I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 5 library.ziyonet.uz/ kelmadi. -Agar ustaxonangizni oʻgʻri ursa-yu, biz oʻgʻrini qamasak, kimning shoʻri qurigan boʻladi? -E, akaxon, sovuq nafas qilmang, oʻgʻri bizlardan nari yuraversin. -Bu ham bir gapda... Oʻgʻri sizdan nari boʻlgani bilan sherigingizning shoʻrini quritadi. Boshqa iloji yoʻq, kasbi shunaqa. Sizning bozoringiz kasod boʻlsa boshqa hunar qilasiz. Ular boshqa hunar qila olishmaydi. Chunki ularning bozori hech qachon kasod boʻlmaydi. -Ularning urugʻini quritib tashlash kerak. -Qani,quritib koʻring-chi? -Nega men quritaman? Mening ishim mana, beshik, belanchak, argʻimchoq. Sizning ishingiz ana, ularniquritish. -Mening ishim shu, bilaman, lekin men ularni qurita olmayman. -Siz shunaqa deb tursangiz, ishlar “besh” ekan. -Men boʻladigan gapni aytyapman. Oʻtmishda qanchadan qancha oʻgʻrilarni ushlashib, qoʻllarini kesib tashlashgan-a, nega shuncha zamonlardan beri ularning urugʻi qurimadi? Toʻlqin beshikchi ustaga gapirayotgani bilan koʻzlari katta koʻcha tomonda edi: ana, zira sotuvchi bola koʻrindi. Toʻlqin unga kuzatuvining birinchi kunidayoq e’tibor bergan edi. U yoʻl chetida toʻxtagan mashinaga ildam yaqinlashadi. Koʻzlari javdiraydi. Bozorga kiraverishdagi gumbaz yonida esa uch yigitcha oʻtiribdi. Toʻlqinning gumoni shularda. U ishni boshlash vaqti yetganini fahmlab, aloqa ratsiyasini qoʻlga oldi. Nimadir demoqqa ogʻiz juftlagan usta gapini yutib, qoʻshni doʻkon tomon oʻtmoqchi edi, Toʻlqin bir imo bilan uni toʻxtatdi-da, soʻng ratsiyani ogʻziga yaqinlashtirib, past ammo qat’iy ohangda “Boshlayapmiz”, deb buyurdi. Keyin: -Birinchi reja boʻyicha ishlaymiz. Hammaning diqqati zira sotuvchi bolada, - deb ilova qildi. Qoʻshni tomonga otlangan ustaga esa xolis guvoh sifatida kuzatishni yana bir bor iltimos qildi. Bu safar usta gapni koʻpaytirmay Toʻlqin koʻrsatgan tomonga qaradi. Zirafurush bola ota kasbini davom ettirib bozorga chiqqan edi. Otasi oshnalari bilan ulfatchilik qilib oʻtirganda bir piyola aroqni ichibdi-yu, “qudratlisan, hayot!” deb jilmayib qoʻyib, jon beribdi. Oshnalari avvaliga hazillashyapti, deb oʻylab uning qiligʻidan miriqib kulishibdi. Keyin qarashsaki... yoz chillasida ichilgan muzdek aroq vazifasini bajarib boʻlgan ekan. Zirafurushlar marhumning hurmatini qilib, oʻn oltini qoralayotgan oʻgʻlini yonlariga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling