I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
-rasm. Bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish uchun o‘quv jarayonining pedagogik shartlari
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bob bo‘yicha xulosa
1.7-rasm. Bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish uchun o‘quv jarayonining pedagogik shartlari
Ma’naviy madaniyat va uning tarkibiy qismi sifatida ta’limga bo‘lgan e’tiborning tobora ortib borishiga jahon miqyosida kuzatilayotgan bir qator omillar sabab bo‘lmoqda: yuqori rivojlanish sur’atiga ega, o‘zgaruvchan, ko‘p funksiyali, zamonaviy sharoitda ijtimoiy makonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun ta’lim sohasi mutaxassislarining madaniyati darajasiga qo‘yiladigan talablarning o‘sishi; jamiyat hayotining barcha sohalaridagi taraqqiyot uchun kasbiy va kommunikativ jarayonlarning ma’naviy-madaniy asoslariga doir ahamiyatlilikning kuchayishi; madaniy hamda badiiy voqelikning haddan tashqari ko‘p va xilma-xil, ayni vaqtda uzluksiz axborot oqimi bilan uzviylikda rivojlanib kelayotgani, yoshlarning madaniy talab-ehtiyojlari oshib borayotgan bir sharoitda qaror topayotgani, ularning o‘ziga xosligi va ko‘p qirraliligi; yoshlarga axloqiy va estetik madaniyatning yuksak namunalarini o‘rgatish jarayonining samarali emasligi, jamiyatning yuksak madaniy qadriyatlari, mutaxassis va shaxs sifatida mukammallikka intilish haqidagi tasavvurlar, qarashlarning barqaror emasligi; bunday sharoitda o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniy ta’lim-tarbiyasi jarayonini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, qo‘llab-quvvatlash zaruriyati [124; 3-4-b.]. Bunday holatda, hatto iqtisodiy sohada salbiy holat yuzaga kelganda ham, yoshlarimiz ularni hayot normasi sifatida emas, balki ushbu normaga zid ravishda talab qiladigan daraja sifatida qabul qiladilar. Mamlakatimiz yoshlariga iqtisodiy rivojlanish ularning imkoniyatlari, yashash sharoitlaridan kelib chiqan xolda shakllantira olishlari mumkinligni buning uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlarni anglab etishlariga pedagogik jarayonda sharoitlar yaratib berish talab qilinadi. Birinchi bob bo‘yicha xulosa1. Iqtisodiy madaniyat jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining ma’lum bir bosqichida xarakterlanadi va moddiy mahsulotni, predmetlarni, ob’ektlar, ishlab chiqarish jarayonlari va iqtisodiy bilimlarni, iqtisodiy fikrlashni, shaxsning iqtisodiy tajribasini o‘z ichiga oladi. 2. Ta’lim – tarbiya jarayonida iqtisodiy madaniyatni shakllantirish iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish, zarur e’tiqod va malakalarni shakllantirishning yagona strategik maqsadi hisoblanadi. 3. Iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda mazkur jarayonga kompleks yondashuvni taqozo etadi. 4. Iqtisodiy madaniyat komponentlari – motivatsion, kognitiv, axloqiy va kasbiy-faoliyatga yo‘naltirilgan. 5. Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning mezonlari: motivatsion-qadriyatli, intellektual-kognitiv; kreativ-faoliyatli va mazkur mezonlar asosida uch (yuqori, o‘rta va past) darajaga mos ko‘rsatkichlari mavjud. 6. Iqtisodiy ta’lim talabalarning iqtisodiy jihatdan ahamiyatli shaxsiy fazilatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq: tirishqoqlik, mas’uliyatlik, tejamkorlik, samaradorlik. 7. Iqtisodiy madaniyat pedagogik ta’sirsiz shakllantirilmaydi, ya’ni pedagogik tashkilotchilar va rahbarlar talabalarning motivatsion sohasiga qaratilgan tashqi ogohlantiruvchi vositalar sifatida ishlaydigan maxsus pedagogik vositalarga ega bo‘lishlari kerak. 8. Iqtisodiy madaniyatni malakali mutaxassislarni raqobatbardoshliligini ta’minlashning universal jihati sifatida tashkil etishda eng samarali vosita – bu o‘qitishning ilmiy yondashuvidir. Bu erda bo‘lajak mutaxassislarning samarali fikrlash taraqqiyotidagi hal qiluvchi omil axborotning o‘zi emas, balki ularning assimilyasiya qilish usullaridir. 9. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish tushunchasiga mualliflik yondashuviga asoslangan holda quyidagicha ta’rif berildi: “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish bo‘lg‘usi pedagog va o‘quvchilar shaxsini kamol toptirishning muhim tavsifini o‘zida ifoda etib, hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda o‘quvchining shaxsiy faolligini oshirish, o‘z-o‘zini namoyon etish imkoniyatini kengaytirish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish, o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga doir maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir”.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling