YOG’LAR
Tibbiyotda yog’lar, asosan, surtma dorilar (mazlar), linimentlar, malhamlar,
tibbiyot sovunlari, shamchalar va boshqa dori turlari tayyorlashda, hamda ba’zi
dorivor moddalarni eritish uchun ishlatiladi. Ba’zi yog’lar esa sof holda ta’sir
etuvchi dorivor modda sifatida (kanakunjut moyi, baliq yog’i, makkajo’xori moyi
va boshqalar) ishlatiladi.
Tarkibida ikki va undan ortiq qo’shbog’ saqlagan to’yinmagan yog’
kislotalar (linol, linolen, araxidon) esa odam organizmida moddalar almashinuvi
jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lib, ular vitamin «F» nomini olgan.
Organizm bu yog’ kislotalarini boshqa birikmalardan sintez qila olmaydi.
Shu boisdan ular ovqat bilan organizmga kiritilishi kerak. Aks holda organizm har
xil kasalliklarga duchor bo’ladi. O’simlik moylari bu kislotalarga boydir.
Yog’lar o’simlikning mevasi va urug’laridan siqish – presslash yo’li bilan
olinadi. Bu usul qizdirish yoki qizdirmasdan bajariladi.
Bundan tashqari, meva yoki urug’lardan moyni yengil haydaluvchi,
kimyoviy inert organik erituvchilar (petroley efiri, dietil efir) yordamida maxsus
asboblarda ekstraksiya qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |