I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
III BOB. KOMPLEKS YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING IQTISODIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Download 0.84 Mb.
|
III BOB. KOMPLEKS YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING IQTISODIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI3.1-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarida iqtisodiy tarbiya kompetensiyalarini faollashtirish va singdirishTadqiqotimizning yakuniy qismi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan dasturini tuzish va amalga oshirishni ko‘zda tutadi, bunda, birinchi navbatda, dastur asosida o‘qitish uchun uchta muhim omilni hisobga olish zarur edi: Tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqishda quyidagi uch omil hisobga olindi: Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida talabalarda biznes loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; Birinchi omil - barcha talabalar tobora jadallashib borayotgan zamonaviy global davrda yashamoqda, va ikkinchidan bugungi kunda bozor iqtisodiyoti davrida o‘zlarining biznes loyihalariga ega bo‘lishi va o‘zaro to‘g‘ri harakatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi; 2. Iqtisodiy va tadbirkorlik kompetensiyalarini tarkib toptirish; Ikkinchi omil - iqtisodiy ta’limga oid kompetensiyalarga ega bo‘lishda iqtisodiy ta’limning global muammolarini aniqlash. Bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishning xalqaro doiradagi muammolarini o‘rganish, hamda bo‘lajak mutaxasislarning o‘quv jarayonida iqtisodiy madaniyatlarini oshirishni nazorat qilib borish; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilim va savodxonlikni shakllantirishga tayyorlash. Uchinchi omil – bu boshqa odamlar, ya’ni xorijiy davlatlarda iqtisodiy madaniyatni aynan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida rivojlanishini o‘rganish va ular bilan hamkorlikda loyihalar almashishga erishiladi. Tadqiqotni o‘tkazish jarayonida “Iqtisodiy madaniyat asoslari” elektiv kursi bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqildi va didaktik tizimga asoslangan interfaol ta’limga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Iqtisodiy madaniyatni shakllanishining zamonaviy muammosini tahlil qilish barobarida, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturni taklif qilamiz. Aynan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga, birinchi navbatda, o‘z shogirdlarida iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalashni talab etadi. Iqtisodiy madaniyat va iqtisodiy ta’lim to‘g‘risidagi zamonaviy kompetensiyalarni ko‘rib chiqishga ilmiy yondashuvdan kelib chiqib, metodikada bilish ob’ekti – talaba nimani o‘rganishi lozimligini aniqlash imkoniyati mavjud. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy samaradorligini baholash sifatida va ularning maqsadlarini inobatga olgan holda etakchi uslubiy tamoyil sifatida texnologik tamoyilni ko‘rsatish mumkin. Ushbu tamoyil samaradorlikni baholash uchun oddiy, iqtisodiy jihatdan qulay, tushunarli, qulay texnologiyalar va uslublarni joriy qilishni talab qiladi; texnik, apparat, kompyuter, dasturiy ta’minotdan foydalanishni talab etadi. Oliy ta’lim muassasalarining bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga iqtisodiy ta’limni etkazib berish uchun nutqiy faoliyat eng ustuvor, etakchi turi hisoblanadi, zero u kasb faoliyatga doir eng muhim ma’lumotni izlash, qayta ishlash va foydalanish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ma’lumotning asosiy manbasi bevosita adabiyot hisoblanadi, zero barcha mutaxassisliklar uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari o‘qitishda, umuman o‘qishda, shuningdek tanlagan mutaxassislik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotni o‘qishda birinchi darajadagi vazifani bajaradi. Iqtisodiy ta’lim bo‘yicha uslubiy to‘plamini tayyorlashga kirishishdan oldin biz “Ta’limda iqtisodiy madaniyat” muammosi aks etgan mavjud darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni mufassal o‘rgandik, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy madaniyatga oid adabiyotlar etarli darajada emasligi adabiyotlarning aksariyati boshqaruvga ya’ni ta’limda menejmentga yo‘naltirilganligini tahlil qildik. Mazkur darsliklar tahlilining ko‘rsatishicha, iqtisodiy ta’lim ushbu o‘quv qo‘llanmalarida muayyan o‘rinni egallagan bo‘lishsa-da, ayni paytda ularda bo‘lajak o‘qituvchilarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan mavzular etarli emas. Aksariyat mavzular faqat ilmiy adabiyotlarni o‘qish mahoratinigina rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Talabalarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirishning tizimi: tizimning maqsadi, uning boshqaruv tuzilishi, mutaxassislar bilan ta’minlanganligi, talabalarning xaraktiristikalari, huquqiy va moliyaviy ta’minotini tartibga solish va moddiy – texnik baza bilan ta’minlash. Talabalarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish jarayoni: maqsadi va vazifasi, prinsiplari, tarkibi, metodlari (qabul qilish vositalari), shakllaridan iborat. Shunday qilib, pedagogik proekt maqsadga muvofiq tarkibiy qismlar va elementlarni tanlash, ular o‘rtasidagi munosabatlar iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltiradi. Tadqiqotimiz davomida iqtisodiy madaniyat bilan birgalikda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda muloqot madaniyatini ham shakllantirish lozimligiga ahamiyat qaratdik. Muayyan pozitsiyaga amal qilish mumkin, unga asosan “kommunikativ yo‘naltirilganlik tamoyili muloqot qilish, shuningdek turli xil o‘yinlarni amalga oshirish uchun o‘z oldiga o‘qitishning tegishli ravishda tashkil qilinishi, turli xil tashkiliy shakllarni foydalanish zaruriyatini qo‘yadi” [88; 225-b.]. Kommunikativ yondashuv odatda o‘qitish mazmuni komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘liq tizimlashtirilishini ko‘zlaydi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin. umumiy (pedagogik) faoliyat tizimi; kommunikatsiya tizimi (nutqiy muloqot, nutqiy faoliyat); matn nutqiy mahsulot tizimi sifatida; tarkibiy-nutqiy tuzilmalar tizimi (dialog, monolog, nutqiy mulohazalar va xabarlarning turli tiplari); insonni nutqiy fe’l-atvori tarkibi. Tadqiq qilishimizcha o‘qitishda ana shunday yondashuv natijasida muloqot vositasi sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish tizimi shakllanadi va amalga oshiriladi. O‘qitish uchun, bizning tasavvurimizcha, quyidagilar katta ahamiyatga egadir: muloqotning tarkibiy shakllari (dialog, monolog); muloqotning nutqiy janrlari (mulohaza, dalil va boshq.); dialog (suhbat, bahs). Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tadqiqotlarimiz davomida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni oshiruvchi metodik qo‘llanma ishlab chiqishga harakat qildik, unda iqtisodiy ta’lim bilan birga iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga doir mavzular bo‘yicha blits topshiriqlar, muammoli savollar, ishbilarmon o‘yinlar, bahs – munozaralar uchun savollar bilan boyitilgan. Har bir ko‘rib chiqilgan bo‘limlar bo‘yicha mavzular mazmuni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini oshirishga qaratilgan, shuningdek guruhda bahs-munozara olib borish uchun savollar qatori, dialoglar, ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar hamda muloqotning boshqa shakllari bo‘yicha savollar bloki tuzildi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatlarini hamda iqtisodiy ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturimizni quyidagi bo‘limlar asosida tizimlashtirganmiz. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling