I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet13/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Rag‘batlantirish





Hissiy




Pedagogik







Касб – ҳунар таълими мазмунини бойитиш, ихтисослик йўналишларида ихтисослик фанлар бўйича ихтисослик фанларни ўз ичига олган (ихтисослашган иқтисодий муаммоларни ечиш, семинарлар ва амалий машғулотлардаги вазиятни таҳлил қилиш, шунингдек талабаларни мустақил ишларини тахлил қилишга ўргатиш )
1.4-rasm. Talabalarning iqtisodiy madaniyatini rag‘batlantirish texnologiyasi
Talabaning iqtisodiy madaniyati tarkibida iqtisodiy fikrlash, iqtisodiy jihatdan ahamiyatli shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxsning intellektual va shaxsiy xususiyatlari ko‘rsatilgan. Ushbu xususiyatlar talabalarning iqtisodiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kelajakdagi o‘qituvchining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning individual darajasi, shuningdek, uning iqtisodiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari uning psixologik fazilatlarini rivojlanish yo‘lida qanday rivojlanayotganiga bog‘liq. Bundan tashqari, ushbu tizimga iqtisodiy prognozlashtirish, ijtimoiy – iqtisodiy harakat va innovatsiyalarni kiritish kerak. Ko‘pgina mutaxassislar raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash haqida fikr yuritadilar (A.M.Kadirov [64], L.M.Mitina [78], U.X.Nigmatjanov [84). Bu raqobatbardoshlik tarkibida iqtisodiy madaniyatga kirishishning integralligi va uning o‘qituvchining raqobatbardoshliligi uchun muhimligi bilan isbotlanadi.
Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiy madaniyat shaxsning iqtisodiy faoliyati va hulq – atvoridagi o‘zaro munosabat qila olish vositasi sifatida qaraladi va shunga muvofiq, jamiyatda va butun dunyoda ro‘y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning mohiyati tushuniladi. Iqtisodiy madaniyat tushunchasiga iqtisodiy bilimlarga tegishli bo‘lgan, qiziqish, me’yorlar, qoidalar, ko‘nikma va malakalar kabi tushunchalar ta’limning komponentlari va kompetensiyalarida namoyon bo‘ladi.
Kongnitiv (cognito – lotincha so‘z bo‘lib, bilim, bilish ma’nosini anglatadi) – eng avvalo, talabalarning tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan uslubdir [27; 14-b.].
Zamonaviy iqtisodiy bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan shaxs mavjud ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda o‘zini to‘g‘ri yo‘naltirishga va xatolardan qochishga harakat qiladi.
Talabalarning iqtisodiy madaniyati darajasini diagnostika qilish tanlangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
1) intellektual- kognitiv; 2) motivatsion-qadriyatli; 3) kreativ-faoliyatli.
Me’yorlar, ko‘rsatkichlar va ularni ifoda qilish darajalari asosida iqtisodiy madaniyatni shakllantirishning uchta darajasi farqlanishi mumkin:

  • yuqori;

  • o‘rta;

  • past.

Talabalarning iqtisodiy madaniyatini aqliy kognitiv mezonlarga muvofiq shaklllantirish darajalari.
Yuqori darajaiqtisodiy madaniyat, talabalarning kuchli tizimli bilimga ega ekanligini, ularning iqtisodiy amaliyotlar va jarayonlarni iqtisodiy rivojlanish qonunlarini to‘liq anglash bilan tavsiflash uchun amalda qo‘llashni ko‘rsata oladi.
O‘rta daraja – talaba iqtisodiy bilimlarni tushunadi, grafiklar, jadvallarni tuza oladi va ular yordamida iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini izlab topadi, stereotipik muammolarni hal qila oladi.
Past darajada – talaba nazariy bilimlar bilan cheklanadi, iqtisodiy xodisalarni aniqlashga, iqtisodiy bilimlarni mexanik takrorlashga va grafiklarni, tablitsalarni, sxemalarni tahlil qilishga qiziqmaydi.
Talabaning iqtisodiy madaniyatini motivatsion-qadriyatli mezonlarga ko‘ra shakllantirish darajalari.
Yuqori daraja – har qanday iqtisodiy faoliyatga masuliyat bilan yondoshish zarurligini anglaydi, iqtisodiy bilimlarni yaxshilash uchun doimiy iqtisodiy turtkini mavjudligini nazarda tutadi. Talaba o‘z – o‘zini rivojlantirib boradi, buni o‘quv jarayonidagi faolligida namoyon etadi.
O‘rta daraja–bo‘lajak mutaxassislarda har qanday iqtisodiy faoliyatga mas’uliyatli yondashish zarurligini tushuntirish, ushbu muammolarni kengroq mavzular doirasida hal qilish lozim. Iqtisodiy bilimlarni yaxshilash uchun noaniq xolatlarda motivatsiya uyg‘otish va o‘z –o‘zini xulq – atvorini boshqara olishini talab etadi.
Past darajada – iqtisodiy muammolar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni kuchaytiradigan, xo‘jalik sub’ektlari tomonidan keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi bo‘lajak mutaxassislar o‘zlarini qiziqishlaridagi zaif tomonlarini ko‘rsatib qo‘yishadi va o‘z fikrlarini rivojlantirishga e’tibor bermaydilar, ularning passiv harakatlari olingan so‘rovnomalarda ham o‘z aksini topadi.
Talabalarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish darajasining kreativ-faoliyatli mezonlari.
Yuqori darajaiqtisodiy madaniyatga ega bo‘lgan talaba iqtisodiy faoliyatda maqsadlar va vazifalarni belgilashda tashabbus va mustaqilligini namoyish eta oladi. Uning faoliyatida tashabbuskor, maqsadga erishish yo‘llarini tanlab olish uchun ijodiy yondashuv mavjud. Bo‘lajak mutaxassisda o‘z – o‘zini nazorat qilish va o‘ziga nisbatan hurmat talab qilish hissi mavjudligini namoyon qiladi.
O‘rta daraja–iqtisodiy muammolarni hal qilishning eng samarali usulini topishga intiladi, lekin iqtisodiy muammolarni maqsad va vazifalarini belgilashda taqlid ustunlik qiladi. Ular har doim ham muammoning eng yaxshi usulini izlamaydi, ular uchun tashqi kuchning ta’siri muhim.
Past darajada– iqtisodiy faoliyat maqsadlari va vazifalarini mustaqil ravishda belgilay olmaydi. Ular iqtisodiy muammolarni hal qilishda optimal qarorlarni qabul qila olmaydilar. Ularda tajriba etishmaganligi uchun ham ijodiy qarorlar qabul qilishga qo‘rqadilar.
Iqtisodiyot sohasida bo‘lmagan talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishimiz yuqoridagi omillar asosida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishimiz uchun o‘quv rejalarda ko‘rsatilgan o‘quv soatlari etarli darajada emas. SHu sababli ta’lim jarayonidagi iqtisodiy bilimlarni rivojlantiradigan jarayonlarni talabalar bilan tahlil qilish lozim. Bunday xolatlarda asosan turli treninglar, biznes o‘yinlar, munozaralar, munozarali prezentatsiyalar, kichik guruhlarda ishlash va boshqalar ishlatiladi. O‘quv rejada belgilab qo‘yilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan tashqari qo‘shimcha maxsus kurslar tashkil qilinib, ularda talabalarga o‘zlari egallab turgan mutaxassisliklari doirasida “Mening biznes rejam”, “Barqaror rivojlanish konsepsiyasi” kabi mavzularni kiritib borish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va ikki bosqichli tizimga o‘tish sharoitida oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining o‘zlariga bo‘lgan talabchanligi sezilarli darajada o‘zgarayotganligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunning zamonaviy mutaxassisi ilmiy tadqiqot ishlaridagi yangiliklarni, butun jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, ta’lim sifatining darajalarni, bozor sharoitidagi o‘zgarishlarni kasbiy faoliyatiga singdirib borishni talab etadi. Bu o‘z navbatida, ta’limni davom ettirishni, umumiy va moddiy madaniyat talablarni ko‘paytirishni, bo‘lajak mutaxassislarni turli sohalarga tayyorlash uchun professsional ko‘nikma va harakatlarni talab qiladi. Shu bilan birga ta’lim jarayonining asosiy mazmunidan biri har bir insonning hayoti davomida doimiy rivojlanishi va yaxshilanishi uchun sharoit yaratishdir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini muntazam takomillashtirish va yuqori kasbiy faoliyat mazmunini yangilash uchun O‘zbekistonda birinchi bosqichda bakalavr va magistrlik dasturlarida o‘qitishni o‘z ichiga olgan ikki bosqichli tizimni joriy etishilish ta’lim samaradaorligini jahon andozasi darajasiga olib chiqishni talab etadi.
Ammo hozirgi vaqtda bakalavr darajasini olish magistr darajasini olishdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatlidir. Bu, shuningdek, ko‘p bosqichli oliy ta’lim tizimini shakllantirishning dastlabki bosqichida barcha sa’y-harakatlar birinchi navbatda bakalavrlarning davlat talablarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini oshirish sifatiga erishish uchun oliy ta’lim muassasalarida sifatni boshqarish tamoyillarini joriy etish zarur.
- o‘quv jarayoni sub’ektlarining ijodiy faoliyati prinsipi;
- o‘quv jarayonining sub’ektlarini o‘z-o‘zini aniqlashning o‘ziga xosligi;
- o‘quv jarayoni sub’ektlarining konstruktiv muloqotini ta’minlash prinsipi;
- o‘quv jarayonining barcha fanlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan prinsip.
Iqtisodiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u prinsiplarga muvofiq uning shakllanish yo‘llarini muayyan mezonlarga ko‘ra aniq ajratib bermaydi:

  • intellektual – kognitiv mezon talabalarni namoyon eta olgan iqtisodiy bilimlarida o‘z aksini topadi;

  • motivatsion – iqtisodiy ta’lim natijasida;

  • faoliyatning ijodiy komponenti – iqtisodiy faoliyat natijasida.

Bu o‘quv jarayonida iqtisodiy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan (iqtisod bo‘yicha hisob – kitob, hisob kitoblarni iqtisodiy tahlil qilish, ishlab chiqarish amaliyotlari, iqtisodiy faoliyatda bevosita ishtirok etish kabi) omillarda ham o‘z aksini topadi.
Yangi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda mustaqil fikrlay oladigan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan raqobatbardosh shaxsning o‘rni jamiyatda ortib bormoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy bilimlar fondini oshirib borishi egallayotgan sohasi bo‘yicha yangi bilimlarni amaliyotda qo‘lay olish imkonini beradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi ularni yangicha g‘oyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq eta olish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy madaniyatni shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tanlab olish ham kelajakdagi o‘qituvchilarning ta’lim sohasidagi iqtisodiy faoliyat natijalarini ta’lim jarayoniga tadbiq eta olish zarurati bilan belgilanadi. Pedagogik jarayonda ishtirokchilarning insonlarni taqdiri haqida g‘amxo‘rlik qilishga tayyorligi, jamiyatimiz kelajagi muqarrar ravishda ularning gumanitar hayot tarzini, pedagogik axloq me’yorlariga rioya qilishlarini talab etadi.
Ushbu yondashuvlar ichki sharoitda aniqlangan shaxsiy faoliyat darajalarini talab qiladi, unda bu shaxslardan vaziyat talab etilmaydi, balki o‘zida rivojlangan axloqiy qadriyatlar tizimiga asoslanib, o‘z – o‘zini nazorat qilish uchun aniq va muntazam ravishda muayyan muammolarni hal qilish uchun o‘ziga xos ijtimoiy yo‘naltirilgan strategiyani ishlab chiqadi. Iqtisodiy fikrlashni rivojlantirish va iqtisodiy madaniyatning eng muhim tarkibiy qismini shakllantiradigan bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy jihatdan muhim xususiyatlarini ishlab chiqish muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shartlarni tahlil qilish, bo‘lajak o‘qituvchining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonida faoliyat yondashuvidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.
Faoliyat yondashuvining afzalligi shundaki, u talabani dastlab ta’lim olishida, keyin amalda samarali iqtisodiy xulq – atvorda individual va umumiy strategiyani shakllantirish imkonini beradi. Faollikka asoslangan yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning maxsus vaziyatlarda (asoslash, tanlash, almashtirish va x.k) talab qiladi.
Shu bilan birga iqtisodiy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning yutuqlarining sifati muayyan mezonlar asosida baholanadi:

  • iqtisodiy jihatdan muhim vazifani ajratish va shakllantirish qobiliyati;

  • uni hal qilishning samarali usullarini tanlash;

  • natijalarni monitoring qilish va baholashda unga erishish uchun izchil harakatlar tizimini loyihalash va amalga oshirish.

Iqtisodiy madaniyatni malakali mutaxassislarning raqobatbardoshliligini ta’minlashning universal jihati sifatida tashkil etishda eng samarali vosita – bu o‘qitishning ilmiy yondashuvidir. Bu yerda asosiy e’tibor o‘quvchilarning samarali fikrlash taraqqiyotidagi hal qiluvchi omil axborotning o‘zi emas, balki uning assimilyasiya qilish usullaridir [35; 42-b.]. Ushbu tamoyil bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlari uchun chuqur iqtisodiy bilimlarni egallash zarur bo‘lmasa ham ijtimoiy iqtisodiy o‘zgaruvchan sharoitlarda samarali harakat qilish qobiliyati sifatida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida iqtisodiy bilimlarni rivojlantiruvchi mexanizm ishlab turishi lozim.
Bundan tashqari, bo‘lajak o‘qituvchilarni iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayoni ishni tashkil qilishning individual va kollektiv shakllarini nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan tadqiqot yondashuvi har bir bo‘lajak mutaxassisga iqtisodiy madaniyatni shakllantirish yo‘nalishini belgilashga imkon beradi. Biroq, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda asosiy vaqt maxsus ixtisoslik va pedagogik faoliyatga tegishli ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘rnatilgan tartibda talabalarning ko‘p sonini qamrab olish uchun bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy madaniyatini guruh shaklida shakllantirish jarayonini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Kelajakda malakali mutaxassisning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonining samaradorligi oliy ta’lim muassasalarida quyidagi shartlarda amalga oshiriladi


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling