I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet19/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
2.1- rasm. Boshqaruv omillari
Ta’limning har bir bosqichida tegishli faoliyatlarni olib borish bo‘lajak mutaxassislarda ta’limning yangi shakllarini yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Ta’lim oluvchilarning yangi bilimlarni egallashlarida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishlari ularning iqtisodiy madaniyatlarini oshishiga muhim pog‘ona bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga insonparvarlashtirish g‘oyalarini olib kirish, ta’lim oluvchilarning iqtisodiy madaniyatlarini oshirish ta’lim jarayonidagi shakl, metod va vositalarini o‘zgartirish ta’limni yangi bosqichga olib chiqishga imkon beradi. Bo‘lajak mutaxassislarni iqtisodiy madaniyatlarini oshirishda jamoa va guruh tarzida ishlash bilan bir qatorda individual tarzda ishlash ham yaxshi samara beradi. Pedagogik jarayonning xilma – xilligi o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatining turli fanlar tizimida olib borishni talab etadi: ilmiy tadqiqotda, iqtisodiy, estetik, bilimlarni o‘zlashtirishlarida.
Pedagogik faoliyat ta’lim jarayonidagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u nazorat qilish, ta’sir o‘tkazish va rivojlanish usullarini tushunishni talab etadi. Tanlangan usullar tizimining samaradorligi va har bir usulning o‘ziga xos jihati muayyan pedagogik vaziyatga, pedagoglar va talabalar o‘rtasida o‘rnatiladigan munosabatlarga qanchalik mos kelishiga va ularning optimal kombinatsiyasi uchun qanday usullarni qo‘llay olishiga bog‘liq. Pedagogik jarayonni tashkil qilish usullar tizimining tashkiliy, funksional va axborotli birligini aks ettirishi zarur. Shuning uchun ham mashq qilish, nazorat qilish, o‘z – o‘zini nazorat qilish, rag‘batlantirish va o‘z – o‘zini o‘qitish usullari bilan bir qatorda bo‘lajak mutaxassislardan axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullarini, individual rivojlanish diagnostikasini o‘tkazish va tuzatishni o‘rganishlarini talab etadi.
Strukturaviy komponentlar o‘z – o‘zidan mavjud emas, ular bo‘lajak mutaxasislarni kelajakdagi faoliyatlarini nazorat qiladi, ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlaydi va pedagogik tizimning funksional tarkibiy qismlarini shakllantiradi. Funksional komponentlar bo‘lajak mutaxassislarda yuzaga keladigan asosiy tarkibiy qismlarining barqaror munosabatlariga asoslanadi. Funksional komponentlar – pedagogik tahlil, maqsadlarni belgilash va rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish, tartibga solish va tuzatish pedagogik jarayonni harakatdagi o‘zgarishlarini aks ettiradi, uning rivojlanish darajalarini belgilab beradi [45; 120-b.].
Shunday qilib, tizim yaratilgan omillarni, ijtimoiy – pedagogik va vaqtinchalik shart – sharoitlarni taqsimlash, tarkibiy komponentlar pedagogik jarayonning kompleks ichki tashkil qilishni ta’kidlaydi va ayni vaqtda ta’lim muassasalarining maqsadlariga qarab, har bir tarkibiy qismini aniq va o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi. Boshqacha aytganda, yuqoridagi komponentlardan foydalangan holda ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirib borish muntazam tarzda amalga oshirilishi zarur. Bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallashlarida jamiyatdagi ijtimoiy harakatlarni tashkil qila olish orqali o‘zining qobiliyati va qiziqishini namoyon eta oladi. Tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatsiz bugungi kunda jamoada ishlay oladigan raqobatbardosh pedagog mutaxassisni tasavvur qila olmaymiz.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling