chi, sizning san’atga kirib kelishingizga kim sababchi? Balki ota-onangiz san’atkor boʻlishgandir? Bu savolga Bahriddin qisqagina “yoʻq”, deb qoʻydi-yu, lekin Obodxon bunga qoniqmay televizordagi suhbatdosh qizga qarab javray ketdi: -Ha, ota-onasi naq san’atkorning oʻzi! Otasi surnaychi-yu, onasi karnaychi!-Shunday deb eriga oʻgirildi:-Shuni oʻchirib qoʻysam bir narsa boʻladimi? Shuyam yoniq tursa pul ketadi. Obodxon erining roziligi yoki e’tirozini kutmasdan oʻz istagini oʻzi bajarib qoʻya qoldi. -Oʻlguday injiq boʻlib ketyapsan-da. Shu zaharliging uchun aslida siqilib, ozib, choʻp boʻlib ketishing kerak edi, - Sattor shunday dedi-yu, ammo xotinining vazifasi siqilish emas, boshqalarni siqish ekanini oʻylab koʻrmadi. Zotan, boshqalarni siqib sil qilish uchun yaratilgan xotinlardan birontasining shu paytgacha ozganini tarix koʻrmagan. Shunday boʻlsa-da, Obodxonga erining gapi sal ogʻir botdi: -Shunaqa deb turing-chi, niyatingizga yetib qolarsiz, - dedi mingʻirlab. Keyin birdan qat’iy ohangga oʻtdi:- Qani, choyingizni ichib boʻldingizmi? Turaqoling. -Ha, yana nima boʻldi. Kechasi jin-pin chalganmi seni? Nima deyaverasan? -Akangizning oldiga chiqing. Gaplashing. Mehribon yangachangiz kechasi soʻramabdilar. Erchalari charchab kelganmishlar. Kechasi yaxshilab koʻngillarini olgan boʻlsalar, charchoqlari chiqqandir. Men u oʻrgumchak oʻlgurga ishonmayman. Oʻzingiz gaplashing. Ammamning buzogʻiday lalaymay, dangal-dangal gapiring. Agar ishimizni toʻgʻirlab bermasa, biz ham boshqacha gaplashamiz. Shuncha chidaganimiz yetar. Uyni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling