5 – ish. MAHSULOT TARKIBIDAGI VITAMIN K
1
NI
XROMATOGRAFIK USUL YORDAMIDA ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlikning guli va yashil qismi, benzol,
petroley efiri, suv hammomi, termometr, (13x5 sm kattalikdagi) “Silufol”
plastinkasi, mikropipetka, kolbalar, voronka, filtr qog’oz, stakanlar.
K vitaminlar guruhi bir qancha birikmalardan (2-metil-1,4-naftoxinon
unumlari) iborat bo’lib, gulli o’simliklarda shulardan faqat vitamin K
1
uchraydi.
Vitamin
K
1
, fitoxinon, filloxinon, α-filloxinon (2-metil-3-fitil-1,4-
naftoxinon) – sariq rangli, yopishqoq yog’simon modda bo’lib, suvda erimaydi va
metil spirtida yomon, benzin, benzol, efir, atseton, yog’ va boshqa organik
erituvchilarda yaxshi eriydi.
Vitamin K
1
tabiatda keng tarqalgan, asosan o’simliklarning yashil qismida
uchraydi. U qon oqishini to’xtatish (qonni ivitish) ta’siriga ega. Shuning uchun
tarkibida shu vitamin bo’lgan o’simliklardan tayyorlangan dori turlari, asosan qon
oqishini to’xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.
I SH N I N G B O R I SH I
1 g maydalangan mahsulotni 15 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml
geksan quyiladi va 3 soat davomida asta-sekin chayqatiladi. So’ngra ajratma
filtrlanadi va 2-3 ml qolgunicha 45
0
C suv hammomida kam bosimda haydaladi.
“Silufol” plastinkasi (13x5 sm kattaligida) ning start chizig’iga mikropipetka
(mikrotomizgich) yordamida ajratmadan 0,1 ml tomizilib, plastinka havoda 3-5
minut davomida quritiladi. Qurigan plastinkani benzol - petroley efir (1:1)
nisbatida) aralashmasi quyilgan kameraga joylashtirilib, pastga yo’naluvchi usul
32
bo’yicha xromatografiya analizi o’tkaziladi. Erituvchi suyuqliklar aralashmasi 10
sm gacha shimilib tushgandan so’ng xromatografik plastinka kameradan olinadi,
havoda 2-3 minut davomida quritiladi va 2 minut yorug’lik nurida ushlanadi.
Natijada ajratmadagi vitamin K
1
sariq-yashil rangda tovlanuvchi dog’ holida
ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |