I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
– ish. NA’MATAK O’SIMLIGINING MEVASI TARKIBIDAGI
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.
4 – ish. NA’MATAK O’SIMLIGINING MEVASI TARKIBIDAGI
ASKORBIN KISLOTASI MIQDORINI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: na’matak mevasi, 0,001 n 2,6-dixlorfenol- indofenol eritmasi, 2% li HCI eritmasi, chinni hovoncha, byuretka, kolbalar, voronka, filtr qog’oz, pipetkalar, stakanlar. Askorbin kislotaning tirik to’qimalardagi miqdorini aniqlash 2,6 – dixlor- fenolindofenolning “C” vitamin ta’sirida qaytarilib rangsizlantirishga asoslangan. Reaksiya mexanizmi quyidagicha:
O CI O = C - C = C - C - C – CH 2 OH + O N OH HCI
OH OH H OH CI Askorbin kislota Ko’k rangli
H O CI O = C - C = C - C - C – CH 2 OH + HO NN ON O O H OH CI Degidroaskorbin kislota Rangsiz
2,6-dixlorfenolindofenol muhit (pH)ga qarab ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Agar muhit ishqoriy bo’lsa, u zangori rangda, kislotali muhitda rangsiz yoki kuchsiz qizg’ish rangda bo’ladi. 2,6–dixlorfenolindofenolning mana shu xususiyatidan foydalanib, to’qimalardagi askorbin kislota miqdori aniqlanadi.
Na’matakning tozalangan mevasidan 10 g tarozida tortib olib, chinni hovonchada 30 ml suv (ozginadan bo’lib – bo’lib qo’shiladi) va 5 ml 2% li HCI ishtirokida yaxshilab eziladi. Hosil bo’lgan massa 50 – 100 ml hajmli kolbaga o’tkaziladi. Chinni hovoncha 2 - 3 marta HCI eritmasi bilan yuvilib, u ham kolbadagi eritma ustiga quyiladi. Ma’lum vaqt (10 – 15 minut) dan so’ng
31
aralashtirilib, filtrlanadi. Filtrat «C» vitamining manbai hisoblanadi. Konussimon kolbaga filtratdan 5 ml olib, 0,001 n 2,6 – dixlorfenolindofenolnig natriyli tuzi eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lguncha mikrobyuretka yordamida titrlanadi. Na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislota quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: 1000
5 100
88 , 0
а Х
X – na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislotasining miqdori (mg hisobida). a- titrlashga ketgan 0,001 n 2,6 – dixlorfenolindofenolning miqdori (mg hisobida), b – na’matak mevasidan tayyorlangan aralashmaning umumiy hajmi. 5 – titrlashga olingan filtrat miqdori (ml hisobida). 1000 – tekshirishga olingan na’matak mevasining miqdori (mg hisobida). 100 - % ga o’tish koeffitsiyenti.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling