I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


- jadval. Bo‘lajak mutaxassislarni iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar


Download 0.84 Mb.
bet21/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
2.2- jadval. Bo‘lajak mutaxassislarni iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda asosiy yondashuvni aniqlash bilan bog‘liq eng muhim pedagogik shartlarni hisobga olgan holda, reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan “tayyor” bilimlar talabalarning mustaqilligini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmasligi ularning ichki motivatsiyasini zaiflashtiradi. Natijada shaxs o‘z imkoniyatlari va salohiyatini ro‘yobga chiqara olmaydi. Zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchining iqtisodiy madaniyatini, uning raqobatbardoshliligini shakllantirish jarayonida zamonaviy o‘quv amaliyoti talablariga muvofiq uning intellektual shaxsiy xususiyatlari va fazilatlarini tarbiyalash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘ziga nisbatan talabchanlikni oshirish talab etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish ta’lim oluvchilarning iqtisodiy madaniyatini ta’lim jarayonida rivojlantirish ta’lim oluvchilarning nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda shakllantirilishi zarur:
- Jamiyatda muayyan ta’lim olish tartibini tashkil etish;
- Ushbu tartibni amalga oshirishni ta’minlash uchun dunyo tan olgan turli darajadagi ta’lim turini tadbiq etish;

2.2-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimi
2.2-rasmdan ko‘rinadiki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning integrativ modullari didaktik tizim atrofida birlashadi. Didaktik tizim “Iqtisodiy madaniyat asoslari” mualliflik elektiv (maxsus) kursiga asoslanib ishlab chiqilgan.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, pedagogika Oliy ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv rejasida boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy madaniyat asoslari fanini o‘qitish ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun biz tadqiqot doirasida iqtisodiy madaniyat asoslarini boshqa ta’lim sohalari bilan integrativ asosda o‘qitishni taklif etdik.
“Iqtisodiy madaniyat asoslari” elektiv kursi bo‘yicha o‘quv materiallarini tanlashda bir tomondan, bo‘lajak o‘qituvchilarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga tayyorlash, ikkinchi tomondan, hayotiy ehtiyoj sifatida ularning iqtisodiy savodxonligini oshirish ko‘zda tutildi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan didaktik tizim invariant asos (modul) va variantiv elementlardan (gipermatn, topshiriq, testlar) tashkil topgan. Modulda bilimlarni tizimli tarzda o‘zlashtirishni ta’minlovchi pedagogika ta’lim sohasiga doir me’yoriy hujjatlar (Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv dasturlari) o‘z aksini topgan. Interaktiv dasturiy vositalar bilan boyitilgan gipermatn va topshiriqlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirishga maqsadli tayyorlashga xizmat qiladi. Test topshiriqlari turli fan asoslarining integrativ moduli mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning tashkiliy komponentlari (M1 – maqsadli, M2 – mazmunli, J – jarayonli, B – baholovchi) asosida elektiv kursning submodullari mazmuni aniqlashtirildi (2.3-rasmga qarang).

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling