I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
10 
library.ziyonet.uz/ 
 
bilmay yana kim bilsin? 
 
Obodxon hamroxini tijoratning “dunyo ahliga noma’lum asrori” bilan tanishtirish 
maqsadida gapdan tinmadi. 
 
...molni arzon olginu qimmatga sot. 
 
...arzon olish uchun ham, qimmatroqqa sotish uchun ham oʻzingni bechorahol qilib 
koʻrsat. Oʻlmagan eringni oʻldi desang ham bunaqa yolgʻonni Xudo kechiraveradi
chunki bu yolgʻonni yurakdan chiqarmaysan, til uchida aytasan. “Yetimlarim bir burda 
nonga zor”, deb yigʻlasang ham yolgʻonga oʻtmaydi, chunki bu foydani baribir 
bolalaringga yegizasan. “Bolalarim!” deb astoydil yigʻlasang Xudoning ham mehri 
joʻshib ketadi-yu, foydani koʻpaytirib beradi. 
 
...molni qarindoshlarga sotma. Foydaning boshini yeydi bu qarindosh oʻlgurlar. “Bu 
mollarimning sifati yaxshi emas, kelgusi safar sizga yaxshisidan alohida tanlab-tanlab 
olib kelib beraman”, deb turaver. Keyingi safar esingdan chiqib qolsa gunohkor 
boʻlmaysan. 
 
...topgan pulingni uyim, roʻzgʻorim deb sovuraverma. Eringdan yashirib qoʻyadigan 
moling ham boʻlsin. Zamon qaltis, xotin kishining boshiga nimalar tushadi, Xudo biladi. 
 
Obodxonning chap yelkasiga ega chiqqan iblis rohatlanadi. Uning eng salohiyatli 
shogirdlari ham darsini bu qadar zoʻr oʻzlashtirishmagan edi. Iblis anoyi emas, vaqti 
kelib qolsa, bu xotinning “Meni shayton yoʻldan urdi!” deb faryod urishi unga ma’lum. 
Kiyomat boshlanib, doʻzaxga hukm boʻlganida barcha aybni iblis zimmasiga agʻdarishini 
ham biladi. Obodxon singari yashab oʻtganlarning ana shu da’vo ilinjida qabr azoblarini 
totib yotganlari yolgʻiz Yaratganga ma’lum. Bu xotinga va unga oʻxshash millionlarcha 
da’vogar bandalarga iblisning aytadigan gapi avvaldan tayin: 
 
-Ha, yoʻldan urdim, bu mening kasbim edi. Sening burching men - iblisning emas, 
Rahmonning soʻzlariga amal qilish edi. Men seni doʻzax ostonasiga qadar olib kelishni 
orzu qilib edim, niyatimga yetdim. Endi senga oq yoʻl, doʻzax oʻtlari senga muborak 
boʻlsin! 
 
Hali bu daqiqaga adogʻi Allohgagina ma’lum boʻlgan sanoqsiz yillar bor. Obodxon va 
unga oʻxshaganlar bu dunyoning yolgʻonchi lazzatlaridan toʻyib olishlari kerak. Keyin 
oʻlim, keyin qabr azoblari. Soʻng qiyomat dahshatida tirilish. Soʻng esa hukm!.. 
 
Alloh bandasiga hidoyat bersa, iblis orzu qilayotgan bu oqibat yuz bermas. 
 
Hozircha Obodxon yelkasidagi iblisni quvontirib javrayotganini oʻzi bilmaydi. 
 
Iblisning bir xotin gaplaridan quvonib oʻtirishi holva. Hademay uning navbatdagi toʻyu 
tantanasi boshlanadi. Toʻyu tantanaga “navbatdagisi” deb sifat berilishi bejiz emas. 
Banda ter toʻkib, yigʻib-terib toʻrt yildami yo besh yildami birgina toʻy qiladiyu bor-
yoʻgʻini sovurib, shumshayib qolaveradi. Iblis ham ter toʻkadi, zalolat ahlini atrofiga 
yigʻib-tergani zamon hayallatmasdan toʻyini boshlab yuboradi. Bandadan farqli oʻlaroq, 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling