I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
- ish. O’SIMLIK TARKIBIDAGI SHILLIQ MODDALAR
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.
2- ish. O’SIMLIK TARKIBIDAGI SHILLIQ MODDALAR
MIQDORINI ANIQLASH Kerakli asbob va reaktivlar: chinni kosacha, stakan, shisha tayoqcha, pichoq, probirka, etil spirti (96%), pishgan behi urug’i. Dorivor o’simliklardagi shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan iborat bo’lib, ular tarkibidagi asosan polisaxaridlar – pentozanlar (90%) gacha va qisman geksozanlar uchraydi. Shilliq moddalar odatda 2 guruhga bo’linadi: 1) Normal shilliq moddalar. Bular o’simliklarning o’sishi davrida shu o’simliklar hayoti uchun zarur birikmalar sifatida vujudga kelgan. 2) Patologik shilliq moddalar. O’simliklarnihg tashqi ta’sirga (buta va daraxtlar po’stloqlarining yorilishi, teshilishi) javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi.
O’simliklar shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq modda kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho’ktirish mumkin. Shilliq moddalar kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, 95% pentozalar (arabinoza, ksiloza va boshqalar), oz miqdorda galaktoza, glyukoza, uron kislotasi va furfurol hosil bo’ladi. Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat reaksiyalari bilan aniqlanadi. a) Tarkibida shilliq moddalar bo’lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta’sirida sariq rangga bo’yaladi. b) Mikroskopda ko’rish uchun kesilgan mahsulot bo’lakchasiga metil ko’k bo’yog’i eritmasidan yoki 10% li sulfat kislotaning mis tuzi eritmasi va 10% li natriy ishqori eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda saqlovchi hujayralar to’q ko’k rangga kiradi. s) Mikroskopda ko’rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta’sir ettirilsa, shilliq modda saqlaydigan hujayralar bo’yalmaydi, boshqa hujayralar esa qorayadi. Shilliq moddalar o’simlik mahsulotlari va ulardan olinadigan dori turlari tibbiyotda oshqozon – ichak kasalliklarini davolash hamda nafas yo’llari shamollaganda yo’talni yengillashtiradigan, to’xtatadigan va balg’am
ko’chiradigan vosita sifatida ishlatiladi. O’simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 1. Shilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritmalar hosil qiladi. Bu eritmaning yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyasiga bog’liq. Shuning 28
uchun o’simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar miqdori eritma yopishqoqligiga qarab (viskozimetrlar yordamida) aniqlanadi. 2. Shilliq moddalar ma’lum miqdordagi o’simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi. Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho’ktiriladi. So’ngra cho’kmani yuvib, 60-80 0 C da doimiy og’irlikka kelguncha quritilib tortiladi. O’simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi.
Pishgan behining urug’i ajratib olinadi. Undan 5 g o’lchab olib chinni kosachaga yoki stakanga solinib ustiga 30 ml sovuq suv quyiladi va shisha tayoqcha bilan 20 minut davomida aralashtiriladi. Bunda yopishqoq kolloid eritma hosil bo’ladi. Olingan kolloid eritmaga teng hajmda spirt (96%) qo’shiladi va cho’kma filtrlanib, sovuq suv bilan yuviladi va 60 – 80 0 C da doimiy og’irlikka kelguncha quritiladi, tarozida tortiladi. Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalar miqdori quyidagi tenglama asosida hisoblanadi: 5 100
* (%)
m m – olingan shilliq moddalarning massasi.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling