I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning fanlararo modulli ta’lim texnologiyasi
Download 0.84 Mb.
|
2 .3-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning fanlararo modulli ta’lim texnologiyasi 2.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, “Iqtisod. Inson. Ehtiyoj” deb nomlangan birinchi submodul “Ehtiyoj. Kasbiy faoliyat va iqtisod”, “Shukronalik hissi va sog‘lom bo‘lishga intilish”, “Oila va iqtisod” mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida “Tabiatshunoslik. Shaxs va jamiyat” ta’lim sohasi bilan integrallashadi. “Matematika va axborot texnologiyalari” sohasida mazkur bo‘lim “Mehnat va o‘qish ehtiyojlari” bo‘yicha mashg‘ulotlar bilan uyg‘un amalga oshiriladi. “Iqtisod. Inson. Oila” submodulida “San’at va texnologiya” ta’lim sohasida “Savdo-sotiq va bozor”, “Aksionerlik jamiyati”, “Matematika va axborot texnologiyalari” sohasida “Foyda va harajat”, “Oila byudjeti va tejamkorlik” integrativ mashg‘ulotlarini o‘tkazish ko‘zda tutiladi. “Iqtisod. Inson. Shahar” submoduli “Shaxs va jamiyat” ta’lim sohasida “Mamlakat iqtisodiyoti”, “Jahon iqtisodiyoti” mashg‘ulotlarida integrallashadi. “San’at va texnologiya” ta’lim sohasida “Ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Shahar sanoati” mavzulari bo‘yicha integrativ mashg‘ulotlar amalga oshiriladi. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida turli fan sohalari bilan integrallashgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga erishiladi. Integrallashgan ta’lim jarayonini tashkil etish orqali iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning barcha komponentlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro birgalikdagi harakat ta’minlanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarinining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish tizimi: iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonlarini tashkil etish, maqsad, vazifa, mazmun va o‘qitish metodikasini aniqlash; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish jarayonini aniqlashtirish, uning iqtisodiy faoliyati motivlarini rivojlantirish, iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish, iqtisodiy fikrlashini oshirish, iqtisodiy jixatdan ahamiyatli bo‘lgan shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish, natijalarni tahlil qilish uchun ijtimoiy javobgarlik hissini oshirish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish jarayonida motivatsion, kognitiv, axloqiy va kasbiy-faoliyatli tarkibiy qismlarni kiritish; bo‘lajak o‘qituvchining iqtisodiy madaniyatini shakllantirishga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki sharoitlar majmuasini aniqlash; ushbu jarayonning samaradorligini baholashning asosiy mezonlarini belgilash, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish yo‘lidagi yutuqlarini farqlash uchun shart –sharoitlar yaratishni taqozo etadi. Bundan tashqari, iqtisodiy nuqtai nazardan, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari oliy ta’lim strategiyasini o‘zgartirish va uni yanada rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ular bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘qish va o‘qitish uchun kerakli axborot resurslarining, yangi tarmoq xizmatlari va ilgari noma’lum kommunikatsiya qobiliyatlari kabi innovatsion elementlarni keltirdi. Ushbu jarayon chuqurlashib borayotganligi sababli ta’lim tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy va texnologik imkoniyatlarini ishga soladi. Shunday ekan, ta’limdan tashqarida paydo bo‘ladigan tarmoqli kutubxonalar va raqamli umumiy madaniy resurslar kutilmagan tarzda ta’lim oluvchilar tomonidan faol qo‘llanila boshlandi, ulardan ta’limiy harakterdagi manbalar va maqsadlar o‘sdi. Misol uchun, ma’lumotlarning katta hajmini tahlil qilish, jadvallar va taqdimotlar ko‘rinishida bilimlarni taqdim etish xizmatlari ta’lim jarayonining tabiiy yo‘ldoshiga aylandi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, boshqa professional jamoalarni (advokatlar, shifokorlar) rivojlantirishda bunday strategiyalar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi qiyinchiliklarga duch keldi: - Birinchidan, ta’lim sohasidagi bilimlar ba’zasi tibbiyot yoki sotsiologiya sohasidagi bilimlar bilan taqqoslaganda deyarli rivojlanmagan. - ikkinchidan, pedagogik bilimlarni olishning o‘ziga xosligi, o‘qituvchining o‘quvchilardan mustaqil ravishda, sinov va xatolik tufayli o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari bilan yolg‘iz qolganda, aksariyat holatlarda aks ettiruvchi vaziyatda, o‘z fikrini aks ettiradigan imkoniyatga ega emasligi bilan bog‘liqligi. Biroq, ushbu qiyinchiliklarga qaramay, umuman olganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy ta’limini takomillashtirishning yangi strategiyalari bilim va malakalarni shakllantirish uchun norasmiy mexanizmlarga ko‘proq asoslangan degan xulosaga kelish mumkin. Yuqori professional va pedagogik ta’limni rivojlantirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri professional o‘qituvchilar jamoalarini shakllantirish, umumiy muammolarni birgalikda hal qilish va ularning malakasini oshirishdir. Bunday tarmoqlarning asosiy vazifasi, o‘qituvchilarning o‘qituvchilik faoliyati davomida to‘plangan amaliy bilimlarni almashishdan iborat. Ushbu ma’lumot boshqa o‘qituvchilar uchun faqat haqiqiy hamkorlik sharoitida mavjud bo‘lishi mumkin. Tarmoqchilik izolyasiyani qisqartirish, kasbiy rivojlanish, o‘xshash muammolarni birgalikda hal qilish, tajriba almashish, bilim almashishni jadallashtirishni talab etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga doir komponentlardan kelib chiqqan xolda iqtisodiy madaniyatga doir fazilatlar majmuini aniqlashtirib olish lozim. O‘zbekistonda ishlab chiqilgan “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir talablar majmui” da iqtisodiy madaniyatni shakllantirish quyidagi to‘rtta megafazilatni tarkib toptirish bilan bog‘langan: Iqtisodiy bilimdonlik va mushohadalilik, onglilik; Iqtisodiy ziyraklilik; Iqtisodiy mas’uliyatlilik; Iqtisodiy madaniyatlilik. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling