I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Yuqoridagi iqtisodiy bilimdonlik, mushohadalilik va onglilikni
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy ziyraklilik.
- Iqtisodiy mas’uliyatlilik
- Iqtisodiy madaniyatlilikni
- Iqtisodiyot
Yuqoridagi iqtisodiy bilimdonlik, mushohadalilik va onglilikni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga singdirish uchun uzluksiz ta’lim tizimini quyi pog‘onalarida bolalarga boshlang‘ich iqtisodiy bilimlarni berishdan boshlab, bosqichma - bosqich murakkablashtirib, yuqori bosqichlarga kelganda zamon talablariga javob beradigan iqtisodiy bilimlarni berib, zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirish lozim. Natijada talaba o‘zini moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlanishi muvaffaqiyat garovi ekanligini tushunib etadi.
Iqtisodiy ziyraklilik. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy ziyrak qilish esa, egallagan bilim va malakalardan ma’naviyat meyorlariga to‘la rioya etilishi orqali foydalanish bo‘lib, millat, davlat, jamoa va shaxsiy manfaatlarini muntazam uyg‘unligini etirof etishi va rioya qilishi bilan baholanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiy siyosatni bilishi, uning talablariga rioya qilishi iqtisodiy ziyraklikning belgilaridandir. Iqtisodiy ziyraklik bo‘lajak kadrning ichki va tashqi iqtisodiy muhitni o‘rganib, iqtisodiy jihatdan qanday amaliy jihatlarini bajarishi kerakligini oldindan ko‘ra bilishidir. Bu fazilat tanqidiy baholay olish va istiqbolini ko‘ra olish bilan bog‘liqdir. Iqtisodiy mas’uliyatlilik iqtisodiy onglilik va ziyraklikning mahsuli sifatida va inson ehtiyojlari va manfaatlarini jamiyat ehtiyojlari va manfaatlari bilan muvozanatlovchi fazilatlar majmuidir. Har bir insonning yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini yahlit, ajralmas voqelik sifatida anglash va idrok etish hamda ushbu haqiqatni amalga oshirish yo‘lida fidoiylik ko‘rsatishi nihoyatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Iqtisodiy madaniyatlilikni iqtisodiy qadriyatlarimiz deyishimiz mumkin. Insonlarning o‘z vaqtida va miqdorida soliq yoki boj to‘lashi, olingan qarzlarni vaqtida qaytarishi, birovning noniga ko‘z olaytirmasligi kabilarni bunga misol qilishimiz mumkin. Iqtisodiy madaniyatlilik tarkibi sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: ishlab chiqarish madaniyati, iste’mol qilish madaniyati, boshqarish madaniyati va mehnat qilish madaniyati kabilar. Oliy ta’lim muassalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy bilimdonlilik, mushohadalilik va onglilik prinsiplarini jamiyatning a’zosi sifatida bilishi lozim bo‘lgan tabiat va jamiyatning iqtisodiy qiyofasi va uning dinamikasini ko‘ra olish, tushuna olish va baholay olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Mana shu fazilatlarga ega bo‘lishi uchun quyida keltirilgan atamalarga doir bilimlarga har bir bo‘lajak mutahassis ega bo‘lishi kerak: Iqtisodiyot - murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘ladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling