II. O‘quv loyihasi: “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tejamkorligi” Loyiha topshirig‘i.
Loyiha doirasida echilishi kerak bo‘lgan muammo: talabalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tejamkorlikka o‘rgatuvchi metodikasini belgilovchi jihatlarni topishlari lozim.
Muammo osti muammolar:
1. Tejamkorlik, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tejamkorlikka o‘rgatishning maqsad va vazifalarini belgilab olish;
2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish faoliyat yo‘nalishlarini ishlab chiqish (darsda, darsdan tashqari tadbirlarda, to‘garaklarda);
3. Loyihaning maqsadi (nima uchun yaratilyapti). Talabalarda tejamkorlik moddiy va ma’naviy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tasavvurlarni hosil qilib iqtisodiy madaniyatni shakllantirish va uni kasbiy faoliyatlarida joriy etishni yo‘lga qo‘yish;
Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija (loyiha mahsuli). Talabalarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tejamkorlikka rioya qilish jihatlarini aniqlash, ularni ijtimoiy va iqtisodiy dunyoqarashlarini kengaytirish va mehnat bozoriga kelajak “tadbirkorlar” ini tarbiyalovchi mutaxassislarni etishtirib berish.
Loyihadan foydalanuvchilar: OTM talabalari, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari, ota-onalar.
Loyiha doirasi:
Bajarilish muddati: ikki hafta davomida (keyingi mashg‘ulotda taqdimot qilinadi), loyiha qismlari aniq jadval asosida;
Ishtirokchilar soni: guruh talabalari 3 ta guruhga bo‘linib har bir guruhda 4 tadan 7 tagacha bo‘lishi mumkin
O‘quv loyihasini boshlashdan oldin talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.
III. Loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun ko‘rsatma:
1. Loyiha uchun muammoli mavzu tanlab uning dolzarbligini asoslang, yechish kerak bo‘lgan muammoni shakllantiring
1.2. Loyihaning maqsadi, predmeti, ob’ektini aniqlang. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilang
1.3. Loyiha mavzusiga doir adabiyotlar, yangiliklar va axborotlar bilan tanishing.
Do'stlaringiz bilan baham: |