I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet24/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Milliy iqtisodiyot - yaxlit iqtisodiyot bo‘lib, u barcha tarmoq va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotlarni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi har doim barqaror ravishda takrorlanib turadigan sabab-oqibatli aloqalarni, ularning o‘zaro ta’siri va bog‘likligini ifodalovchi munosabat bo‘lib, iqtisodiy hayotning turli tomonlarini aniqlab beradi.
Iqtisodiy qonunlar va hodisalarni mushohada etish - bo‘lajak kadrlarni jamiyat a’zolari tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish, iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va faoliyat vazifalarini oshirish maqsadida ob’ektiv iqtisodiy qonun va hodisalarni kuzatishi, o‘rganishi va ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishidir.
Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish - ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi sifat va miqdor o‘zgarishlarini: iqtisodiy o‘sish, tarkibiy o‘zgarishlar, aholi turmush darajasi va farovonligini qamrab oladi.
Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar davlatning ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Unda asosiy o‘rinni yuqori bilim va malakali ishchi kuchi egallaydi. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mavjud tabiiy resurslarning miqdori, sifati, texnika va texnologiyasi bilan qurollanganligi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy - iqtisodiy muammolar davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tarkib topishi va rivojlanishida turli ziddiyatli holatlar. Masalan, turli davlatlarda iqtisodiy inqirozning vujudga kelishi, inflyasiya, insonlar daromadining pasayishi, ishsizlik darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, ish haqi va aholi tashqi qarzining ortib ketishi kabilarni asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga misol qilish mumkin.
Iqtisodiy masuliyatlilik - har bir ongli shaxsning jamiyat va davlat oldidagi rasmiy va norasmiy javobgarliklari majmuidir. Bular quyidagilardan iborat: yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini yaxlit ajralmas voqelik sifatida anglash va mushohada etish; davlat, xususiy va boshqa mulkni qadrlash va uning daxlsizligiga rioya etish; korporativ strategiya, etika va ijtimoiy masuliyat tamoyillariga rioya qilish; iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatga oqilona munosabatda bo‘lish; shaxsiy mas’uliyatlilik, intizomlilik, vijdonlilik va burchga sadoqatlilik kabi fazilatlarga ega bo‘lish har bir bo‘lajak mutaxassisning ongiga singdirishni talab etadi.
Bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish ularda quyidagi fazilatlarni shakllanishiga sabab bo‘ladi:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling