I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
-§. O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlanish darajalarini tajriba – sinov ishlarida tadqiq qilish
Download 0.84 Mb.
|
3.2-§. O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlanish darajalarini tajriba – sinov ishlarida tadqiq qilishSo‘nggi yillar davomida mamlakatimizning Farg‘ona davlat universiteti talabalarining iqtisodiy-pedagogik tayyorgarligining sifati muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Barcha tadqiqotlar natijasida oliygohning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun ta’lim oluvchilarning iqtisodiy madaniyati darajasi yuqori darajada emasligi xususida umumiy bir xulosa tayyorlandi. Bu talabalarning iqtisodiy madaniyatning tangligi tobora chuqurlashib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy madaniyatni shakllantirish sohasidagi ishlarni etarli darajada shakllanmaganligi sababli ana shunday tashvishli oqibatlarga olib kelgan. Buning natijasida olimlar o‘z sayi-harakatlarini iqtisodiy ta’limning pedagogik-psixologik vositalarni izlashga, oliy ta’lim samaradorligini oshirishning shart-sharoitlarni aniqlashga yo‘naltirishgan. Ushbu maqsadda biz nafaqat bir qator mualliflarning (N.Egamberdieva, B.Tolipov) iqtisodiy pedagogika va falsafa yo‘nalishdagi ishlarini o‘rgandik, shuningdek oliy ta’lim muassasalari talabalarining shaxs va jamiyatning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish muammolariga nisbatan munosabatlarini hamda ular bilan bog‘liq iqtisodiy ta’lim va tarbiya muammolarini maxsus tadqiq qilishni tashkil etdik. Biz shuningdek, talabalarda iqtisodiy ta’limni o‘rganish asnosida iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan muayyan ishlarni amalga oshirdik, bu esa yuqorida ta’kidlangan tadqiqotlarning mantiqiy davomi va rivoji bo‘ldi. Iqtisodiy madaniyat darajasini aniqlash maqsadida yuqorida qayd etilgan oliygohlar bazasida pedagogik eksperiment o‘tkazdik. Tajriba-sinov ikki bosqichdan iborat: qayd qiluvchi (2021y.) va shakllantiruvchi (2022–2023 yy.). Biz ikkita guruh tanlab oldik: tajriba-sinov va nazorat. Tajriba-sinovning birinchi (qayd qiluvchi) bosqichida, u talabalarning oliygohdagi dastlabki o‘qish kunlaridan boshlangan, 2-bosqichda oliy ta’lim muasssasalari talabalari iqtisodiy ta’limning boshlang‘ich darajasini aniqlash uchun qayd qiluvchi kesim o‘tkazildi. Tajriba-sinovning mazkur bosqichiga jalb etilgan talabalarning umumiy soni 260 tani tashkil qildi (har birida 130 tadan talaba bo‘lgan 2 ta guruh). Guruhlardagi talabalar sonining ko‘p emasligi iqtisodiy madaniyatni o‘rganishda odatda guruh 2 ta guruhchaga bo‘linishi bilan tushuntiriladi. Tadqiqotimiz davomida iqtisodiy bilimlarini aniqlash maqsadida, hamda ularning iqtisodiy madaniyatlarini rivojlangalik darajalarini ko‘rish uchun anketa savollari orqali ularning boshlang‘ich bilim darajalarini aniqladik (3-ilova). Mazkur tekshiruv borasida va natijalar tahlili orqali biz talabalarni savollarga javob berishda qiynalishganlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Aksariyat talabalar “Iqtisodiy” tushunchalar bilan bog‘liq ayrim maxsus so‘zlarni bilishmaydi. Bu, afsuski, aksariyat umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmasligi xususidagi faktni isbotlaydi. Biz tadqiqot uchun ajratilgan guruhlarda olib borgan savol javoblarimizda ularda iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy madaniyatning yaxshi shakllanganligini, umuman, savollarga to‘g‘ri javoblar bera olishlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bu yerda iqtisodiy madaniyatning shakllanganligining o‘rtacha darajasi haqida gapirishimiz mumkin. Ammo iqtisodiy madaniyatning past darajasini ko‘rsatgan talabalar ham bo‘ldi. Bu esa bizga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga iqtisodiy madaniyatini o‘stirish uchun iqtisodiy ta’limni kiritish zaruriyati borligiga ishonchimizni hosil qilish imkonini berdi. O‘zi iqtisodiy jihatdan savodsiz bo‘lgan mutaxassis ta’lim oluvchilarda madaniyatni tarbiyalay olmaydi va aynan oliy ta’lim muassasasi talabasi, boshqalarga qaraganda, iqtisodiy ta’limni etarli darajada keng va ko‘lamli o‘rganishga ehtiyoj sezadi (4-ilova). Oliy ta’lim muassasasining barcha yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Iqtisodiyot” kursi talabalarning mazkur fan bilan umumiy tanishuviga mo‘ljallangan, va uning hajmidagi cheklanganlik va davomiyligi bo‘yicha bilimga ega shaxsni tarbiyalash uchun etarli emas. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “Iqtisodiy madaniyat asoslari” elektiv kursi asosida tajriba guruhlarida integrallashgan va interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi. Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga bo‘yicha interaktiv dasturiy vositalarini qo‘llash asosida talabalarni loyihaviy faoliyat va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda himoya qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlari natijasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatning rivojlanganlik darajasi mezonlar bo‘yicha qiyosiy tahlil qilindi (3.1-jadvalga qarang). Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling