I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 31 library.ziyonet.uz/ -Nimani eshitasan? - dedi onasi zardali ovozda. -Bahriddin gapirdi-ku? -Gapirsa gapiribdi, nima boʻpti, osmon uzilib yerga tushibdimi? Hozir zamon oʻzi shunaqa teskari: qarqunoqdan bulbul chiqadigan boʻlib qolgan. Oftobxonga bu gaplar yoqmadi: “Voy, oyi-ey” deb qoʻydi norozi ohangda. -Nima, “oyi-ey!”, - dedi Obodxon zardali ohangidan voz kechmay. - Saharmardonda qayoqqa otlanib olding? -Sinf rahbarimiz bugun vaqtliroq kelinglar, deganlar. Maslahatli gaplari bor ekan. -Maslahatni shunaqa saharmardonda qilarkanmi? - deb soʻradi Obodxon qizining gapiga ishonqiramay. Qiya eshik ostonasida turgan Oynisa bu gapdan keyin ona-bola orasida tutayotgan oʻtga moy sepmoqchi boʻldi. Sattor ichkoʻylakda, sochlari taralmagan holda chiqib kelgan qiziga oʻqrayib qaradi-yu, keyin yuzini burib oldi. Oynisa otasining noroziligini anglamay onasiga yuzlandi: -Voy, oyijon, qizingiz koʻchada yolgʻiz yurishga qoʻrqadi-ku? Mirshab akajonisi koʻchadagi bobovlardan oʻtqizib qoʻymasa, maktabiga yetib borolmaydi-ku, bechora! Bu pichingdan gʻazablangan Oftobxon singlisini biqinidan chimchilab oldi. Ogʻriqdan chinqirib yuborgan Oynisa javob qaytarmoqchi edi onasi oʻrtaga tushdi. -Kir, ichkariga! Yuviqsiz beting bilan chiqma, deb ming marta aytdim, senga. -Hadeb shuningizning yonini olaverasiz, uning yurishini hamma biladi, - dedi Oynisa yigʻlamsirab. -Bilsa bilaversin, - Obodxon shunday deyishga dedi-yu, Oftobxonga qovoq uyub qaradi. - Yursa akasi bilan yuribdi. Begonamas, amakisining oʻgʻli. -Ha... akasi... - Oynisa yangi fitnani boshlamoqchi edi, Sattor unga qarab baqirdi: -Oʻchir ovozingni! Hamma narsaga burningni tiqaverma, sen qiz. -Siz aralashmay turing, adasi, - dedi Obodxon. -Nega aralashmayman. Kecha buning kiygan koʻylakni koʻrdingmi? -Koʻrgan boʻlsam nima boʻlibdi? -Ona boʻlib sen indamay men gapiraymi? U koʻylak emas, bir balo-ku! Kindigigacha koʻrinib turibdi-ku? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling