I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
26 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Robiya oʻgʻlining bu bahonasiga ishonganday boʻldi. Oʻgʻli narsalarini olish uchun 
xonasiga kirgach, eriga qarshi boshlagan hujumini boshqa tomondan davom ettirdi. 
 
-Oxirgi kursdagilar kazarmada bir kun ham qolishmas ekan. Borib gaplashing. Mening 
bolamni nega hadeb olib qolaverishadi? 
 
-Biz oʻgʻling bilan toʻrt yil avval kelishib olganmiz: men akademiyasiga bormaslikka 
soʻz berganman. 
 
-Unda oʻzim boraman. 
 
-Agar oʻgʻlingning oʻrtoqlari orasida isnodga qolishini istasang boraver. Oʻgʻlingga bir 
qara-chi, emish yoshidan oʻtgandir, a? 
 
Salohiddin chiqib, pichingga yarasha javob izlayotgan Robiya chorasiz qoldi. Oʻgʻli 
yonogʻidan oʻpib xayrlashayotganida Robiya uni bilagidan ushladi: 
 
-Toʻxta, oʻtir, - dedi. Oʻgʻli omonat tarzda oʻtirgach, eriga qaradi:-Adasi, indamay 
ketavermasin, duoqiling. 
 
Toʻlqinning uzundan uzoq duo qilish salohiyati yoʻq edi. Shu bois qisqagina: 
 
-Omiyn, omadingni bersin, Allohu akbar!-deb qoʻya qoldi. 
 
Bu duodan qoniqmagan Robiya bilganicha davom ettirdi: 
 
-Omiyn, tuproq olsang oltin boʻlsin, oltin boshing Xudoning panohida boʻlsin. 
Koʻrganing toʻy boʻlsin, yeganing qoʻy boʻlsin. Yomon koʻzlardan Xudoning oʻzi 
asrasin. Xudo bizga ham yaxshi kelin ato etsin, - duo shu yerga kelganida Robiya boya 
soʻramoqchi boʻlgan gapini eslab qoldi:-Xolang aytgan qizni qachon borib koʻrasan? 
 
-Imtihondan keyin, oyijon, hozir vaqtim yoʻq. 
 
-Imtihondan keyin, deb yuraver-chi, shunday popukdekkina qiz-a! Birov ilib ketganidan 
keyin chapagingni chalib, attang, deb qolasan, bola! 
 
Turmoqchi boʻlib oʻrnidan qoʻzgʻolgan Salohiddinni Robiya qaytarmoqchi edi, Toʻlqin 
aralashdi: 
 
-Gapni choʻzma, bolang shoshilyapti. Duo qilyatuvding. Qani, kelgan joyidan: yegani 
qoʻy boʻlsin. 
 
Robiya erining kinoyasidan bir oz ranjib, norozilik bilan: 
 
-Mendan kulmang, gapim esimda turibdi, - dedi-da, duoni nihoyasiga yetkazdi:-Omiyn, 
yoʻllaring hamisha oydin boʻlsin, aka-ukalarning oqibati to qiyomatga qadar mustahkam 
boʻlsin. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling