I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
PISA testlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: o‘qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo‘nalishlari.
Testlar yuqoridagi yo‘nalishlarga doir o‘quvchilarning eng asosiy tushunchalarni bilishi, kerakli, bazaviy bilim va ko‘nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi Dastur asosida ko‘plab davlatlardagi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, taqqoslanadi va baholab boriladi. TMSS - maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring bo‘lib, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. Bu har 4 yilda bir marotaba olib borilib, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari o‘rtasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni, muammolarni aniqlaydi. TMSS har bir mamlakatga o‘zlarining davlat ta’lim standartlari va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasi baholash TALIS – umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholashni amalga oshiradi. Hozirgi kundagi talaba ertangi o‘qituvchidir. Talabalarimiz xalqaro baholash dasturlarini bilishi shartligiga doir Respublikamizda ham muhim hujjat qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 997-son qarori qabul qilindi Qarorda quyidagi vazifa belgilangan: Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘qish, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish, bitiruvchi talabalarga umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ishga kelishda mazkur yo‘nalishda tayyor holda kelishlarini ta’minlash [18]. Demak, har bir talaba xalqaro baholash dasturlari, ularning maqsad va vazifalari hamda amaliy jarayonda PISA testlaridan foydalanishni bilishlari lozim. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishda maktabdagi o‘quv predmetlari asosiy omil ekanligini unutmasligi kerak. Turli fanlardagi mavzular, masala va misollar, topshiriqlar orqali ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida ham o‘quvchilarda iqtisodiy madaniyat shakllanib boradi. Bolalarni hayotda iqtisodiy munosabatlarni tushunishga, ular voyaga etganlarida ko‘radigan qiyinchilik va muammolarni tushunishga tayyorlash zarur. Bolalarni tejamkorlik va iqtisod qilishga o‘rgatish chindan ham murakkab. Bunday o‘quvga, albatta osonlikcha erishilmaydi. Chunki tejamkorlik shunchaki yirtmaslik, bulg‘amaslik, tashlab yubormaslik, sindirmaslik odati emas. Bu avvalo, axloqiy fazilat, ma’naviy madaniyat ko‘rsatkichidir [118; 235-b.]. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiya berishda quyidagi ma’lumotlarni vitagen ta’lim bilan maqbul ravishda masalan, non, suv, elektr kabilarni asrash, tejamkorlikka o‘rgatish yo‘llarini bola tilida, sodda va aniq qilib bayon qilishni o‘rganishlari lozim. O‘quvchilar iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga va vitagen ta’limiga doir masalalarni quyidagicha turkumlashimiz mumkin: tejamkorlikka doir masalalar; baho, miqdor va pulga doir masalalar; oila daromadiga doir masalalar; kasb-hunarga doir masalalar; ijara hisobiga doir masalalar. Masalan, tejamkorlikka doir masala: Buzuq jo‘mrakdan bir soatda 18 l suv oqib ketmoqda. Shu jo‘mrakdan bir sutkada, 30 kunda qancha litr suv bekorga oqadi? Yechish: a) jo‘mrakdan 1 sutkada qancha suv oqadi? 18 l*24 = 432 l. b) 30 kunda qancha suv oqadi? 30 * 24 = 720 720 * 18 l= 12960 l. 2. Binoda ehtiyoj bo‘lmasa – da, bir kuni 2 soat davomida lampochkalar yoniq qolgan. Bunga ikki kilovatt – soat elektr quvvati sarflanadi. Bunday binolar shaharda 2500 ta ekanligi aniqlandi. Bir kilovatt – soat elektr quvvati 11 so‘m 30 tiyin bo‘lsa, bir soat davomida necha so‘m behuda elektr sarflangan? Yechish: a) binolardagi lampochkalar necha soat yoniq qolgan? 2500 * 2 = 5000 soat. b) bir soat davomida necha so‘m behuda sarflangan? 11 so‘m 30 tiyin = 1130 tiyin 1130 * 2500 = 2825000 tiyin = 28250 so‘m. Ona tili, o‘qish darslarida tejamkorlik haqida maqollar yozdirish ham ahamiyatga ega: Yotib yeyishga tog‘ ham chidamaydi. Saqlasang-ming kunlik saqlamasang-bir kunlik. Hisobni bilmagan hamyonidan ayrilar. Toma-toma ko‘l bo‘lur, tommay qolsa cho‘l bo‘lur. Iqtisodiy tushunchalar majmuasini shakllantirish texnologiya mazmunini takomillashtirishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak o‘qituvchi iqtisodiy tushunchalar mohiyatini qanchalik to‘liq va atroflicha tushunib yetgan paytdagina iqtisodiy sohadagi faoliyatini rejali va samarali olib bora oladi. Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quv predmetlariga doir darsliklarni chuqur o‘rganib, undagi topshiriqlarni tahlil qilib, xalqaro baholash dasturlariga doir amaliy faoliyatga tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida boshqaruv, umuman olganda qaror qabul qilish, tashkil etish, nazorat qilish, maqsadga muvofiq boshqaruv ob’ektini tartibga solish, natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish natijalari ishonchli ma’lumotlarga asoslangan holda ko‘rib tahlil qilishlari uchun iqtisodiy bilimlarni shakllantirish ularni yangi iqtisodiy g‘oyalarni ta’lim jarayoniga olib kirishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonda iqtisodiy bilimlar ishtirokchilarning o‘zaro ta’sirini rivojlantirish funksiyalari: pedagogik analiz; maqsadlarni belgilash va analiz qilish; tashkilotlar; nazorat qilish; tartibga solish va tuzatish. Ta’lim tizimining davlat harakterini, birinchi navbatda, mamlakatning “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida mustahkamlab qo‘yilgan ta’lim sohasida yagona davlat siyosatiga ega ekanligini anglatadi. Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb – hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi [17; 69-b.]. Qonunga muvofiq respublikamizda ta’lim sohasida birinchi navbatda, e’lon qilingan, ya’ni ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va xalqaro sohalarda erishgan yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan bog‘liq. Ta’lim sohasining ustuvorligi shuningdek, ta’lim tizimining moddiy va iqtisodiy muammolarini birlamchi hal qilishni ham nazarda tutadi. Ta’lim tizimining davlat harakteri davlat organlari irqi, millati, tili, jinsi, yoshi, sog‘ligi, ijtimoiy mulkiy va rasmiy maqomi, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dini va e’tiqodga munosabatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’lim olish huquqlari davlat hisobidan (madaniy munosabatlar doirasidan) kafolatlanadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi nafaqat ta’lim uchun rasmiy kafolatlarni taqdim etish, balki har bir talabaning shaxsini aniqlash va o‘z – o‘zini anglash uchun shart – sharoitlarni yaratishdir. Bugungi kunda jamiyatga insonparvar qadriyatlarni tadbiq etish shaxsning iqtisodiy madaniyati, uning ma’naviy olamini boyishiga xizmat qiladi. Ta’lim tizimida boshqaruv tizimiga ega bo‘lish iqtisodiy bilimlarni chuqurroq egallashni va uni boshqaruv tizimida yo‘lga qo‘yishni, o‘z – o‘zini boshqarishni talab etadi. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaini iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda, bevosita ularning boshqaruv tizimidagi yangi g‘oyalarni egallashlariga olib keladi. Pedagogik jarayonning tizimli xususiyatlarini tushunish uning samarali boshqaruvi uchun aniq shart – sharoitlarni yaratadi. Oliy ta’lim muassaslarida boshqaruv tizimiga metodologik yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ularni boshqaruv jarayoni haqidagi aniq tasavvurlarini hosil qilishga yordam beradi. “Tizim” tushunchasi yaxlitligi, uning o‘ziga xos qismlarini yoki tarkibiy qismlarini ajratish ehtimoli haqidagi fikrlarni beradi. Biroq o‘quv jarayonini boshqarishda, uning asosiy qismlarini emas, balki ushbu qismlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan aloqalarni ko‘rish mumkin. Bu tizimlarning tuzilishi, qaysi tarkibiy qismlar tizimida shakllanishi, munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Strukturaning mavjudligi tizimning ikkinchi xususiyati hisoblansa, tizimning uchinchi xususiyati uning integrativligidadir. Tizimning har bir komponenti tizimning o‘ziga hos xususiyatlariga ega, biroq ularning o‘zaro munosabatlarida ular tizimining yangi integral funksiyasini shakllantiradilar. Integral xususiyatlarning barqarorligi tizimning yaxlitligi bilan belgilanadi. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga boshqarishda tizimning to‘rtinchi xususiyatini tashqi muhit bilan yaqin va aniq aloqasi haqida eslash muhimdir. Oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy munosabatlar bilan ta’siri ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, oliy ta’lim muassasasi boshqaruv jarayonlariga moslashadi, ikkinchidan maqsadga erishishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim tizimini boshqarishda tizimli va yaxlitlik, shuningdek, rahbar va professor–o‘qituvchilarning faoliyatida boshqaruv funksiyalarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligini nazarda tutadi. Ushbu tamoyilni amalga oshirishni boshqarishda bir tomonlamalik yo‘q qilinadi, ulardan biri asosiy va hal qiluvchi vazifa deb e’tirof etiladi. Ushbu tamoyil boshqaruv faoliyatining izchil, mantiqiy va o‘zaro manfaatli ekanligini ta’kidlaydi, uning barcha funksiyalari bir hil darajaga ega bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarida va pedagogika markazlarida markazlashuv va markazlashtirishning oqilona tarkibi, ortiqcha markazlashuv muqarrar ravishda boshqaruvni boshqarishga olib keladi. Boshqaruvdagi markazlashuv past darajadagi rahbarlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning tashabbusini bog‘laydi, ular ishtirok etishlari va istaksiz amalga oshiriladigan qarorlarni ijrochisiga aylantiradi. Pedagogik sharoitlar bugun namunali muhit sifatida aniqlanadi. Unda o‘quv jarayoni komponentlari eng yaxshi o‘zaro aloqadorlikda taqdim qilingan va bu o‘qituvchiga sermahsul ishlashga, o‘quv jarayonini boshqarishga imkon bersa, talabaga muvaffaqiyatli mehnat qilishga zamin yaratadi [34; 125-b.]. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, aksariyat pedagogik sharoitlarni ishlab chiqishning metodologik asoslari bir qator olimlar ishlarida ochib berilgan. Jumladan, N.N.Azizxodjaeva [26], Yu.K.Babanskiy [34], T.K.Bloxina [38], R.X.DJo‘raev [55], B.Ziyamuhamedov [61], F.R.Yuzlikaev [129] va boshqalar. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlashda ularning iqtisodiy madaniyatlarini o‘rganish jarayonida olinayotgan iqtisodiy ta’lim va tarbiya kontekstida iqtisodiy tafakkur va madaniyatni rivojlantirish muammosi bilan shug‘ullanayotib, biz bo‘lajak mutaxassisning tafakkur va madaniyatini rivojlantirishni eng samarali jarayoni uchun zarur bo‘lgan pedagogik sharoitlarning dolzarb majmuasini aniqlashga urindik Taqdim qilingan pedagogik sharoitlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mas’uliyatli va puxta o‘ylangan munosabatini shakllantirilishini ta’minlashi darkor. Biroq bunda ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur pedagogik sharoitlar quyidagi bo‘linishda mavjud bo‘lishi mumkin: - iqtisodiy ta’limni o‘rganish jarayonida oliy ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash kerak; - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘zini o‘zi mustaqil takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish zarur; - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga iqtisodiy ta’lim berishda sinergetik yondashuvni qo‘llash lozim; - iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga o‘rgatish natijalarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yakka tartibdagi ta’limiy yutuqlar muvofiqligini (yoki yo‘qligini) aniqlash maqsadida iqtisodiy ta’lim o‘rganishda o‘quv nazoratini turli shakl va ko‘rinishlarini shakllantirish zarurati. Ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi asosan ishonchli va zarur axborot tizimini mavjudligi bilan ifodalanadi. Ma’lumotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi axborotni tanlash, tahlil qilish va qayta ishlash jarayonida yuzaga keladi [92; 55-b.]. Bir qator pedagog olimlarning ta’kidlashicha, (Yu.A.Konarjevskiy [67], R.A.Lutfullaev [74], N.S. Sayidahmedov [92]) ijtimoiy – pedagogik tadqiqotlarda axborotlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi axborot almashish yoki atrof – muhit orqali axborot almashish deb qaralgan. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda yangi axborotlarni almashishi ularning ijtimoiy – iqtisodiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Axborotlarni almashish turli xil tarzda amalga oshirilishi mumkin. Vaqt bo‘yicha, haftalik, oylik, yillik axborotlarni almashish; Boshqaruv funksiyalari bo‘yicha – analitik, baholovchi, konstruktiv, tashkiliy; Kelib tushuvchi daromadlarni tahlil qilish; Maqsadga muvofiq – direktiv, faktni aniqlash, tavsiyanomalar va boshqalar. Axborotlar va ma’lumotlar banklarini shakllantirish, ularni tezkor ishlatish texnologiyalari boshqaruv ishlarini ilmiy tashkil etishni yaxshilaydi. Ta’lim tizimi bir qator komponentlarni o‘z ichiga olmoqda, ular o‘z – o‘zini rivojlantirish va maqsadli boshqarish. Ta’lim tizimining boshqaruvi, bir tomondan o‘zining yaxlitligini saqlab qoladi, bir tomondan, uning alohida tarkibiy qismlarining ishlashiga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishni ta’minlaydi. Shunday qilib, ta’lim tizining faoliyati jamiyatning ehtiyojlari bilan aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan bo‘lib, aniq belgilangan vaqtda erishilishi kerak [42; 152-b.]. Maqsadlar ta’lim tizimining mazmunini belgilaydi, bu o‘z navbatida uni amalga oshirish uchun turli shakllar va usullarni nazarda tutadi. Har qanday tizim kabi, ta’lim tizimi erishilgan natijalar bilan ajralib turadi. Pedagogik tizimning asosiy omillaridan biri, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ularning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiluvchi, fakultetlar, talabalar va o‘qituvchilarning shaxsiyatini rivojlantirish, o‘zlarining iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishlariga va o‘z – o‘zlarini tarbiyalashlariga shart – sharoitlarini yaratilishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarini maqsadli amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilayotgan maqsadlardan biri, bu shaxsning intellektual, axloqiy, iqtisodiy, estetik, ekologik, huquqiy madaniyatlarini shakllantirishdan iboratdir. Umumiy maqsadlar maxsus maqsadlar uchun ajratiladi va ta’lim tizimining muayyan sohasida aniqlanadi. Samarali boshqaruvning asosiy belgilarini OTM da talabalarga pedagoglar tomonidan berilishi ularning keyingi faoliyatlarida muhim qarorlarni qabul qilishlariga turtki bo‘ladi. Erishilayotgan natijalar, tizim yaratish omili sifatida, alohida talabalar va talabalar guruhlarning ta’lim darajasini aniqlashni ta’minlaydigan eng barqaror va real mezonlarning kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatlarini rivojlantirishda pedagoglar tomonidan ikkita asosiy omillar ajratib olinishi talab etiladi: umumiy va o‘ziga xos. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling