I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 27 library.ziyonet.uz/ Salohiddin onasini yana bir oʻpib, chiqib ketgach, er-xotin gaplarini yoʻqotganday jim qolishdi. Toʻlqin ishga shoshmayotgan edi, shu sababli yana choy ichish maqsadida joyiga oʻtirdi. Robiya piyolaga choy quyib eriga uzatdi-da: -Ota boʻlib tuzukroq duo qilishni ham bilmaysiz, - deb gina qilib qoʻydi. -Shunaqami? - dedi Toʻlqin xotiniga sinovchan qarab. - Sening duoying tilingda, sayrayverasan. Meniki mana bu yerimda, - shunday deb kaftini chap koʻkragiga qoʻydi. Robiya “shunisiga shukur” deb, yana bir oz jim qoldi. Keyin siniq ovozda soʻradi: -Oyim rahmatli oʻlishlaridan oldin “oqibatli boʻlinglar”, deb koʻp duo qiluvdilar, esingizdami? -Esimda... - Toʻlqin horgʻinlik bilan asta uf tortib qoʻydi. Robiya oʻsha siniq ovozda gapini davomqildi: -Sizlar... bunaqa boʻlib qoldinglar... Duolari qabul boʻlmaganmikin? Voy Xudoyim-ey... Hozirgina ezgin ruhga tushgan Toʻlqin bu gapdan keyin achchiqlandi: -Duo qabul etilishi uchun bu yoqdagilarda insof boʻlishi kerak, aql boʻlishi kerak, - dedi balandroqovozda. -Siz akasiz, tushuntiring. -Hozir ularning quloqlariga dollar qoʻrgʻoshinday quyilib qolgan. Gap oʻtmaydi. -Gap oʻtmasa... shunday yuraverasizlarmi? -Yurishimizga nima boʻlibdi? Ukam salom beradi, men alik olaman. Hozircha shu ham yetadi. “Shu ham yetarli...” Robiya erining sovuqqonlik bilan aytgan bu gaplariga nima deb e’tiroz bildirishni bilmay lol qoldi. Nima desin: “nahot aka-ukaning munosabatiga shu salom-alik kifoya qilsa? Mehr-oqibatning chegarasi shu darajada tormi?” desinmi? Yoki: “adangiz bilan oyingiz bu qoʻshqanot uyni shu maqsadda qurib sizlarga tashlab ketishganmi?” degani ma’qulmi? Bularni avval aytgan, javobiga erining norozi qarashi bilan taqdirlangan edi. Hozir aytsa ham shundan boʻlak holat yuz bermaydi. Robiyaning nazarida hovliga bombalar koʻmib tashlanganga oʻxshaydi. Bombalar yoʻqotilish oʻrniga har kuni yana bittadan yoki ikkitadan yangisi koʻmilaveradi. Bechora shu bombalardan birortasini bosib olib portlab ketmayin deb hadiksirab yuradi. Ovsinining moli munosabati bilan yanada koʻp, yanada dahshatli bombalar koʻmildiki, oyoq bosishga endi joy ham qolmadi. Ehtimol shularni aytgani ma’quldir? “Jon adasi, molini bir iloj qilib oldirib bering, boʻlmasa bu bombalar birin-sirin portlashni boshlaydi”, desa-chi? U jon kuydirib aytadigan gaplariga sovuqqon ohangdagi “vahima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling