I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
– ish. MAHSULOTLARDAGI YOG’ MIQDORINI
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.
6 – ish. MAHSULOTLARDAGI YOG’ MIQDORINI
SOKSLET ASBOBI YORDAMIDA ANIQLASH Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik urug’i, etil efiri yoki petroley efir, chinni hovoncha, Sokslet apparati, elektr plitkasi, kalsiy xlorid, quritgich shkaf, eksikator, filtr qog’ozdan tayyorlangan patronlar, sovutgich. Laboratoriya sharoitida o’simliklardagi yog’ miqdori Sokslet asbobidan foydalanib aniqlanadi. Bu usul turli organik erituvchilarda o’simlik tarkibidagi yog’ni ajratib chiqishiga asoslanadi. Sokslet asbobi quydagi uch qismdan tashkil topgan (1 - rasm). Bu asbobning har uchchala qismi siliqlangan yuza bilan o’zaro birlashadi. Ekstraktor tagi tutash idishlar prinstipida ishlagan. 1 - qabul qiluvchi kolba, 2 - ekstraktor – moyni ekstraktsiya qiladigan bo’limi, 3 - sovutgich
33
Tarozida 5 g qilib tortilgan, po’sti olingan va maydalangan urug’ (zig’ir, kunjut yoki kungaboqar urug’i) filtr qog’ozdan yasalgan patronga solinadi. Mahsulotni yana patroni bilan birga taroziga tortib ko’rib, Sokslet asbobining 2- qismi - ekstraktorga qo’yiladi hamda asbob bo’laklari o’zaro birlashtiriladi. Sovutgich suv manbaiga ulanadi. Mahsulotdagi moyni ekstraksiya qilish uchun apparatning yuqori qismida yetarli miqdorda erituvchi (efir yoki petroley efiri) quyiladi. Sokslet asbobini suv hammomiga o’rnatib, issiq suv bilan qizdiriladi (efir oson alangalanuvchi bo’lganligi sababli, efir solingan kolbani ochiq alanga yoki elektr plitka ustida qizdirish mumkin emas). Qaynagan efir bug’i ekstraktorning yo’g’on – A naychasi orqali sovutgichga o’tadi va u yerda sovib, suyuqlikka aylanadi, so’ngra qaytadan ekstraktorga tomchilab oqadi. Sovutgichdan oqib tushayotgan efir ekstraktorda to’planayotgan ekstraktorda urug’dagi moy ekstraktsiyalanib erituvchiga o’tadi. Ekstraktordagi efirning (mahsulotdagi moyni eritib olgan efir) balandligi В naycha balandligiga teng bo’lganda, efir shu naycha orqali qabul qiluvchi kolbaga oqib tushadi. Ekstraksiya bo’lgan moy kolbada qoladi, efir esa bug’lanib, yana ekstraktorning A naychasi orqali sovutgichga qaytadi. Bu jarayon patrondagi urug’ tarkibidagi moy butunlay ekstraksiyalanib bo’lganiga qadar davom ettiriladi. Moyning butunlay ekstraksiyalanib bo’lganligini aniqlash uchun
ekstraktordagi oqib tushayotgan efirdan filtr qog’oz ustiga tomiziladi. Agar filtr qog’ozda dog’ qolmasa, ekstraksiya jarayoni tamom bo’lgan hisoblanadi. So’ngra ekstraktordagi patronni olib, havoda quritiladi (efir tezda uchib ketadi) va tarozida tortiladi. Moyni ekstraksiya qilishdan oldingi patron og’irligidan, moyni ekstraksiya qilingandan keyingi patron og’irligi olib tashlansa ekstraksiyalangan moy miqdori (a) kelib chiqadi. Mahsulotdagi moy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
а Х 100
Bunda: X - mahsulotdagi moyning % miqdori a – ekstraksiya bo’lgan moy miqdori v – analizga olingan urug’ miqdori
|
ma'muriyatiga murojaat qiling