I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tejamkorlik
- Tadbirkorlik
Mehnatsevarlik - o‘qituvchi uchun eng muhim bo‘lgan fazilatlardan biri bo‘lib, u aqliy va jismoniy faoliyati davomida namoyon bo‘ladi. Uning natijasida o‘z turmush tarzini faol mehnat bilan uyg‘unlashtirib, jamiyatda yuksak mavqega erishishi mumkin. O‘qituvchining mehnatsevarligi hamisha ishtiyoq bilan mehnat qilishida, o‘z kuchi, bilim va ko‘nikmalarini mehnat jarayoniga vijdonan tadbiq etishida ifodalanadi.
Tejamkorlik - insonlarning isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, ma’lum meyorlarga muvofiq sarflanishining ta’minlanishidir. Halollik - insonni o‘z hayotini axloqiy meyorlar jumladan, to‘g‘rilik, poklik, vijdoniylik kabi tamoyillar asosida tashkil etishi va ularga qat’iy amal qilishi bo‘lib, u yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Sahiylik - muruvvat ko‘rsatish, o‘zgalarga yordam berish va insonning o‘z ihtiyoridagi moddiy va ma’naviy boyliklarini jamiyat a’zolari bilan baham ko‘rishi kabi xislatlarini namoyon etuvchi ma’naviy fazilatdir. Tadbirkorlik - shaxsning daromad olish maqsadida o‘z bilimlari kuch va iqtidorini, mablag‘larini tavakkalchilik, tashabbuskorlik bilan reja bo‘yicha foydali faoliyat turlarini tashkil etishi, shuningdek boshqarish qobiliyatlaridir. Tashabbuskorlik - ezgu maqsadlar va g‘oyalarni amalga oshirish insonning irodalilik, qobiliyatlilik kabi xislatlarini namoyon etgan holda o‘z oldiga qo‘yilgan orzu, istaklari uchun intiluvchanligidir. O‘quv jarayonida yuqorida keltirilgan sifatlarni, prinsplarni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga singdirib borsak, yosh avlodni voyaga etkazish va tarbiyalashda ularni iqtisodiy madaniyatini yuksaltirishda o‘z maqsadlarimizga erishgan bo‘lamiz. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalarBo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishda fasilitatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fasilitatsion texnologiyaning mohiyati hamkorlikni vujudga keltirib muayyan muammoni kichik guruhlarda xal etishda fasilator (lider) va kichik guruh talabalarini faolligini oshirishdir. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘qish, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish bitiruvchi talabalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga PISA, TMSS, TALIS, PIRLS kabi yo‘nalishlarga tayyor holda kelishlarini ta’minlaydi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ilg‘or xorijiy tajribalar va xalqaro baholash dasturlariga muvofiq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishni o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Kompleks yondashuv – bu kasbiy ta’limni uning ijtimoiy – iqtisodiy, psixologik va pedagogik muammolarning birgalikda ko‘rib chiqadigan tadqiqot usuli va integratsiyalashgan yondashuvning muhim talabidir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida boshqaruv umumiy olganda qaror qabul qilish, tashkil etish, nazorat qilish, maqsadga muvofiq boshqaruv ob’ektini tartibga solish, natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish ishonchli ma’lumotlarga asoslangan holda ko‘rib tahlil qilishni talab etadi. Pedagogik jarayonda iqtisodiy bilimlar ishtirokchilarning o‘zaro ta’sirining ketma – ketligining rivojlanishi (pedagogik analiz, maqsadlarni belgilash va analiz qilish, tashkilotlar, nazorat qilish, tartibga solish va tuzatish) kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Oliy ta’lim muassaslarida boshqaruv tizimiga metodologik yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ularni boshqaruv jarayoni haqidagi aniq tasavvurlarini xosil qilishga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda yangi axborotlarni almashinish ularning ijtimoiy – iqtisodiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish ta’lim oluvchilarning iqtisodiy madaniyatini ta’lim jarayonida rivojlantirish ta’lim oluvchilarning nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda shakllantirilishini talab etadi. Iqtisodiy bilim va malakalarning sifati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning ta’limning yangi modellarini va kasbiy tayyorgarligini oshirishni talab etadi. Pedagogik ta’lim tizimining iqtisodiy samaradorligini baholash bir qator omillarni, jumladan, fan, axborot texnologiyalari, ta’lim qonuniyatlari va ta’lim faoliyati sub’ektlarining baholash madaniyatining ta’siri ostida rivojlanadi va yaxshilanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling