I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
22 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yaratganga shukrlar qilib kutib olsa, ba’zilari toʻyib uxlab olish qasdida iblisning 
huzurbahsh choyshabiga burkanganicha qarshilaydi. Oʻrtasi darvozaxona, ikki tomoni bir 
hildagi uy va ayvondan iborat, hovlining etagi bitta pastak imorat, oshxona, qoʻyxonadan 
iborat bu xonadon subhi sodiq fazilatini ayniqsa yoz oylari his qilib koʻrmaydi. Faqat 
nahorgi toʻy yoki ma’raka oshlariga borish bahonasida turiladi. Yuz-koʻl shoshib-pishib 
yuviladi-da, xuddi doshqozondagi osh u borgunicha tugab qoladiganday yoʻlga tushiladi. 
 
Darvoqe, bayonda adashildi. Bu xonadonda yashovchi bittagina dakang xoʻroz subhi 
sodiqni qarshilaydi. Qanotlarini patillatib quvonch bilan qichqirgani tufayli uyqusi 
buzilganlarning qargʻishiga qolsa ham bir necha soat mobaynida hovlida yakkahokimlik 
qilib gerdayib yuradi. Obodxon uygʻonib, ostonada paydo boʻlishi bilan uning gerdayishi 
barham topadi. Qirqta tovuqqa ham bas kela oladigan magʻrur xoʻrozning qip-qizil 
tojidan qon qochib, bir tomonga shalpayibqoladi. 
 
Quyosh terak boʻyi koʻtarildi. Dasturxon ustida nonushta tayyorlab qoʻygan Robiya 
oshxonada somsa pishirayotgan edi. Toʻlqin somsa pishishini kutmay murabbo choy 
ichib oʻtirganida toʻngʻichi Salohiddin talabalik kiyimini kiyib chiqdi-da, televizorni 
yoqdi. Militsiya akademiyasini bu yil bitiradigan Salohiddin uyiga haftada bir-ikki kelib 
turardi. Kecha shom qorongʻusida kirib kelganida amakisi oilasining tashvishidan xabar 
topib, oʻzicha “endi zoʻr gʻalvalar boshlansa kerak”, deb oʻylagan edi. U otasidan farqli 
oʻlaroq, har ikki oila orasidagi munosabatni ziyraklik bilan kuzatar, kelajakda koʻngilni 
yoritadigan nur koʻrinmayotgani uchun uyga iloji boricha kam kelishga urinardi. Kecha 
onasi ovsinining qanday baloga uchraganini ayta turib “hamma umid adanglardan, 
yordam bermasalar biz baloga qolamiz, oʻqishingdagi domlalaringdan surishtirib koʻrgin, 
ularning tanishlari koʻp boʻladi, ertalab ketishingdan oldin adanglarga senam tushuntir”, 
degan edi. Salohiddin ota-onasining fe’lini yaxshi bilgani uchun Robiyaning gapiga 
“xoʻp”, dedi-yu, biroq, murabbo choy ichib oʻtirgan otasiga indamay qoʻya qoldi. Uyqusi 
yaxshi oʻchmagan kichik ukasi Nuriddinning xoʻroz orqasidan yurishigaqarab oʻtiraverdi. 
 
Qarshidagi uyda ham harakat jonlandi. Sattor yotoqxonadan maykachan chiqib kelib
kechqurun yigʻishtirilmagan dasturxon ustidagi rangli shirin suvdan ichdi-da, kerishib 
oldi. Keyin labiga sigaret qistirib, tutatdi. Televizorni yoqib, oshxonada turgan xotiniga: 
 
-Choyni oftobda qaynatyapsanmi, boʻlsangchi tezroq, - dedi. 
 
-Hozir, hozirey, gaz oʻlguram pasayib ketdi, - dedi Obodxon norozi ohangda. Soʻng 
oʻziga oʻzi gapirganday, ammo eri eshita oladigan balandlikda davom etdi:-Somsa 
pishiryapti shekilli. Shu somsasi oʻlgurni boshqa paytda pishirsa bir joyi kamayib 
qolarmikin. Atay qiladi bu oʻrgumchak. 
 
Robiya qaynota-qaynonasidan qolgan oshxonadan foydalanardi. Garchi bu oshxona ikki 
oila hojatini chiqarishga moslab kenggina qilib qurilgan boʻlsa-da, yogʻin-sochin kunlari 
hovli orqali qatnashga eringan Obodxon ayvonning bir chetini ajratib, gaz plitasi oʻrnatib 
olgan edi. 
 
Pishgan somsalarni ikki laganchaga solgan Robiya bittasini ochiq turgan deraza orqali 
eriga uzatib, ikkinchisini koʻtarib Obodxon tomon yurdi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling